Universitet o‘z imidji uchun o‘ziga tegishli mahsus festival, hayriya jamga’rmasi yoki sport miqyosida turnirga ega emasligi.
Turli hildagi musobaqalar, turnirlar, kuboklar, hayriyalar, eko tashviqotlarda Termiz davlat universiteti talabasi sifatida ishtirok etish mumkin. Ammo Universitet bu kabi keng miqyosdagi turnirlar yoki hayriyalarni o‘z nomi ostida tashkil etishi bu ijobiy natijalarga olib keladi. Sport doirasidagi turmirlar talabalarni tetiklikka chaqiradi. Bu kabi turnirlar yoki festivallar talabalarning talabalik hayotiga iliqlik kiritadi. Bu kabi turnirlarni targ’ib qilish, ularni kengaytirish kerak bo‘lsa boshqa viloyatlardan ishtirokchilarni e’tborini qozonish universitet nomini xalqqa keng yoyishda yordam beradi.
Tahlil natijalaridan kelib chiqib yana bitta muammoni misol keltishirimiz mumkin:
Xavfsizlik xizmatining to‘liqligicha yo‘lga qo‘yilmaganligi
Eslatib o‘tishimiz kerakki, barcha yo‘laklarda va auditoriyalarda kameralar ishlab turibdi. Ammo haligacha Oliygoh eshiklaridan istagan odam kirish imkoniyatiga ega. Bugungi kunda ko‘plab oliygohlar turniketlardan foydalanishmoqda va bu har tomonlama foydali jarayondir. Bu o‘z navbatida talabalarning darsga o‘z vaqtida kelishi ketishi, ya’ni davomat holatini nazorat qilishga yordam beradi. Umuman olganda, xavfsizlik xizmati oliygoh hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kerak.
Talabalik oltin davr, ammo bu oltin davrni faqat va faqat imtihonga tayyorlanish bilan o‘tkazish insonni ruhan charchatadi. Ko‘ngil ochar kechalar kamdan-kam amalga oshiriladi. Badiiy va hujjatli film kechalari umuman tashkil etilmaydi. Shu bilan bir qatorda talabalarning o‘zlariga ham dars doirasida qisqa metrajli filmlar, roliklar olish olish vazifalari berilmaydi.
2.3. bo‘limda talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar natijasidan kelib chiqib tahlillar taqdim etildi. Kendall mutahassis fikrlari muvofiqligi natijalarida va so‘rovnoma natijalarida eng ko‘zga tashlagna muammo bu :
Do'stlaringiz bilan baham: |