Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


II BOB. YOSH VOLEYBOLCHILARNING MAXSUS JISMONIY


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/43
Sana20.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1040120
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
Спорт магистр диссертация Восстановлен

II BOB.
YOSH VOLEYBOLCHILARNING MAXSUS JISMONIY
TAYYORGARLIGINI HARAKATLI VA MILLIY O‘YINLAR 
VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI 
 
2.1. Yosh voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy
ko‘rsatkichlari holati 
Yosh voleybolchilarning kelajakda yuqori natijalarga erishishlarida 
ulaning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi muxim ahamiyat kasb 
etadi. Yosh voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligida 
qo‘llanilayotgan vosita va usullarning ta’sirini aniqlash maqsadida ular 
o‘rtasida test sinovlari o‘tkazildi. 0‘tkazilgan test sinovlari natijalari quydagi 
jadvallarda keltirilgan. 
Boshlang‘ich o‘rgatish bosqichida 11-12 Yoshli voleybolchilarning 
umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uchun 
qo‘llanilgan umumiy va mahsus jismoniy mashqlarning samaradorligini 1-4 
jadvallarda ko‘rishimiz mumkin. 
Shug‘ullanuvchilarning tezkorlik sifatlarini rivojlanganligini tekshirish 
maqsadida 30 metr masofaga yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan test natijalari 
tajriba guruhida tadqiqotdan oldin o‘rtacha 5.7 sekund, tadqiqotdan so‘ng 5.2 
sekund natijani ko‘rsatgan. Nazorat guruhida bo‘lsa tadqiqotdan oldin o‘rtacha 
5.6 sekundni ko‘rsatgan tadqiqot ohida bo‘lsa 5.4 sekund natijani ko‘rishimiz 
mumkin. Demak bu Egiluvchanlik mushak va to'qimalaming elastikligiga 
bog'liq bo'ladi. Mushaklarning elastiklik xususiyatlari ko'p darajada markaziy 
nerv tizimining ta'sirida o'zgarishi mumkin. 
Egiluvchanlikning namoyon bo'lishi muhitning tashqi haroratiga ham 
bog'liq bo'ladi. Egiluvchanlik charchash ta'sirida sezilarli o'zgaradi, jumladan, 
faol egiluvchanlik ko'rsatkichlari kamayadi, sust egiluvchanlik ko'rsatkichlari 
ortib boradi. 
Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun harakat amplitudasi oshirilgan 
(cho'ziluvchanlikni oshiradigan) mashqlardan foydalaniladi. Harakatlarda 
biror bo'g'indagi harakatchanlikning ortishi shu bo'g'indan o'tadigan 


49 
mushaklarning qisqarishi hisobiga ro'y beradi. Harakatlar bajarilish 
xarakteriga ko'ra bir-birlaridan farq qiladi: bir fazali mashqlar va prujinasimon 
mashqlar; silkinish va ma'lum holatlarni qayd qilib turish; og'irliklar bilan 
mashqlar. Cho'ziluvchanlikni oshiradigan mashqlarni seriyalar bilan har birini 
bir necha marta takrorlab bajarish tavsiya etiladi. Bunda seriyadan seriyaga 
o'tgan sari harakat amplitudasi orttirib boriladi. Har bir mashg'ulotda 
cho'ziluvchanlik mashqlarini sal-pal og'riq paydo bo'lguncha bajarish lozim. 
Egiluvchanlik mashqlari mustaqil bajarish uchun topshiriq -sifatida berilishi 
mumkin. Egiluvchanlik mashqlari tayyorgarlik qismida, asosiy qismning 
oxirida va boshqa mashqlar oralig'ida bajariladi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling