Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 0.68 Mb.
bet19/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1647280
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Bog'liq
m dissertatsiya

Process (jarayon)- Amaliyot jarayonida oliygohning aynan marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi ish jarayonlari o‘rganildi. Ushbu bo‘lim ham boshqa bo‘limlar qatorida yillik ish reja asosi ish olib boradi. Bo‘lim uchun belgilangan ish rejasi to‘liq o‘rganib chiqildi. Ish rejada keltirilgan rejalarning asosiy mazmuni universitet talabalarini banligini ta’minlash hisoblanadi. Yillik ish rejada, “Termiz davlat universiteti talabalari bandligini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha yillik reja-dastur hamda bir oyda bir marta muhokama qilib borish bilan ijrosini ta’minlash, har bir fakultet kesimida talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha ish rejasini tasdiqlash, ishga ehtiyoji mavjud talabalarning har biri bilan Termiz davlat universiteti rektori uchrashuvlarini o‘tkazish va talabalarning mutaxassisligi, ijtimoiy holati va ishlash imkoniyatlaridan kelib chiqib mavjud vacant o‘rinlarga ishga joylashtirish”70 va shu kabi rejalar maqsad qilib olingan va ayni damda aynan shu rejalar asosida ishlar olib borilmoqda.
Physical evidence (jismoniy dalillar)- Marketing Mix ushbu tahlil turida ijtimoiy tarmoqlardagi harakatlar, brend dizayni kabi masalalarni o‘rganadi. Shu bilan bir qatorda aynan ushbu bo‘limda biz oliy gohning jismoniy dalillarini o‘rganamiz. Ta’lim olish mavhumiy bo‘lganligi uchun, unda ishtirok etuvchi jismoniy omillardan biri kitoblardir. Termiz davlat universiteti kutubxonasi ya’ni axborot resur markazi 2013-yil dekabr oyida ishga tushirilgan. ARM 3 qavatli bino bo‘lib, umumiy maydoni 8191m2, xonalarning umumiy maydni 3063,9m2ni tashkil etadi. ARM bir vaqtning o‘zida 575 ta kitobxonga xizmat ko‘rsata oladi. Bugungi kunda markazga jami 650 ta professor-o‘qituvchilar, 20560 ta talabalar a’zo qilingan.kutubxona umumiy fondi 21743/170891 ni tashkil etadi71.

2.3-§. Oliy ta’lim muassasasi faoliyati haqida olingan so‘rovnomalar natijalari, ishtirokchilar va mutahassislar fikrlari muvofiqligi darajasini o‘lchov usuli - Kendall muvofiqlik koeffitsienti tahlili.



O‘talgan amaliyot jarayonida ko‘ngilli talabalaro‘rtasida so‘rovnoma olindi. So‘rovnoma bir qismi online tarzda, ikkinchi bosqichda offline tarzda olindi. Olingan natijalar qanchalik bir biriga mutanosib, ya’ni ishtirokchilar Termiz davlat universiteti faoliyatiga bo‘lgan qarashlari qay darajada bir biriga muvofiqligi darajasini bilish uchun bilish uchun Kendall muvofiqlik koeffitsienti tahlili tanlab olindi. Ushbu tahlil turi marketing olamida ko‘p qo‘llaniladi, aksariyat hollarda ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari sifatini yoki xizmat ko‘rsatuvchilar xizmat faoliyatini nazorat qilib turish uchun aholi orasida so‘rovnomalar yoki sotsial eksperimentlar orqali tahlilni amalga oshiradi. Ilmiy ishni tayyorlash jarayonida aynan ushbu tahlil turi uchun aynan mutahasislar emas balki, Oliygohga aloqador 5 turdagi shaxslar natijalari o‘rtachasi olindi.

  1. Marketolog mutahassislar o‘rtachasi

  2. Hamkorlikda ishlagan, bir marta bo‘lsa ham Oliygohga tashrif buyurgan boshqa oliygoh o‘qituvchilari o‘rtachasi (Oliygoh reytingi Termiz davlat universitetinikidan yuqori bo‘lishi shart)

  3. Termiz davlat universiteti magistrantlari o‘rtachasi

  4. Termiz davlat universiteti talabalari o‘rtachasi

  5. Termiz davlat universiteti o‘qituvchilari o‘rtachasi

Termiz davlat universiteti magistrantlari, talabalarivao‘qituvchilari tahlil mukammalroq bo‘lishi maqsadida har hil fakultet a’zolaridan tanlab olindi.Ushbu ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda Termiz davlat universiteti faoliyatiga o‘z baholarini qo‘yishdi.


  1. Download 0.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling