Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт магистр диссертация Восстановлен
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik tajriba uslubiyati.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. O‘smir yoshli umumta’lim maktab
o‘quvchilari va BUSMda shug‘ullanuvchilarga voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan o‘rtacha shiddatda bajarilgan harakatli va milliy o‘yinlari, tadqiqot natijalari hamda ilmiy xulosalar. Pedagogik tajriba uslubiyati. Pedagogik tajribaning mohiyati asosan o‘smir yoshdagi o‘g‘il bolalarda voleybolchilarning jismoniy va texnik usullarini rivojlantirish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini baholashga qaratildi. Aniq bir harakatli milliy o‘yinlardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi mezonlari va to‘plangan tajribani inobatga olib harakatli va milliy xalq o‘yinlarining quyidagi guruhlari tanlab olindi: voleybolchilar estafetasi, to‘pni yerga tushirma, to‘pni qaytarish, aylanachalardan sakrash, qarama-qarshi sakrab yugurish estafetasi, to‘pni boshdan oshirib uzatish, qo‘shaloq to‘p uzatish, uch variantli to‘y, qarmoqcha, voleybolchilarning to‘p uzatish, ariqchadan sakrash yelkada kurashish mindi va h.k. o‘yinlardan mashg‘ulot va darslarda foydalanish samaradorligi yanada o‘sishi olimlarning olib borgan tadqiqotlarida isbotlangan. Xulosamizda mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida maqsadga muvofiq adabiyotlar tahlilidan ma’lum bo‘ldiki umumta’lim maktablari o‘smir voleybolchilarning jismoniy qobiliyatlarini va texnik usullarini o‘sish va rivojlanishi ko‘p jihatlarda harakatli va milliy o‘yinlarga bog‘liq ekanligi voleybol o‘yiniga munosib ekanligi aniqlandi. O‘quvchilarning jimoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish masalalari ko‘pgina olimlar tomonidan o‘rganilgan. Ko‘pgina tadqiqotlarda bolalarning jismoniy ivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi, harakat faolligi sustligi aniqlangan. 7 Xalq milliy va harakatli o‘yinlaning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini o‘rganish borasida talay ishlar amalga oshirilgan. Bir qancha olimlar o‘z tadqiqotlari xalq milliy harakatli o‘yinlari haqida u yoki bu darajada fikr yuritganlar. Bolalar va o‘smirlarning harakat faolligini oshirishda yordam berdaigan omillar milliy harakatli o‘yinlar, milliy mashqlar elementlari, bellashuvlar va sport turlari, jismoniy tarbiyaning an’analaridan foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan. So‘nggi yillarda professor F.N.Nasriddinov boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar, yosh tadqiqotchilar milliy o‘yinlarni o‘rganish, ularni xalq o‘rtasida ommalashtirish maqsadida bir qator ilmiy-amaliy ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu sohada professor T.S.Usmonxo‘jaev, F.Xo‘jaev, A.Q.Atoevning ilmiy ishlarni ham aytib o‘tish o‘rinlidir. Uning xalq harakatli o‘yinlaridan oilada, maktabda, darsdan tashqari tadbirlar, jamoat joylarida foydalanish haqidagi bolalarni tarbiyalashda chaqqonlik, epchillik darkor, kuch quvvat kabi xususiyatlarning takomilli to‘g‘risidagi tadqiqotlari qiziqish uyg‘otadi. Bulardan tashqari har yili o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlar va shu munosabat bilan nashr etilayotgan to‘plamlarda ham xalq milliy va harakatli o‘yinlariga e’tibor kuchaygani, ularni o‘rganish, to‘plash borasi-da tadqiqotlar yaratilmoqda. Shu bilan birga pedagogika va jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati sport mahoratini oshirish sport harakatli o‘yinlar va o‘qitish uslubiyati ularda harakat sifatlarni, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini rivojlantirish, muntazam olib boriladigan mashg‘ulotlar orqali jismoniy madaniyatga ehtiyoj va qiziqishni uyg‘otish muammolariga hamisha diqqat qilib keldi va kelmoqda. Ko‘rinadiki, bir qator ishlarda u yoki bu tarzda mazkur muammo haqida fikrlar yuritilgan bo‘lsada, o‘zbek xalq milliy va harakatli o‘yinlari vositasida yosh voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlarini tarbiyalashda muammosi jismoniy madaniyat tizimida hamda xalq pedagogikasida to‘liq holda maxsus tadqiqot predmeti bo‘lgan emas. 8 Shu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur ish bu muammoni ilmiy yo‘nalishda hal etishga qaratilganligi bilan muhimdir. Bu esa eng avvalo Respublikamizning mutaqilligi, qolaversa, hayot talablari asosida o‘zbek xalq milliy va harakatli o‘yinlar asosida tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni to‘liq yaxlit holda ilmiy- pedagogik asoslash va ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi. Inson bolalikdan turli yo‘nalishdagi harakat malakalarini ongli va ongsiz tarzda bajaradi. Natijada shu harakatlar ma’lum jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) tusida rivojlanaveradi. Sekin-asta hayotiy zarur harakat malakalari (yurish, yugurish, sakrash, to‘xtash, osilish va h.k.) sayqal topadi. Mutaxassislarning fikricha, asosan shu jismoniy sifatlar va hayotiy zarur harakat malakalari, o‘yinlar yordamida yanada samaraliroq rivojlanishi isbotlab berilgan. Oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida turli bosqichdagi ta’lim maskanlarida ushbu muammoga har doim ham rejali va ilmiy jihatdan yondoshilmaydi. Tadqiqotchilarning fikricha, barcha harakat faoliyatida ayrim jismoniy sifatlarning ustvorligi darhol ko‘zga tashlanadi. Zamonaviy sport amaliyotida yuqori natijalarga erishish sportchining uzoq muddat davomida yuqori sifatli va samarali ish qobiliyatini saqlay olish imkoniyati bilan bog‘liqdir. Har xil sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar muddatli xalqaro musobaqalar muddati xalqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi sportchi o‘z ish qobiliyati sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki uni oshira olishi “kuchi”ga ega bo‘lsa, unga muvaffaqiyat shunchalik “kulib” boqishi muqarrar. Boshqacha qilib aytganda shu qobiliyatining sifat va samaradorlik darajasi ko‘p yoki kam vaqt davomida saqlanishi umumiy va maxsus chidamkorlik sifatlarining turlari (tezkorlik, kuch, tezkor-kuchga bo‘lgan chidamkorlik, sakrashga bo‘lgan chidamkorlik, texnik-taktik chidamkorlik va h.k.) qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi. 9 Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo‘linadi. Ushbu jarayonning asosiy maqsadi umumiy va maxsus jsmoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratiladi. Umumiy jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajai maxsus jismoniy sifatlarni samarali yoki samarasiz shakllanishiga bog‘liq bo‘ladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik sportchilar organizmining funksional imkoniyatlarini oshirish va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratiladi. Barcha sport turlari kabi voleybolda ham o‘yin malakalarini tez, aniq va vaziyatga nisbatan maqsadga muvofiq ijro etish eng avvalo maxsus jismoniy sifatlarga bog‘liqdir. Maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositasi turli yo‘nalishda ijro etiladigan maxsus mashqlar bo‘lib, to‘p kiritish, qabul qilish, uzatish, zarba berish to‘siq qo‘yish kabi o‘yin malakalaridan iboratdir. Ma’lumki, zamonaviy voleybolda barcha o‘yin malakalari aksariyat vaziyatlarda o‘ta katta tezlikda tayanchsiz holatda (sakragan vaqtda, ko‘krakka yiqilib to‘pni qabul qilish) ijro etiladi. Demak, maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonini tashkil qilishda sport tayyorgarligining davri va bosqichlariga qarab sakrash, turli yo‘nalishda qisqa oraliqlarga chopish, “yiqilish” to‘xtash, depsinish mashqlari alohida yoki o‘yin malakalarini ijro etish bilan qo‘llanilishi mumkin. Yosh iqtidorli voleybolchilarni tayyorlashda quyidagi turdosh harakatli o‘yinlardan foydalanishni mashg‘ulotlarda foydalanishni tavsiya etamiz. 1. Valeybolchilar estafetasi 2. Valeybolchilar estafetasi 3. To‘pni yerga tushirma 4. To‘pni faytarish 5. Aylanachalardan sakrash 6. Qarama – qarshi sakrab yugurish estafetasi 7. To‘pni boshdan oshirib uzatish 8. Qo‘shaloq to‘p 9. Uch variantli to‘p 10 10. Qarmoqcha 11. Chopib o‘tuvchini himoyalash. Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki jismoniy sifatlarni, maxsus texnik malakalarni takomillashtirishda qo‘llaniladigan jismoniy mashqlar ko‘pincha bolalar organizmiga keskinroq va “chuqurroq” ta’sir qilishi mumkin, natijada charchash holati yuzaga keladi. Bu borada xalq o‘yinlari va umuman harakatli o‘yinlar bolalarni charchashdan chalg‘ituvchi tarbiyaviy va ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgani uchun organizmga ancha yengilroq ta’sir etadi. Shunday ekan, bu o‘yinlar tanlab olgan sport turiga xos maxsus malakalarni takomillashtirishda juda qo‘l keladi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishda esa, ayniqsa yosh bolalarda o‘zbek xalq o‘yinlarini ahamiyati cheksizdir. Chunki standart mazmunli jismoniy mashqlarni qayta-qayta bajarish bola organizmnida tezda toliqish holatlarini vujudga keltiradi. Bu holat bolani ruhiyatiga ta’sir etishi natijasida ro‘yotga keladi. Milliy harakatli o‘yinlarni mashg‘ulotlar davomida qo‘llash bolalarda qiziqish uyg‘otadi, ularning kayfiyati va boshqa ruhiy sifatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu holatlar esa organizmda charchash asoratlarini ertaroq vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi, zo‘riqish holatlarini oldini oladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling