Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Tadqiqotning maqsadi va vazifalari


Download 0.53 Mb.
bet2/18
Sana22.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1647221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
DILNOZA DISSERTATSIYA

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ilm-fan va texnik taraqqiyotda foydalaniladigan terminlarni o'rganish, ularning xususiyatlarini misollarda aniqlash, ilmiy-texnik matnlar tarjimasida yuzaga keladigan muammolarni aniqlashdir. Tadqiqotning maqsadi uning quyidagi vazifalarini belgilaydi:

  • ilmiy-texnik matnlarga oid adabiyotlarni va ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil etish;

  • ingliz tilidagi ilmiy-texnik matnlarning lingvopragmatik aspektlarini o‘rganish va izoh berish;

  • ingliz tilidagi ilmiy-texnik matnlarning lingvistik vositalarning o‘zbek tilidagi mavjud vositalar bilan mos kelishini ko‘rib chiqish;

  • ingliz tilidan o‘zbek tiliga ilmiy va texnik matnlarning tarjima metodlarini o’rganish va tahlil qilish;

Ilmiy yangiligi:

  • ingliz va o‘zbek tillarida ilmiy va texnik matnlarning lingvopragmatik nuqtai nazardan qiyosiy tahlili orqali ularning o‘xshash va farqli tomonlari aniqlandi;

  • kontekstual-situativ usulni qo‘llash orqali ilmiy diskursda terminlarning turli nutq vaziyatlarida ifodalanishi dalillandi;

  • ingliz va o‘zbek tillarida ilmiy diskursning tarjima xususiyatlari va tarjima metodlarini qiyosiy jihatdan isbotlandi;

  • har ikkala tilda ilmiy va texnik matnlar tarjima tamoyillarini tasniflash va statistik ma’lumotlarni ishlab chiqildi.

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Bugungi kunda jahon tilshunosligida mustaqil ilmiy paradigma sifatida shakllanib ulgurgan va taraqqiy etayotgan antropotsentrik paradigma doirasida maydonga kelgan tilshunoslikning zamonaviy sohalari tarjimashunoslikni ilmiy va amaliy yutuqlar asosida inson omili bilan bog‘lab o‘rganishni taqozo qilmoqda. Yangi paradigma talabida shakllangan kognitiv lingvistika, pragmalingvistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, lingvokulturologiya va shu kabi tarjimashunoslik yo‘nalishlarida keng ko‘lamda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur magistrlik dissertatsiyasi jahon tarjimashunosligida eng rivojlangan yo‘nalishlardan biri bo‘lgan lingvopragmatika yo‘nalishidagi ilmiy ish bo‘lib, unda Sharq va G‘arb ilmiy diskursining lingvopragmatik xususiyatlari qiyosiy tahlillar asosida yoritib berilgan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling