Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Tadqiqot obyekti va predmeti


Download 0.84 Mb.
bet2/35
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1531107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022

Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti sifatida qusishga qarshi dorivor rozmarin o’simligidan olingan suyuq ekstrakt, tadqiqot predmeti esa ekstrakt olish texnologiyasi, texnologik parametrlari, chinligi, miqdoriy tahlili va qusishga qarshi faolligi hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Dorivor rozmarin (lot. Rosmarinus officinalis L.) asosida qusishga qarshi ekstrakt texnologiyasini ishlab chiqish tadqiqotning maqsadi qilib belgilanadi.
Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni yechish koʼzda tutilgan:
1. Dorivor rozmarin asosida suyuq ekstrakt texnologiyasini ishab chiqsh;
2. Texnologik omillarni o’rganish (maqsadga muvofiq ajratuvchini va uning kontsentratsiyasini tanlash, xomashyo va ajratuvchi nisbatini tanlash, oʼsimlik xomashyosi maydalik darajasini ekstraktiv moddalarni ajralib chiqish tezligiga tasirini oʼrganish, ajratuvchini shimish koeffitsientini aniqlash);
3. Farmakologik faolligini o’rganish;
4. Suyuq ekstrakt sifatini baholash (chinligi va miqdoriy tahlili).
Ilmiy yangiligi. Ushbu magistratura ishining ilmiy yangiligi dorivor rozmarin asosida qusishga qarshi ekstrakt texnologiyasining ishlab chiqilgani hisoblanadi. Ekstraktning texnologik parametrlari, maqsadga muvofiq ajratuvchini tanlashda biostandartizatsiya usuli bilan yondoshish, ishlab chiqilgan ekstraktning chinligi va miqdoriy tahlil usullari hamda farmakologik faolligi deb hisoblanadi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Dorivor rozmarin asosida qusishga qarshi ekstraktning texnologiyasini biostandartizatsiya usulidan foydalangan holda ishlab chiqish. Kutilayotgan natija va qusishga qarshi eng faol ajratmani aniqlab olish tadqiqot ishining oldiga qo’yilgan eng asosiy masala hisoblanadi.
Mualliflarning taxmini bo’yicha tanlanayotgan ekstragent farmakologik jihatdan baholangach, aniq qilib aytsa bo’ladiki to’g’ri tanlangan ekstragent eng yuqori qusishga qarshi faollikka ega bo’lgan suyuq ekstrakt texnologiyasini ishlab chiqishiga muvofiq bo’ladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling