Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Rozmarinning foydali xususiyatlari


Download 0.84 Mb.
bet9/35
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1531107
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022

Rozmarinning foydali xususiyatlari. Shimoliy Umbriya universitetida o'tkazilgan so'nggi tadqiqotlar, Rozmarin efir moyini hidlash aqliy faoliyatni kuchaytirishi mumkinligini ko'rsatadi. Xotirani mustahkamlaydi, miyyadagi kimyoviy jarayonlarga ta’sir qilib ruhiy tushkinlik va’ziyatida yordam beradi. Bosh miya qon aylanishini yaxshilaydi va bosh og’rig’ini davolash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari boshqa aromatik giyohlar singari ovqat hazm qilish va ichak sapazmalarini kamaytirish uchun ishlatiladi. Antibakterial va Antioksidant ta’sir ko’rsatadi. [2.2]
Oʼsimlikning yer ustki barglari va yosh poyalaridan tayyorlangan damlama va spirtdagi yeritmalari (nastoykasi) bosh ogʼrigʼi, oshqozon – ichak kasalliklari, shamollashda, ayollarda uchraydigan ayrim xastaliklarni davolashda ijobiy naf beradi. Shu bilan birga organizmni tetiklashtirib, quvvat bagʼishlash xususiyatiga ham ega. [3.3-3.6]
Rozmarindan qadim zamonlarda dorivor vosita sifatida foydalanishgan. Uning foydali xususiyatlari toʼgʼrisida har bir xalqda turlicha qarashlar boʼlgan: rimliklar uni xotirani yaxshilaydi deb hisoblashsa, greklar uning yordamida yaralarni davolashgan, xitoyliklar esa uning yordamida bosh ogʼrigʼidan xalos boʼlganlar.
Hozirgi zamon olimlari esa rozmarinni oʼrganib quyidagi xususiyatlarini oʼrganib chiqishgan: u oʼzida juda koʼp miqdordagi efir moylarini, А va C guruh vitaminlarini, kaliy, kalsiy va natriyni saqlaydi [3.5]. Rozmarinning quyidagi xususiyatlari ilmiy tasdiqlangan:

  • u bosh, qorin va muskullar ogʼrigʼida yordam beradi;

  • revmatizm, radikulit va fibromialgiyada yordam beradi;

  • spazmda yordam beradi;

  • oshqozon buzilganida ham yordam beradi;

  • qon bosimi oshishini oldini oladi;

  • mikrob va zamburugʼlarga qarshi kurashadi;

  • antioksidant vositasini bajarib, miyadagi qarilik belgilari paydo boʼlishini sustlashtiradi [3.5].

Rozmarinning salbiy tomonlari. Rozmarin ziravor sifatida kam miqdorda ovqatlarga, choy va limonadlarga solishga yaxshi boʼlib, meʼyoridan ortiq isteʼmol qilinganda esa, ovqat hazm qilish tomonidan muammolarning kelib chiqishiga, bosh ogʼrigʼiga va qon bosimining koʼtarilishiga sababchi boʼlishi mumkin. Quyidagi insonlar esa undan kam miqdorda tanovvul qilishlari kerak [3.5]:

  • Homilador ayollar;

  • Kron kasalligi, oshqozon yarasi va qorin sanchishi kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlarga;

  • Gipertoniya kasalligiga duchor boʼlgan kishilarga.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling