Kirish Kuchlanish, tok va qarshilik


Download 395.81 Kb.
bet19/30
Sana31.01.2024
Hajmi395.81 Kb.
#1828765
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
Elektrotexnika

Impuls generatorlari. Impuls generatorlari faqat impulslarni shakllantiradi, ammo ular bu vazifani qanday mukammal bajarishadi. Ularda impuls kengligini, uzunligini sozlash imkoniyati ko’zda tutilgan, takrorlanish chastotasini amplitudasini oshish vaqtini va boshqa parametrlarini. Ulardan tashqari ko’pchilik generatorlar berilgan intervaldagi va takrorlanish chastotasi bilan, ba’zi hollarda impulsni kodli ketma – ketligi bilan juft impulslarni hosil qilish imkonini beradi. Zamonaviy impuls generatorlarini ko’pchiligida mantiqiy chiqishlar ko’zda tutilgan, ular raqamli sxemalar bilan oson birgalikda ishlashni ta’minlaydi. Sinusoidal signal generatorlari kabi ko’pchilik impuls generatorlarida tashqi dasturlash ko’zda tutilgan.
Funksiya generatorlari (mahsus signal). Ko’pchilik munosabatlarda funksiyalar generatorlari barcha signal manbali uchun eng egiluvchan hisoblanadi. Ular sinusoidal, uchburchakli, to’g’ri burchakli signallarni juda keng chastota diopazonidan (0,01Gs dan 10MGs gacha) shakllantirish imkonini beradi, shu vaqtda amplitudani sozlash imkoniyati ko’zda tutilgan va o’zgarmas tok bo’yicha siljish kam. Ko’pchilik funksiya generatorlari chastotani yoya oladi. Shu vaqtda bir necha rejimda. Sanoat impuls chiqishiga ega bo’lgan funksiyalar generatorini ishlab chiqaradi.
4-mavzu. Differensiallovchi va integrallovchi zanjirlar. Differensiallovchi zanjir to‘g‘risida tushuncha. To‘g‘ri burchakli impuls ta'sirida diffenetsiallovchi zanjirda ro‘y beradigan hodisalar. Integrallovchi zanjir to‘g‘risida tushuncha. To‘g‘ri burchakli impuls ta'sirida integrallovchi zanjirda ro‘y beradigan hodisalar
Reja:

  1. Differensiallovchi va integrallovchi zanjirlar

  2. To‘g‘ri burchakli impuls ta'sirida diffenetsiallovchi zanjirda ro‘y beradigan hodisalar

  3. To‘g‘ri burchakli impuls ta'sirida integrallovchi zanjirda ro‘y beradigan hodisalar

KONDENSATORLAR VA O’ZGARUVCHAN TOK ZANJIRLARI
Biz o’zgaruvchan signallar kuchlanishlarini va toklarini ko’rib chiqar ekanmiz, biz ikkita juda muhim elementlar bilan tanishishimiz kerak, ular o’zgarmas tok zanjirlarida qo’llanilmaydi, - so’z kondsensatorlar va induktivliklar haqida boradi. Biz ishonch hosil qoldikki, bu komponentlar resistor bilan birgalikda passiv chiziqli zanjirlarni asosiy elementlari hisoblanadi, butun sxematehnikani asosini tashkil qiladi. Ayniqsa kondensatorlarni o’rnini ko’rsatishimiz kerak – ularsiz deyarli bitta ham sxema bo’lmaydi. Ular tebranishlarni hosil qilishda, filtr sxemalarida, signallarni shuntlash va to’sishlarda foydalaniladi. Ulardan integrallovchi va differensiallovchi sxemalarda ham foydalaniladi. Kondensatorlar va induktivliklar asosida filtrlarni shakllantiruvchi sxemalar quriladi, ular fondan kerakli signallarni ajratadi. Bunday sxemalarni ba’zi parametrlari bilan shu bobda tanishasiz, yana ko’proq bilishni istasangiz bundan keying boblarda ham uchratishingiz mumkin.
Kondensatorlarni chuqurroq o’rganishni boshlaymiz. Kondensatorda yuz beradigan hodisalar matematik bog’lanishlar bilan yoritiladi, shuning uchun yetarli tayyorgarlikka ega bo’lmagan o’quvchi matematika sohasida B ilovani o’qib chiqsa foydali bo’ladi. Hapa bo’lmaysiz, ba’zi detallar sizga tushunarli bo’lmasa, asosan vazifani umuman tushunsangiz bo’ldi.



Download 395.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling