Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 0.68 Mb.
bet16/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1647280
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
m dissertatsiya

Physical evidence

Mahsulot sifatida qaraydigan bo‘lsak bugungш kunda oliygoh 26395 nafar talabani(ishchi kuchini) mehnat bozoriga tayyorlamoqda.Mazkur maskan tashkil etilgan birinchi oʻquv yilida, ya’ni 1954-1955- oʻquv yilida 175 nafar talabalar qabul qilindi va faoliyati yoʻlga qoʻyilgan Oʻzbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Fizika va matematika, Tabiatshunoslik va kimyo kabi boʻlimlarda tahsil olishdi. 1956-1957-oʻquv yilida Termiz oʻqituvchilar institutini 187 nafar toʻliqsiz oliy ma’lumot olgan talabalar bitirib hayotga yoʻllanma olishgan bo‘lsa58, 2022-2023-o‘quv yilida jami 57 ta yo‘nalishda 1660 ta o‘quv dasturining kunduzgi shakliga, 10 ta yo‘nalish bo‘yicha sirtqi ta’lim uchun jami 475 ta, Kechi talam uchun esa 3ta yo‘nalishda jami 75 ta yoshlarni talabalikka olish kvotalari berildi59.


Price (narx-navo)– Bizga ma’lumki so‘ngi yillarda Davlat oliy ta’lim dargohlariga hukumat tomonidan birin-ketin moliyaviy mustaqillik berilmoqda. 2022-yil 12-yanvar holatiga ko‘ra bugungi kunda moliyaviy mustaqillikka erishgan universitetlar 35 tani tashkil etmoqda. Termiz davlat universiteti bugungi kunda Surxondaryo viloyati joylashgan va moliyaviy mustaqillik berilgan yagona davlat universiteti hisoblanadi60. Moliyaviy mustaqillik berilishi to‘g’risidagi qaror namoyishi jarayonida moliyaviy mustaqillikka ega universitetlar quyidagilarni mustaqil ravishda belgilashi keltirib o‘tilgan.
“Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari 2022yil 1 yanvardan quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi:

  • kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;

  • mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;

  • o‘z hisobobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;

  • xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g’ridan-to‘g’ri xarid qilish;

  • bo‘sh turgan bin ova inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;

  • avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limitini va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash.”61

Oliygohlar moliyaviy mustaqillikka erishsalarda hukumat tomonidan e’lon qilingan moliyaviy qonunlar qarorlar yordamida tartibga solingan narxlarga amal qilishlari shart. Misol tariqasida keltirib o‘tishimiz kerakki, 2022-2023- yillarda o‘quv yili uchun shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalarning to‘lov kontrakt summasi o‘zgartirilmadi, ya’ni kontrakt to‘lovlari 2021-2022 – o‘quv yilidagi holatida qoldirildi. Bu kabi qarorlar ko‘p hollarda siyosiy vaziyat, inflatsiya darajasi va aholisining yil mobaynidagi o‘rtacha daromadi haqidagi hisobotlarga tayangan holda taqdim etiladi va aholiga ko‘mak sifatida amalga oshiriladi.
2.4-jadval
2022-2023 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani to‘lov kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari62



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling