70
2.
Ekspress-test sinov.
3.
„ Archasimon” yugurish (92m).
4.
1 zonadan 6 zonaga yugurib kelib 2 zonada turgan o‘yinchi aniq to‘p
uzatish (1 rasm).
5.
Pedagogik tajriba.
6.
Anketa so’rovnomasi.
7.
Pedagogik kuzatuv.
8.
Matematik statistika metodi.
So’rovlar murabbiylar amaliy ishlarida yosh voleybolchilarni tayorlashni
tashkil etish metodikasi bo’yicha tajribalarni
umumlashtirish maqsadlarida
o’tkaziladi.
Pedagogik kuzatish, istiqbolli voleybolchilarni tanlashni o‘tkazish
metodikasi bilan bog‘liq masalasini o‘rganish
maqsadida hamda yosh
voleybolchilarni tayyorlash turlari jismoniy tayyorgarligini hisobga olish bilan
o‘quv-mashqlari mashg’ulotlarida foydalaniladigan maxsus o‘yinlar soni va
mosligini aniqlash maqsadida olib boriladi.
Adabiyotlar tahlili. Adabiyotlar tahlili
yordamida jismoniy sifatlar, shu
jumladan tezkorlik sifatini texnik tayyorgarlik bilan bog’liqligi yoritildi.
Ularni shakllantirish xususiyatlari, uslublari va vositalari muhokama etildi.
Mazkur sifatlarni shakllantirishda maxsus mashqlardan foydalanish afzalligi
ochib berildi.
Ekspress-test sinov. Mazkur test-sinov voleybolchilarga xos tezkorlik va
to’p uzatish aniqligi haqidagi bilim darajasini o’rganish maqsadida qo’llanildi.
Mutaxasislarning fikriga binoan biror masalaga aniqlik kiritish maqsadida
to’satdan berilgan savolga tezkor javob olish shu
masalaga doir asl holatni
aniqlash imkonini berar ekan. Ana shu mulohazani e’tiborga olgan holda-
voleybolchilar tayyorlash amaliyotida tezkorlik sifatining o’rni
va uni
rivojlantirish tajribasiga oid masalalarni o’rganish bo’yicha trener (15 nafar) va
voleybolchi (12ta)lar o’rtasida maxsus ishlab chiqilgan ekspress-test so’rovi
o’tkazildi.