Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Egiluvchanlikni rivojlantirishda foydalaniladigan


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/43
Sana20.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1040120
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
Спорт магистр диссертация Восстановлен

Egiluvchanlikni rivojlantirishda foydalaniladigan 
namunaviy mashqlar 
1. Sherikning qarshiligini yengib bajariladigan cho'zilish mashqlari.
2. Gimnastika halqalarida tebranishlar va aylanma harakatlar. 
3. Rezinka va prujinali amortizatorlar qarshiligini yengib bajariladigan 
aylanma (qo'l va oyoqlar uchun) harakatlar. 
4. 01dinga va orqaga ketma-ket engashishlar (og'irliklar bilan ham 
bajariladi). 
5. Predmet ustiga (gimnastik devorchaga) oyoqlarni yuqori ko'tarib 
qo'ygan holda ushlab turish. Oyoqlar holati navbatlashtirib turiladi. 
sinovda tadqiqot guruhi 0.5 sekundga, nazorat guruhi esa 0.2 sekundga 
natijalarini yaxshilaganlar. 
6x5 metrga mokkisimon yugurish testi natijalari tajriba guruhida 
tadqiqotdan oldin o‘rtacha 10.7 sekund, tadqiqotdan so‘ng esa 10.1 sekund 
natijani ko‘rdik. Nazorat guruhi tadqiqotdan oldin o‘rtacha 11.6 sekund, 
tadqiqot so‘ngida esa 11.5 sekund natijani ko‘rib turibmiz. Demak 
mokkisimon yugurish sinovida tadqiqot guruhi 0.6 sekundga o‘sgan, nazorat 
guruhi esa 0.1 sekund deyarli o‘smagan deb aytishimiz mumkin. 
Shug‘ullanuvchilarning kuch sifatlarini rivojlanganligini tekshirish 
maqsadida o‘tkazilgan 1 kg og‘irlikdagi to‘ldirma to‘pni uloqtirish testi 
natijalari tajriba guruhi tadqiqotdan oldin o‘rtacha 437.9 smga to‘pni 
uloqtirgan bo‘lsa, tadqiqotdan so‘ng 483.7 sm natijani ko‘rdik. Nazorat guruhi 


50 
tadqiqotdan oldin 436.6 smga to‘pni uloqtirgan bo’lsa, tadqiqot oxirida esa 
460.4 sm natijani ko‘rsatdilar. Demak, tajriba guruhi natijalari 45.8 smga 
o‘zgargan, nazorat guruhida esa 23.8 smga imkoniyatlarini oshirganligini 
ko‘rishimiz mumkin. 
Sakrash sifatini rivojlantirishda qo’lanilgan mashqlar, harakatli o‘yinlar va 
yordam beruvchi mashqlar qo‘llanilish xususiyatiga ko‘ra to‘g‘ri tanlanganligi 
ushbu test natijasi ko‘rsatib turibdi. 
Bundan xulosa qilib shuni aytish mumkinki boshlang‘ich o‘rgatish 
bosqichida shug‘ullanuvchi 11-12 Yoshli voleybolchilarni oyoq portlovchan 
kuchini rivojlantirish uchun qo‘llanilgan mashqlar o‘z samaradorligini 
ko‘rsatgan. 
Voleybolchilarning mahsus texnikasini rivojlantirish maqsadida to‘pni 
o‘yinga kiritish (1,5,6 zonalarga 2 martadan) mashqi bajartirildi. Bu mashqni 
bajarish tajriba guruhida tadqiqotdan oldin o‘rtacha 9.6 ball yani 32 foiz natija 
ko‘rsatgan bo‘lsalar, tadqiqotdan so‘ng o‘rtacha 20 ball yani 66.6 foizga 
natijalari o‘sganini ko‘rdik. Nazorat guruhida esa tadqiqotdan oldin o‘rtacha 
9.5 ball yani 31.6 foiz natija ko‘rsatgan bo‘lsalar, tadqiqotdan so‘ng esa 15.5 
ball yani 51.6 foizga natijalari o‘sganini ko‘rishimiz mumkin. Demak tajriba 
guruhi natijalari 34.6 foizga, nazorat guruhi 20 foizga o‘sganligini ko‘rishimiz 
mumkin. 
3 metr balandlikdagi nishonga to‘pni ikki qo‘llab yuqoridan tekkazish 
(6marta). Bu mashqni bajarish tajriba guruhida tadqiqotdan oldin o‘rtacha 8.3 
ball yani 27.6 foiz natija ko‘rsatgan bo‘lsalar, tadqiqotdan so‘ng o‘rtacha
40.4 ball yani 68 foizga natijalari o‘sganini ko‘rdik. Nazorat guruhida esa 
tadqiqotdan oldin o‘rtacha 8.7 ball yani 29 foiz natija ko‘rsatgan bo‘lsalar, 
tadqiqotdan so‘ng esa 15.4 ball yani 51.3 foizga natijalari o‘sganini 
ko‘rishimiz mumkin. Demak, bu nazorat testi natijasida tajriba guruhi
foizga, nazorat guruhi esa 22.3 foizga o‘z natijalarini yaxshilaganliklarini 
ko‘rdik. 
To‘pni 3-zonaga etkazib berish (4,6,2 zonalardan). Bu mashqni bajarish 
tajriba guruhida tadqiqotdan oldin o‘rtacha 10 ball yani 33.3 foiz natija 
ko‘rsatgan bo‘lsalar, tadqiqotdan so‘ng o‘rtacha 19.6 ball yani 65.3 foizga 


51 
natijalari o‘sganini ko‘rdik. Nazorat guruhida esa tadqiqotdan oldin o‘rtacha 
7.6 ball yani 25.3 foiz natija ko‘rsatgan bo‘lsalar, tadqiqotdan so‘ng esa 14.5 
ball yani 48.3 foizga natijalari o‘sganini ko‘rishimiz mumkin. Demak, ushbu 
sinov mashqidan shuni ko‘rdikki, tajriba 
guruhi shug‘ullanuvchilari 32 
foizga, nazorat guruhi shug‘ullanuvchilari esa 23 foizga natijalarini 
oshirganliklarini ko‘rishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilgan tajriba natija-
larining qiyosiy tahlilidan shunday to‘xtamga kelish mumkinki, umumiy va 
maxsus jismoniy mashqlarni takomillashtiruvchi mashqlardan muntazam 
foydalanib borilsa, jismoniy sifatlar jadal shakllanishi muqarrar. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling