Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)


Download 0.53 Mb.
bet3/18
Sana22.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1647221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
DILNOZA DISSERTATSIYA

Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Tadqiqotning tahliliy qismlarini ishlashda ilmiy risolalar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy maqolalar, texnik qo’llanmalar, ilmiy-texnik dasturlardagi misollar tahliliga asoslangan. Ko'plаb milliy vа xorijiy olimlаr, xususаn, Beykr “Translation of Scientific and technical texts” asarida, Ketford “Linguistic Theory of Translation”asarida, Maria Guduxina, Syu Ellen Rayt, Ketford, Alla Dolgopolova, Renata Jorj Viera, M.I.Abidova, B. Y. Normаn, Z.Abduraxmonova, I.Eshonqulov, J.R.Turonov, Q.Sobirova vа boshqаlаr qiziqish doirаsigа egа bo'lgаn ilmiy-texnikаviy mаtn va uning tarjimasidagi qiyinchilik va xatoliklar, ilmiy-texnikаviy nutq uslubi, ilmiy-texnikаviy mаtnlаrning kommunikаtiv vа prаgmаtik xususiyаtlаrigа kаttа e'tibor berildi.
Shuningdek, bu borada Respublika va xorijning yetakchi pedagog va tarjimashunos olimlari ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Jumladan, I.Eshonqulov va Z.Abduraxmonovalarning “Ilmiy-texnik matnni tarjima qilish jarayonidagi asosiy qiyinchiliklar”, Turonov Javohir Rustamovichning “Ilmiy texnikaviy terminlarni tarjima qilishdagi muammolar” mavzusida ilmiy maqolalari, Sh. Safarovning « Pragmalinguistics » kitoblari asosida ko’rib chiqildi va foydalanildi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqot ishida kontekstual-situativ, analitik, qiyosiy tahlil, ilmiy-tadqiqot, statistik tahlil, lingvopragmatik tahlil, semantik va pragmatik tahlil metodlardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tarjimashunoslik sohasidagi ilmiy-texnik matnlar tarjimasi doirasida o’rganilgan ilmiy-nazariy ma’lumotlar pragmalingvistika, kognitiv tilshunoslik, diskursologiya, tarjima nazariyasi va amaliyoti fanlaridan maxsus kurs o‘tishda, shuningdek, ushbu fanlar bo‘yicha darslik, qo‘llanma va uslubiy tavsiyalar yaratishda foydalanish mumkinligi bilan izohlandi.
Ish tuzilmasining tavsifi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I BOB. ILMIY-TEXNIK MАTNLАRNING O’ZIGА XOS XUSUSIYАTLАRI



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling