Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 0.68 Mb.
|
m dissertatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi yo‘nalish bu
Birinchi navbatta talabalarga ularni va ularning talabalik hayotini boshqarish uchun universitet doirasida talabalar orasidan talabalar prezidentini saylash zarur. Saylash uchun hammmaga imkoniyat berish mumkin, istalgan talaba o‘z partiyasini tashkil etishi mumkin, o‘z partiyasini tuzgan talaba saylov jarayonlarigacha o‘z partiyasini targ’ib etishi mumkin. Bu jarayon har tomonlama foydali, talabalar o‘zaro raqobatga kirishishadi, sog’lom raqobat qilishni o‘rganishadi. Saylov jarayonlari shaffof tarzda o‘tishi uchun xavfsizlik xizmati bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi kerak. Termiz davlat universiteti juda katta maskan shu sababli har bitta fakultet o‘zi uchun president saylashi mumkin. prezidentlar bir o‘quv yili muddatiga saylanadi. Talabalar o‘rtasida partiya yordamida boshqaruvning mavjudligi ularni targ’ibot ishlarida eng yaxshi jibslashtiruvchi usul hisoblanadi. Talabalarning talabalik hayotini har tomonlama rivojlantirish aynan prezident va uning partiyasi zimmasiga yuklatilinsa, natija yaxshiroq bo‘ladi. Motivatsion ruhdagi uchrashuvlar tashkil etilishi, motivatsion, foydali mulohazali film kechalari, sport musobaqalaridagi ishtirok jaayonlarida ularni qo‘llab –quvvatlash uchun muxlislar guruhini tuzish,universitet tomonidan tashkillashtirilayotgan festival, hashar yoki hayriya ishlarining targ’iboti ishlari aynan paartiyalarga yuklatilishi har doim yaxshi natijalarni ko‘rsatgan. Partiyalar va prezidentlar yordamida talabalar universitet bilan muloqotga kirisha boshlaydi. Universitet o‘z talablari yoki iltimoslarini talabalar yordamida ularga yetkaza boshlaydi.
Ikkinchi yo‘nalish bu talabalarga o‘z to‘garaklarini, zamonaviy tilda o‘z “klub” larini tashkil etishlari va ularni targ’ib etishlariga shart-sharoit yaratish. Talabalar o‘rtasida yaxshi g’oya egalari mavjud, qaysidir talaba chet tillarini mukammal bilishi mumkin, qaysidir talaba IT sohasida yutuqlarga erishgan bo‘lishi mumkin, bazi hollarda to‘garaklar shunchaki yig’ilib biror foydali ish bilan shug’ullanishi mumkin, Masalan; “Nashr” to‘garagi – talabalar hamkorlikda ilmiy maqolalar, tazislar, she’rlaryozishlari va ularni ilmiy jurnallarda nashr etishlari mumkin. “Til” to‘garagi- ko‘p holarda bu togarak uchun tilni mukammal biluvchi yo‘l boshchi kerak emas, aksincha talabalar yig’ilgan holda birgalikda internet materiallari, grammatik kitoblar yordamida tillar o‘rganishadi. “Vlog” to‘garagi- bu to‘garak o‘zi uchun ijtimoiy tarmoqlarda kanal yaratgan holda, har hil turdagi, har hil fanlar doirasidagi qiziqarli, tarixiy ma’lumotlar haqida videolarni taqdim etishlari mumkin. Shu kabi ko‘plab to‘garaklarni yaratilishi talabalarni o‘zaro birlashtiradi. Talabalarning talabalik hayotini yanada mazmunli va shu o‘rinda ularga foyda beradigan kechalarni uyushtirish zarur. Termiz davlat universitetida “Milliy libos va san’at fakulteti mavjud” va bu fakultet hajm jihatdan eng katta fakultetlardan biridir. Qo‘shimcha qilib o‘tishimiz kerakki targ’ibot ishlarini eng ko‘p talab qiluvchi fakultet ham aynan “Milliy libos va san’at” fakulteti hisoblanadi.Ushbu fakultet o‘z mehnat ishlarini “Podium”larni tashkil etish orqali targ’ib qilishi mumkin buning uchun alohida “San’at kuni “ doirasida ushbu fakultet talabalari qilgan ishlarini namoyishlarini tashkil etish zarur. Rassomlar uchun ko‘rgazmalar, libos yaratuvchilar uchun aalohida shoular, ya’ni Oliygohda tahsil oluvchi talaba qizlar orasidan saralab olingan modellar yordamida liboslarni namoyish etish va kerak bo‘lsa ularni sotuvga qo‘yish. Bu kabi targ’ibor harakatlari, “Milliy libos va san’at “ fakulteti talabalarin o‘zini tanitishga va tezroq o‘z yo‘lini topishiga yordam beradi. Bu kabi yechimlar qatorida, talabalarda tadbirkorlik kayfiyati va malaksini ko‘tarish lozim. Talabalarga dunyo miqyosida yangilanayotgan va aholi o‘rtasida talab oshayotgan mahsulotlar, xizmatlar haqida ma’lumotlar berib turish lozim. Bu orqali talabalar sekin astalik bilan tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bir qatorda, o‘zlari jamiyatda ish o‘rinlari yaratishlari mumkin. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling