Kirish korxona to’G’risida umumiy ma’lumot, ishlab chiqarish texnologiyasi


IV. Asinxron dvigatellarning ishlash prinsipini o’rganish


Download 377.13 Kb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi377.13 Kb.
#1564367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
muhammadali

IV. Asinxron dvigatellarning ishlash prinsipini o’rganish


Elektr mashinalar vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Birinchi xil mashinalar mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beradi. Bu mashinalar elektr generatorlar deyiladi. Bug yoki gaz turbinalari, ichki yonuv dvigatellari (masalan, dizel) generatorlarni harakatga keltiradigan birlamchi mexanik energiya manbayi bolib hisoblanadi. Generatorlar asosan elektr stansiyalarida ishlatiladi. Elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan ikkinchi xil elektr mashinalar dvigatellar (motorlar) deyiladi. Elektr dvigatellar xalq xojaligining deyarli hamma sohasida ishlatiladi.
Generatorlar ishlab chiqaradigan yoki dvigatellar istemol qiladigan tok turi jihatidan ozgaruvchan tok generatori yoki dvigateli deyiladi. Barcha elektr mashinalari qaytuvchanlik xossasiga ega, yani qaytar jarayonda ishlay oladi. Masalan, elektr dvigatel generator rejimida, generator esa dvigatel rejimida ishlashi mumkin. Quyida ozgaruvchan elektr mashinalarining bir turi asinxron dvigatellarni korib chiqamiz. Asinxron motorlar (asinxron dvigatel) elektr energiyasini mexanik energiyasiga aylantirib beradi. Bu dvigatellar konstruksiyasining soddaligi, arzonligi, ishda ishonchliligi sababli sanoat, qishloq xojaligi va xalq xojaligining barcha sohalarida keng qollaniladi. Har qanday elektr mashinalari kabi asinxron dvigatel generator rejimida ham ishlashi mumkin.
Avvallari asinxron dvigatelning generator rejimida ishlashi iqtisodiy-texnik jihatdan maqsadga muvofiq emas, deb hisoblanar edi. Ammo keyingi yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar, asinxron mashinalarning generator sifatida ishlatilishi qator afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda asinxron mashinalar asosan uch fazali dvigatellar sifatida ishlatiladi.



Asinxron dvigatelning rotori silindr shaklida ishlangan
bo‘lib, uning ham o‘zagi ayrim elektrotexnik po‘lat plastinkalardan yasalgan. Uning ariqchalarida (pazlarida) chulg‘amlar joylashtirilgan. Asinxron dvigatellar rotor chulg‘ami
ishlanishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi. Rotori qisqa tutashgan asinxron dvigatel, aluminiy sterjenlardan tayyorlangan bo‘lib, bunday asinxron dvigatelning rotori qisqa tutashgan asinxron dvigatel deyiladi (a - rasm,).
Agar rotor chulg‘ami oddiy mis yoki aluminiy simlardan uch fazali qilib ishlansa, bunday asinxron dvigatel faza rotorli asinxron dvigatel deyiladi (b - rasm,). Uning chulg‘amlari yulduzcha usulida ulanib, maxsus mexanizm vositasida har uchala faza qarshiliklari birdaniga o‘zgartirilishi mumkin. Faza rotorli asinxron dvigatellar qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellarga nisbatan qator afzalliklarga ega.

Download 377.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling