Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 0.53 Mb.
bet17/18
Sana22.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1647221
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
DILNOZA DISSERTATSIYA

XULOSA VA TAKLIFLAR
1. Hozirgi kunda ilm-fan sohasida rivojlanish, davlatlar o’rtasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy, texnologik aloqalar rivojlanib bormoqda. Yevropa davlatlari bilan ilmiy-texnik ma’lumotlarni almashish ko’rsatkichi oshib bormoqda. Taraqqiyot kengayib borgan sari tarjima sohasiga talab ham ortib boraveradi.
2. Diskurs nutq va matn kabi lingvistik hodisalar bilan chog’ishtirib tadqiqot qilinishiga uning mazmunan nutqiy va matniy jihatlarni o’zida aks ettirishi asosiy omil sifatida qaraladi. Diskurs ijtimoiy-madaniy kontekstda yaratilgan situatsion nutq, u tildan tashqari ekstralingvistik belgilarni o’zida namoyon etadi. Diskursga mental hodisa sifatida qarash ham mumkin, kontekstda mavjud butunlik, o’zaro bog’liqlik kabi xususiyatlar sabab bo’ladi.
3. Ilmiy-texnik matnlar maxsus soha va texnologiyaga tegishli matnlar bo’lib, ular asosan ma’lum bir sohaning ilmiy tilida va texnik atamalariga boy matnlarda namoyon bo’ladi. Ilmiy-texnik matnlar o’zining aniqlik, to’liqlik, atamalarga boyligi, matnning axborot olish uchun mo’ljallanganligi bilan ajralib turadi.
4. Ilmiy-texnik matnlarda diskurs va kontekst tushunchalari asosiy ahamiyatga molik tushunchalar hisoblanadi. Ma’lum bir kontekstda va diskursda texnik terminlar boshqa bir kontekstda boshqa ma’nodagi so’z sifatida qo’llanilishi mumkin. Diskurs va kontekst tushunchasining ahamiyatli qirralari tarjima jarayonida bevosita o’z ta’siriga ega hisoblanadi.
5. Ilmiy-texnik matnlar o’zining lingvistik, leksik, grammatik jihatidan ajralib turadi. Leksik jihatdan atamalar va qisqartmalarning ko’p ishlatilishi tarjima jarayonida terminologiyaning ekvivalentlarini topish va adekvat tarjima uchun tarjima metodlaridan to’g’ri foydalanishni talab etadi. Grammatik jihatdan gaplarda majhul nisbatdan foydalanish, qo’shma gaplar va murakkab aniqlovchili birikmalardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
6. Tarjima jarayonida ilmiy-texnik matnlarning lingvopragmatik xususiyatlari ta’siri sezilarli darajada hisoblanadi. Tarjima qilishda mantiqiy va kontekstual ma’noga e’tibor qaratish lozim. So’zlarning semantik ma’nosi ilmiy-texnik matndagi ma’nodan tubdan farq qilishi mumkin.
7. Ilmiy-texnik matnlar odatda uzun va murakkab tuzilgan gaplardan iborat bo’ladi. Bunday gaplarni tarjima qilishda gaplarni sodda gaplarga ajratib tarjima qilish tavsiya etiladi.
8. Tarjima jarayonida sinonimlardan foydalanish asosiy usullardan biri hisoblanadi. Ilmiy-texnik matnlarda esa sinonimlardan foydalanish talab etilmaydi. Agar asl manba matnida terminologiyaning takrorlanishidan foydalanilgan bo’lsa tarjima matnida ham takror ishlatilishi xatolik hisoblanmaydi.
9. Qisqartmalarni tarjima qilishda ularni tushunish talab etiladi, chunki tarjima matnida ularning ta’siri yuqori darajada bo’ladi. Ilmiy-texnik matnlarda asosan grafiklar, jadvallar va diagrammalardan foydalaniladi. Ularning tarjima jarayoni matnni va jadvallardagi ko’rsatkichlarni yaxshi tushunishni talab qiladi.
10. Ingliz tilidagi ilmiy-texnik matnlar terminologiyasida yunon va lotin tillaridan o’zlashtirilgan so’zlar ko’p uchraydi, o’zbek tilidagi shu turdagi matnlarda esa rus tilidan kirib kelgan so’zlar ko’p uchrashi kuzatiladi.
11. Ilmiy-texnik matnlar tarjimasida kognitiv jarayonlar va pragmatik xususiyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu turdagi matnlar tarjima jarayonida matnni avvalo tushunish, anglash, shu soha mutaxassisi sifatida tahlil qila olish zarurati pragmatik jihatdan uni adresatga yetkazish muhimligini talab etadi. Aniq tushuntirib tarjima qilib berilgan matn ilmiy-texnik sohadagi yangiliklarni keng amalga oshirish imkonini yaratadi.
12. Ilmiy-texnik matnlarning ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjimasi jarayonida tarjima qilishning modulyatsiya, konkretizatsiya, qo’shimcha izoh berish, moslashuv, tushurib qoldirish kabi metodlardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling