Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 0.68 Mb.
bet30/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1647280
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
m dissertatsiya

Imtihon-Davomat- birinchi navbatda ushbu yechimni amalga oshirish uchun, oliy ta’lim dargohi to‘liqligicha raqamlashtirilishi kerak. Turniketlar o‘rtalishi va har bitta dars auditoriyasi talabalar darsga kirishi va darsdan chiqishini nazorat qiluvchi texnologiya bilan jihozlanishi zarur. Bu esa davomat masalasini yanada shaffoflshtiradi. Bu keying yengillikni keltirib chiqaradi. Ya’ni har bir talabaga , har bitta semester davomida , har bitta fan uchun ruhsat beriladigan soatlar miqdorini, yoki foizlarni tashkil etilishi zarur, foizlar meyordan oshib ketgan hollarda talaba o‘z o‘zidan imtihon jarayonlariga kiritilmasligi zarur. Bu davomatga nisbatan javobgarlik hissini oshiradi. Davomat ishlarida shaxs ishtirokining kamayishi, yanada yaxshi natijalarga olib keladi.
Imtihon- Plagiarism- mustaqil ishlar uchun aniq muddat o‘qituvchilar tomonidan emas, balki “Imtihon bo‘limi” tomonidan HEMIS dasturida e’lon qilinishi zarur va topshirilish jarayonida plagiarism natijalari bilan topshrilishi zarur. Bugungi kunda jahon standartlarida o‘rtacha 20% gacha ruhsat berilmoqda. Bu raqamdan oshgan hollarda, mustaqil ishlar qayta topshirilishi zarur qilib belgilanishi kerak. Bu kabi talablarni boshqarish uchun albatta maxsus bo‘lim va xodimlar kerak. Bunda fan doirasida oliy toifali o‘qituvchilar jalb etilishi maqsadga muvofiqdir. Shu o‘rinda talabalarning imtihon qog’ozlari , yoki mustaqil ishlari kafedrada emas balki imtihon bo‘limida tekshirilgan holda, bir haftadan 10 kun muddatda talabalar Hemis dasturida e’lon qilinishi kerak.
Yana bir muammo bu xavfsizlik xizmatini tubdan takomillashtirish.
Dars jarayonlari nazorati, davomat nazorati yetakchi oliygohlarda aynan security zimmasida bo‘ladi. Turniketlar joylashtirilishi lozim, shu bilan bir qatorda talabalar o‘z ID kardlariga ega bo‘lishi va ID kardlar yordamida davomad elektron amalga oshirilishi lozim. Bu talabani oliygoh hududida to‘liq nazoratga olishga yordam beradi, va xavfsizlik kayfiyatini yanada yaxshilaydi. Xavfsizlik xizmati aynan forma masalasini ham o‘z zimmasiga olishi zarur. Ruhsat beriladigan va taqiqlanadigan kiyimlar ko‘rinishi markaziy eshiklarda o‘z aksini topishi kerak. Haddan tashqari ta’qiq talabani o‘qishdan bezdiradi, ammo haddan tashqari erkinlik oliy ta’lim dargohiha mos kelmaydi.
Tahlil davomida eng katta muammoga aylangan aynan muloqoqot mavzusi uchun aniq bir yechim mavjud emas. Talabalarda mativatsion ruhning pastligi seziladi. Shunday bo‘lsada bir nechta harakat yo‘llari taqdim etiladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling