Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi


Download 244.17 Kb.
bet26/30
Sana22.06.2023
Hajmi244.17 Kb.
#1650105
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
SHOIRA DISSERTATION FINAL

1) planetalar–Kayvon, Mirrix, Bahrom, Utorud, Zuxal, Mushtariy;
2) yulduzlar–Zuhra, Suxayl, Hulkar, Surayyo, Mushtariy;
3) yulduzlar turkumi– “Savr sigir”, “Menelay tog‘i” , “Hut”;
4) 12 burj nomlari– Hamal, Javzo, Arslon, Qisqichbaqa, Boshoq kabi kosmonimlarni asarda uchrashini koʻrishimiz mumkin.
Navoiyning ushbu asaridagi onomastik birliklarni leksik jihatdan tahlil qilishda oʻzlashgan qatlamni, ayniqsa arab, fors-tojik, hind, moʻg‘ul, rus baynalmilal qatlamlarni maxsus oʻrganish talab qilinadi. Sababi, ushbu dostonda arab, forscha oʻzlashgan nomlar juda koʻp uchraydi.
Xalq kosmonimlarining sinonimlari ma’noviy sinonimlar kabi oʻzaro ma’no nozikliklariga ega ekanligi, ayniqsa, ularning stilistik ma’nolarida yaqqol koʻzga tashlanadi. Masalan,
Husn bozorida men boʻldum ul oyg‘a mushtariy,
Kim muqarrar aylagay oyo mohi tobong‘a narx106.
Baytda mushtariy soʻzining koʻp ma’noliligi asosida (xaridor va planeta nomi) iyhom san’ati vujudga kelishi bilan birga, kosmonimlar nomi (Oy, Moh, Mushtariy)ni qayd etish orqali tanosub san’atlari qoʻllangan.
G‘afur G‘ulom asarlarida, akademik shoirning astronomiya fanlarini chuqur bilganligini va bu sohadagi bilimlaridan foydalanilganini koʻrishimiz mumkin. Bunga misol qilib, “Shum bola” qissasida qoravoy domla imomning kasal hoʻkiz oʻrniga eshagini soʻyib qoʻyib, domlaning ta’qibidan qochib, birovning oshxonasidagi tandirning ichiga qulab tushgan payti kechqurun tandirning moʻrisidan osmondagi yulduzlarni kuzatib oʻylagan gapi: “Ana u- mezon yulduzining dumi mana bu yulduz – yetti qaroqchining boshlig‘i, mana bu – hulkar yulduzi kecha shu yulduz tikka kelganda, eshak soʻyilgan edi. Mana bu somonchining yoʻli, kecha shu kunbotarga yaqinlashib kelganda, domla biqinimga tepgan edi”.
Matndagi Mezon yulduzi, yetti qaroqchining boshlig‘i, hulkar, somonchining yoʻli kosmonimlari asarda detal sifatida qoʻllanilgan boʻlib, bu yulduzlarni koʻrsatish orqali shoir boʻlib oʻtgan voqealarni eslatib, qoravoyning ziyrakligini koʻrsatmoqchi, hamda yengil yumor hosil qilmoqchi va bu maqsadini yuksak darajada amalga oshiradi.
Qissadagi kosmonimlar badiiy uslub talablaridan kelib chiqib, yulduz indikatori bilan foydalaniladigan: Mezon yulduzi, Qutb yulduzi esa yetti qaroqchining boshlig‘i deb tasviriy ifoda tarzida keltirilgan.
G‘afur G‘ulom “Xotin” she’rida yetti qaroqchi kosmonimiga sinonim sifatida arab tilidan oʻzlashgan Dubbi Akbar nomini ishlatadi (arabchada “ dubbi” – ayiq, “akbar”- katta degan ma’noni anglatadi)107:
Onam, zotan, xotin, yorim ham xotin,
Singlim ham, qizim ham ularga jinsdosh
Va bular hayotda mehnatda butun,
Dubbi Akbar kabi boʻladilar yoʻldosh.
Mazkur matnda leksik vosita yordamida Dubbi Akbar kabi oʻxshatish hosil qilinib bu yulduz turkumidagi yettita yorug‘ yulduzining doimo jips boʻlib turishiga onasi, ayoli va qizlarining inoq va totuvligida – jips holda yashashi qiyoslanadi.
“Shum bola” qissasidan olingan yuqoridagi matnda keltirilgan somonchining yoʻli kosmonimi astronomiyada jumladan oʻzbek shoirining boshqa asarlarida somon yoʻli shaklida foydalaniladi. Bu kosmonim shoirning boshqa asarlarida somon yoʻli (“qor” she’ri, 105-bet) somonching yoʻli(“oʻzbek elining g‘ururi”, 101-bet) kabi turli grammatik vosita orqali oʻxshatish vositasini ham hosil qiladi:
Paxtalar gullaganda, kolxozlarning dalasi qum – koʻkda somonchi yoʻliday mavjlanadi. (“Oʻzbek elining g‘ururi “,101-bet )108
Oʻzbek maqollarida ham kosmonimlar uchraydi:
Yetti qaroqchi ”ni tanigan yetti tunga adashmas
Ya’ni “yetti qaroqchi” yulduzini bilsa yoʻlida adashmasligi ma’nosini anglatadi. “Yulduz uchdi, oy tutdi” iborasi ham xalq orasida koʻp uchraydi.
-Savr yomg‘iri — sari oltin.
-Savr kelsa, muz turmas,
Quda kelsa, qiz turmas.
-Savr kirdi — ekinlarga davr kirdi.
-Saratonning oʻni — tegirmonning doʻli.
Hamal kirdi — amal kirdi.
Hulkar tug‘di — oʻt tug‘di.
Hulkarli oyning bari qish109.
Tarozi - ya’ni Orion esa qadimgi turkiylar tilida qora qush deb yuritilgan. “devonda Feruza tosh” ma’nosidagi, “Jash” soʻzini izohlash maqsadida keltirilgan qoʻyidagi toʻrtlikda Tarozi yulduzlarining osmonda qator boʻlib tizilishi tasvirlangan.
Apamni jaшil jaшб
Сawgyi opuн қаш,
Tiзigli қapa қуш,
Тун, кун уза jурканнур
Toʻrtlikda tasvirlanishicha Tangri osmonni koʻm-koʻk ya’ni feruza rangda yaratgan hamda unga yulduzlarni sochib yuborgan. Qora qush. Ya’ni tarozi yulduzlar qator boʻlib tizilgach, kunduz oʻrnini tun pardasi chulg‘ab olgan.
Xalq orasida “Tarozi chiqsa tong soviydi, Sumbula tug‘sa suv soviydi ” degan maqol ham bor. Chunki yoz faslining oxirida erta tongda Quyosh chiqmasdan burun ufuqda Tarozi yulduzi koʻrina boshlashi issiq kunlar oxirlab qolayotganida dalolat bergay Tarozi koʻrinish berishi bilan tong salqinligi sezila boshlaydi. Sumbula yulduzlarining tug‘ushi esa yoz fasli nihoyasiga yetib, kuz boshlanganligining alomati deb qaraladi110.
Yuqorida koʻrganimizdek oʻzbek onomastikasining erishgan yutuqlari juda salmoqli, lekin bu sohada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, qator muammolar ham bor.



Download 244.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling