Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 0.84 Mb.
bet1/35
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1531107
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022


KIRISH
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Qusish, qayt qilish — meʼda, diafragma, qorin devori va boshqa muskullarning spazmatik qisqarishi natijasida meʼda ichidagi narsalarning gʻayriixtiyoriy ravishda ogʻizdan tashqariga chiqarilishi. Meʼda va ichki aʼzolar, markaziy hamda periferik nerv sistemasining taʼsirlanishi (mas holatda, zaharlanganda) yoki kasalligi oqibatida roʻy beradi. Qusish meʼda shilliq qavatining taʼsirlanishiga nisbatan organizmning himoya — moslanish reaksiyasi boʻlib, koʻpincha yutib yuborilgan yot jismlar, sifatsiz ovqat va turli zaharli moddalar taʼsirida sodir boʻladi. Qusish tufayli organizm zararli, baʼzan hatto hayot uchun xavfli moddalardan xalos boʻladi. Meʼdaning baʼzi kasalliklari (yara kasalligi, gastrit)da qusishdan oldin koʻngil ayniydi, odatda qusishdan soʻng bemor oʻzini yengil his qiladi. Qusish yurak, oʻt pufagi, appendiks (chuvalchangsimon oʻsimta), buyrak va boshqa aʼzolar funksiyasi izdan chiqqanda meʼdaga reflektor taʼsir etishi natijasida ham paydo boʻlishi mumkin. Qusish bosh miya va uning pardalari kasalliklari (meningoensefalit, bosh miya oʻsmalari va shikastlanishlari), miyada qon aylanishining buzilishi belgisi boʻlishi, shuningdek, emotsional buzilishlar tufayli (baʼzi bir noxush taomlar, qon, qusuq massalari va h.k.ni koʻrganda) yuzaga kelishi ham mumkin. Homiladorlarning qusishi koʻpincha homiladorlik toksikozlarining alomati boʻladi. Qusish isteʼmol qilingan oziq-ovqat yoki dori vositalariga aloqador boʻlsa, ularni qoʻllamaslik kerak. Bolalarda qusish kattalarga nisbatan koʻproq kuzatiladi.
Oʼtgan yillar davomida farmatsevtika tarmogʼini xususan, farmatsevtika sanoatini jadal va barqaror rivojlantirishni taʼminlash, ichki bozorni oʼzimizda ishlab chiqarilgan sifatli va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan toʼldirish, mahalliy xomashyo bazasini kengaytirish va import oʼrnini bosadigan dori-darmonlarni ishlab chiqarishni koʼpaytirish, buning uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi va erkin muomalasini taʼminlashga qaratilgan oʼndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Shu jumladan:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi «Yovvoyi holda oʼsuvchi dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» PQ-4670-sonli, 2019 yil 6 maydagi «Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» gi PQ-4310-sonli, 2019 yil 10 apreldagi «2019 - 2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʼini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-5707-sonli qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 apreldagi «Dorivor oʼsimliklar asosidagi dori vositalarini va biologik faol qoʼshimchalarni (BFQ) mahalliy korxonalarda ishlab chiqarishni rivojlantirishning chora-tadbirlari» toʼgʼrisidagi 32-son bayoni va mazkur faoliyatga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Mahalliy xomashyodan keng foydalangan holda mamlakatimizda ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlari importini qisqartirishning talaygina rezervlari mavjud.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling