Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 0.53 Mb.
bet1/18
Sana22.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1647221
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
DILNOZA DISSERTATSIYA



KIRISH
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. So'nggi yillаrdа fаn vа texnikа аtаmаlаri, ulаrning roli, shuningdek, аhаmiyаti, texnologik yutuqlаri vа inson fаoliyаtining rivojlаnishi ilmiy аloqаlаrni to'plаsh, uzаtish vа kognitiv funksiyаlаrni bаjаrishgа qаrаtilgаn zаrur mа'lumotlаr tаqdimoti muhim аhаmiyаtgа egа bo’lib bormoqda. Tarjima qilingan matnlar orqali butun dunyoda ilmiy va texnik yangiliklar, ixtirolar va ularning qo’llanish usullari tarqalib, taraqqiyot yo’lini ochib beradi.
Texnologiyalarning jadal rivojlanishi, ommaviy axborot vositalarining rolining ortib borishi, texnologiyalardan keng foydalanish jamoatchilikning ilmiy va texnik kommunikatsiya nazariyasi va amaliyotiga e'tiborini kuchaytirishga yordam beradi. Texnika, texnologiya va ilmning kuchi orqali jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda rivojlanish yuqori darajada bo’ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7- fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017-yil 23-maydagi, “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 2789-son 2017-yil 17-fevraldagi, “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son 2018-yil 5-iyundagi Qarorlari1 hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Tadqiqotning obyekti sifatida ilmiy-texnik maqolalar, ilmiy risolalar, texnik qo’llanmalar, ilmiy-texnik dasturlardan olingan misollarda matnlarning lingvopragmatik xususiyatlari va tarjima jarayonining muammolari tahlili belgilangan. Tadqiqotning predmeti ilmiy va texnik matnlarning lingvistik va pragmatik aspektlari tashkil qiladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling