Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Umumiy jismoniy tayyorgarlik yosh voleybolchilarni
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт магистр диссертация Восстановлен
1.6.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik yosh voleybolchilarni tayyorlashda tutgan o‘rni va ahamiyati Yosh sporchilarni tayyorlashda umumiy jismoniy tayyorgarlik muhim o‘rin tutadi. Jismoniy tayyorlashning mazmunini: kuch, tezkorlik, chidamlilik va qayishqoqlikni tarbiyalash tashkil qiladi. Jismoniy tayyorgarlik sport mashg‘uloti mazmunining poydevori-dir. Zamonaviy voleybol sportchilarning harakat qobiliyatiga va uning funksionnal imkoniyatlariga yuqori talablar qo‘yadi. Buning uchun har tomonlama jismoniy sifatlarini o‘stirish kerak. Jismoniy tayyorgarlik – voleybolchining amaliy mashg‘ulotining asosiy, eng kerakli qismidir. Jismoniy tayyorgarlik to‘rtta masalani: sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy kamolot darajasini oshirish, tana a’zolarining funksional imkoniyatlarini tarbiyalash masalasini hal qiladi. Pedagogik nuqtai nazardan jismoniy tayyorgarlikni umumiy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlikka ajratiladi. Umumiy jismoniy (UJT) yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalarning dastlabki ikkitasini hal qiladi va go‘yo ikkita boshqa masalalarni maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) hal qiladigan poydevor hisoblanadi. Voleybol umumiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositasi sifatida narsalar va narsalarsiz bajariladigan umumiy rivojlanish gimnastika mashqlari, bajariladigan harakatlar intensivligini muntazam ravishda almashtirgan holda juft-juft bo‘lib mashq qilish, harakatli milliy xalq va sport o‘yinlari, estofetalar, poyga, so‘zish va boshqalardan foydalaniladi. Kishining jismoniy qobiliyati yoki sifatlarini uning harakat qilish imkoniyatlarini (kuchi, tezkorligini, chaqqonligi, sakrovchanligi, chidamliligi) deb qabul qilingan. Ularni takomillashtirish asosida tananing o‘z ishlash qobiliyati darajasidan takroriy ortiqcha jismoniy nagruzka (hajm va shiddatiga) javob bera olishi yotadi. Boshqacha qilib aytganda, agar “jismoniy tayyorgarlik” iborasini medal deb tasavvur qiladigan bo‘lsak, uning bir tomoniga UJT, boshqa tomoniga MJT 46 deb yozilgan bo‘ladi. Bu yagona jarayon ammo mashq qilishning dastlabki bosqichlarida UJT, chuqurlashtirilgan mashq qilish bosqichida esa, aksincha MJT ning afzalligi bor. UJT – yosh voleybolchining har tomonlama jismoniy rivojlantirish vazifasini hal qiladi, ayniqsa uning tezligining, kuchliligini, epchillik va chaqqonligini tarbiyalashda yordam beradi. Bu vazifalarni hal qilishda boshqa sport turlari: gimanstika, yengil atetika, suzish, xalq o‘yinlari va zamonaviy olimpiya sport o‘yinlaridan foydalaniladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling