Kirish L. Bob. Turkiy tillar haqida umumiy tushuncha
Download 233.75 Kb.
|
O\'zbek va qirg\'iz tilidagi kelishik shakllari talqini tahriri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti.
- Kurs ishining vazifalari.
- 1.1. Turkiy tillar tarixi.
Mavzuning dolzarbligi. Hech kimga sir emaski, bugungi kunda turkiy xalqlar har doimgidan ham bir-biriga anchayin yaqinlashib bormoqda . Siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa albatta turkiy tillar ahamiyatini yuqori darajaga olib chiqmoqda. Qo`shni qardosh xalq hisoblanmish qirg`iz xalqi tilini o`rganish ham muhimdir. Ushbu kurs ishida o`zbek va qirg`iz tilidagi kelishiklari o`rganiladi.
Kurs ishining obyekti. Qirg`iz va o`zbek tilidagi badiiy asarlar. O`zbek va qirg`iz tilidagi kelishiklar. Kurs ishining maqsadi. Qirg`iz tilining fonetik, leksik, xususiyatlarini yoritish, sintaksisini o`rganish va boshqa turkiy tillarga taqqoslash orqali qirg`iz tilining alohida xususiyatlarini ochib berish. Kurs ishining vazifalari. Turkiy tillar tarixi va taraqqiyoti bilan yaqindan tanishish va qirg`iz tilining turkiy tillar orasidagi mavqeyini chuqur o`rganish. O`zbek va qirg`iz tilidagi kelishiklarni haqida ma`lumot berish. Kurs ishining tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish qism, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. l.Bob. Turkiy tillar haqida umumiy tushuncha. 1.1. Turkiy tillar tarixi. Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, yer yuzida 5000 dan ortiq til bor. Bu tillar tarqalishi va ijtimoiy vazifalariga ko’ra ham, fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ko’ra ham o’zaro farq qilishi tabiiy. Jahon tillarining ko’pchiligini milliy tillar va xalq tillari tashkil qilsa, tillarning ayrimlari qabila tillari, hatto urug’ tillariga bo’linadi. Milliy tillar o’zining tarqalish hududi jihatidan hamda ulardan foydalanuvchi aholining miqdori jihatdan bir xil emas: ayrim tillarda kichik hududdagi oz miqdorli aholi gaplashsa, ba’zi tillar esa juda katta hududlardagi ko’p sonli aholi orasida tarqalgan bo’ladi. Bunday tillarga ingliz, fransuz, nemis, ispan, xitoy, hind, arab, rus, koreys va shu kabi tillar kiradi.Yer yuzidagi tillarni o’rganish XVIII asrdan boshlangan. XIX asrning birinchi yarmida tillarni bir-biriga qiyoslab tekshirish keng avj oldi. Natijada tillarni tekshirishda qiyosiy usul vujudga keldi; bunda tillarning fonetik, morfologik, leksik xususiyatla ri bir-biriga solishtirish bilan farqlanadi. Bu usul bilan tillarning faqat hozirgi holatigina emas, balki ularning tarixiy holati ham o’rganib chiqiladi. Shuning uchun ham o’rganishning bu yo’li qiyosiy-tarixiy usul deb nomlanadi. Tillarni shu yo’l bilan o’rgangan va o’zlarining ilmiy asoslari bilan jahonga tanilgan tilshunoslar sifatida daniyalik Rasmus Raskni (1787-1832), olmoniyalik Frans Bopp (1791-1967) va Yakob Grimmni (1785-1863), rus olimi Aleksandr Vostokovni (1781-1864) misol sifatida keltirish mumkin.2 Til kishilarning o’zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo’lgan ehtiyoj natijasida paydo bo’lgan ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Til tafakkur bilan, kishining fikrlash faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Har qanday fikrni til materiallari asosida shakllantirsa bo’ladi. Til paydo bo’lgandan keyin jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyat uchun, uning a’zolari bo’lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo’lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi. Shu tufayli ham tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan chambarchas bog’liq. Til bo’lmasa, jamiyatning bo’lishi mumkin emas, ya’ni til odamlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Jamiyatsiz tilning mavjud bo’lishi mumkin emas. Jamiyat a’zolari ham tilning yashashi, rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shadi. Til to’xtovsiz ravishda o’zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy hodisadir. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq. Tilning taraqqiyoti birinchi navbatda uning lug’at boyligida o`z aksini topadi. Kishilar hayotidagi o’zgarishlar, ilm-fan va madaniyatning taraqqiyoti leksikani boyitib boradi. Tilning tovushlar tizimi va grammatik qurilishi esa juda sekinlik bilan o’zgaradi. Buni til tarixini o’rganish orqaligina sezish mumkin. Qadimgi turkiy tillar — turli turkiy xalqlar yozma yodgorliklarida saqlangan, lekin hozirgi kunda aloqaaralashuv vazifasini yoʻqotgan tillarni bildiruvchi shartli atama. Bu tillar amal qilgan vaqt chegarasi ancha katta davrni qamrab oladi. Qadimgi turkiy tillarning eng qadimgi urxun enisey (turkrunik) yodgorliklari tili boʻlib, uning adabiy varianti 7-9-asrlarga toʻgʻri keladi. Runik bitiklar Sharqda Lena daryosidan Gʻarbda Dunay daryosigacha boʻlgan ulkan hududdan topilgan. Eng yirik bitiklar Urxun va Yenisey daryolari havzalarida aniqlangan. Urxun bitiklari dastlab 1893-yilda V.Tomsen va V.V.Radlovshr tomonidan oʻqilgan (qarang Urxunenisey yezuvi). Umumiy runik tilning shakllanishiga oʻgʻuz qabilalarining tili asos boʻlgan. Adabiy til sifatida runik tildan turli qabilaurugʻlar va ijtimoiy tabaqalar foydalangani tufayli maʼlum darajada vazifaviyuslubiy va mintaqaviy variantdorlikka, muayyan ishlanganlik, meʼyoriylikka ega boʻlgan. Uygʻurlar 9-asrda Turfon (Sharqiy Turkiston) hududiga koʻchib kelganlaridan keyin oʻz adabiy tilini yaratganlar. Uning asosini barcha turkiy qabilalar uchun umumiy boʻlgan va uygʻurlar ham foydalanib kelgan runik til tashkil etadi. Unga hozirgi uygʻur tiliga yaqin boʻlgan Turfon shahri shevasi elementlari qoʻshilib, uygʻur yozma manbalarida "turk uygʻur tili" deb ataladigan strukturaralash til paydo boʻlgan. Uygʻurlar runik alifbodan tashqari, sugʻd va shu asosda yaratilgan uygʻur yozuvidan, moniy (manixey) va brahmi yozuvlaridan foydalanganlar. V.V.Radlov qadimiy uygʻur adabiy tili 8- 9-asrlar oraligʻida toʻliq shakllangan va keyinchalik ibodatxonalarda oʻzgarishsiz qoʻllanib kelgan, deb hisoblaydi. S.Ye. Malovning topilmalari esa uygʻur yozuvi 19-asr boshlarigacha Ganchjou uygʻurlari orasida ishlatib kelinganini tasdiqlaydi.3 Qadimgi turkiyzabon elatlarga yaxshi maʼlum boʻlgan qadimgi uygʻur tili bir qancha adabiy tillarni shakllantirishda asos vazifasini oʻtagan. Masalan, 11-12-asrlarda uning taʼsiri ostida qoraxoniylarning musulmon davlatida (markazi Qashgʻar shahri) shu davlatning "qoraxoniy uygʻur tili" deb ataluvchi oʻz adabiy tili shakllangan. Ushbu tilning uygʻur asosi yana shunda koʻrinadiki, baʼzi asarlarni yaratishda arab alifbosi bilan bir qatorda uygʻur alifbosidan ham foydalanilgan. "Qoraxoniy uygʻur" atamasi unchalik toʻgʻri emas; oʻrta asr mualliflari boshqacha nomlardan foydalanganlar: Yusuf Xos Hojib uni "Bugʻroxon tili", Mahmud Koshgʻariy "xoqoniy tili", Ahmad Yugnakiy esa "koshgʻariy til" deb atagan.3 13-14-asrlarda Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan hududda (Xorazm bilan birga) va Oltin Oʻrda hududida Sharq manbalarida xorazmiyturkiy deb ataluvchi adabiy til paydo boʻladi. Xorazmning 11 -12-asrlardagi adabiy va ilmiy hayotida faol qatnashgan oʻgʻuz va qipchoq qabilalarining tillari mazkur adabiy tilning asosini tashkil etadi. Ushbu davrdagi asarlarning anʼanaviy oʻgʻuz uygʻur qismi qoraxoniylar davridagi tilning barcha unsurlarini toʻliq aks ettira olmaydi. Unga qipchoq tillariga xos koʻplab yangi unsurlar qoʻshilgan. Garchi bunda uygʻur tilining hissasi katta boʻlmasa ham, oʻsha davr yodgorliklarida uning taʼsiri grafikada saqlanib qolgan: bir qancha yodgorliklar uygʻur alifbosida yozilgan edi. Oʻrta asr turkiy adabiy tillari tarixidagi eng katta va ahamiyatli davr eski oʻzbek tili (baʼzi adabiyotlarda, manbalarda "chigʻatoy tili" deb notoʻgʻri ataladi) davridir. Yuqorida sanab oʻtilganlardan tashqari boshqa geografik mintaqalar: Kavkazorti, Gʻarbiy Osiyo, Volgaboʻyi, Misrda tarqalgan Qadimgi turkiy tillar ham maʼlum. Ushbu tillar oʻzaro biron bir yagona anʼana bilan bogʻlanmagan va ularning taʼsir doirasi ham Markaziy va Oʻrta Osiyodagi til guruhlariniki singari keng emas. Bular quyidagilardir: Gʻarbiy Osiyo va Kavkazortida 13-14-asrlarda arab grafikasida yaratilgan saljuq yodgorliklari tili (jan. oʻgʻuz guruhiga mansub hozirgi tillarga yaqin); Misr va Suriyada 13-14-asrlarda arab grafikasida yaratilgan qipchoq yodgorliklari tili ("mamluk qipchoq" deb ham ataluvchi bu til shim. qipchoq guruhiga mansub hozirgi tillar bilan umumiy belgilarga ega); Volgaboʻyida 13-14-asrlarda arab grafikasida bitilgan qabrtosh yozuvlari tili ("bulgʻor tili" deb ham ataluvchi bu til anʼanaviy tarzda hozirgi chuvash tiliga yaqin deb hisoblanadi). Turkiy tillardagi qadimiy yodgorliklar ichida adabiy tilni emas, balki soʻzlashuv, sheva tillarini ifodalovchi yodgorliklar ham bor: lotin grafikasida bitilgan qipchoq tili yodgorligi "Soyex Siptashsiz" (13-14-asrlar) va arman yozuvida qipchoq tilida bitilgan qozilik hujjatlari (KamenetsPodolsk, 15-17-asrlar). Shunday qilib, Qadimgi turkiy tillart. 2 xil: adabiy va ogʻzaki soʻzlashuv (dialektal) tillarni oʻz ichiga oladi. Adabiy tillar, oʻz navbatida, 2 ga: keng makonda tarqalgan va uzoq vaqt amalda boʻlgan tillar (Markaziy va Oʻrta Osiyoda) hamda kichik hududlarda tarqalib, oʻzaro yagona anʼana bilan bogʻliq boʻlmagan tillarga boʻlinadi. Ogʻzaki soʻzlashuv va dialektal turdagi tillarda yaratilgan yodgorliklarga qaraganda adabiy Qadimgi turkiy tillart.da yaratilgan yozma yodgorliklar miqdori anchagina koʻp. Bu nomutanosiblik, birinchidan, turkiy elat va xalqlardagi tarixiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarning jadalligi bilan bogʻliq boʻlsa, ikkinchidan, turkiy xalklar davlat tuzilmalarining rivojlanish darajasi hamda ularning yuksak darajadagi kitobiy savodxonligi bilan bogʻliqdir. Download 233.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling