Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Аjratmani yot moddalardan tozalash usullari


Download 0.84 Mb.
bet17/35
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1531107
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022

1.7. Аjratmani yot moddalardan tozalash usullari
Oʼsimlik xomashyolaridan ajratma olishda taʼsir qiluvchi moddalardan tashqari ajratma tarkibiga shikastlangan toʼqimalardan yot moddalar - oqsillar, shilliq moddalar, turli kolloidlar, ajratuvchida kam eriydigan moddalar, choʼkmalar xam oʼtadi. Yot moddalar xususiyati va miqdoriga qarab tozalashning turli xillari qoʼllaniladi. Masalan: ajratmani salqin joyda bir necha kunga qoldirib, keyin suziladi, maʼlum vaqt qaynatib, tindiriladi. Baʼzan, maʼlum miqdorda (2-20%) adsorbent (bentonit, kaolin) bilan ishlov berib, tindirib qoʼyiladi, soʼng suziladi yoki sentrofugalanadi [2.4].
Yot moddalardan tozalashning yana bir usuli ajratmani 2 kun 10°C haroratda tindirishga qoʼyiladi. Bunda, past haroratda moddalarning eruvchanligi kamayadi, ularda mikrofloraning koʼpayishi susayadi. Natijada oqsillar, shilliq moddalar, kolloidlar, oksidlanish mahsulotlari ajraladi. Soʼng druk filtri yordamida ajratma filtrlanadi [2.4].
Аmaliyotda ajratmadagi yot moddalarni spirt yordamida choʼktirib tozalash ham keng foydalaniladi. Bunda ajratma xomashyo miqdorining yarmi qolguncha bugʼlatiladi, sovutiladi, qoldiqqa nisbatan ikki marta ortiq (yoki xomashyo bilan bir xil) miqdorda 95% spirt qoʼshib aralashtiriladi. 10°C dan yuqori boʼlmagan haroratda 5-6 kunga qoldiriladi, soʼng suziladi.
Ekstrakt shaklida ajratma olishda yot moddalardan tozalash maqsadida ajratmaga boʼtqa holatidagi aralashma holiga kelguncha magniy karbonat yoki talk bilan ishlov berish tavsiya etiladi. Soʼng bu aralashmaga qoʼshimcha komponentlar va kerakli kontsentratsiyaga kelguncha distillangan suv qoʼshiladi. Hosil boʼlgan eritma filtrlanadi. Аgar filtrlashdan oldin ekstrakt talk kukuni bilan bir meyorda aralashtirilsa, eng tiniq filtrat hosil boʼladi. Bunda 1 litr filtrat olish uchun 15 g talk ishlatiladi [2.4].
I bob bo’yicha xulosa
1. Antixolinergik dorilar ва H1-blokerlar labirintopatiyalar, harakatlanish kasalliklari uchun samarali, chunki ular asosan vestibulyar zonaga taʼsir qiladi. Dofamin retseptorlari blokerlarini oshqozon-ichak trakti kasalliklarida qoʼllash maqsadga muvofiqdir, chunki ular harakatchanlikni normallashishiga, shuningdek oshqozon-ichak traktidagi tiklash jarayonlariga hissa qoʼshadi. Serotonin retseptorlari blokerlarini kimyoviy terapiya va radiatsiya terapiyasida qoʼllash maqsadga muvofiqdir, chunki ushbu guruh ushbu turdagi davolanadigan bemorlarda samarali boʼladi. Neyroleptiklarga kelsak, ushbu guruhni tanlash boshqa guruhlar samarasiz boʼlgan taqdirdagina kerak boʼladi, chunki bu guruh juda koʼp yon taʼsirga ega. Mahalliy terapiya asosiy terapiya emas, balki qoʼshimcha terapiya hisoblanadi.
2. Dori moddalarni isteʼmol qilgandan keyin homilador ayollar homiladan xavotirlanishlari, ayniqsa homiladorlikning birinchi oylarida, oʼsimlik vositalarini qoʼllash tendentsiyasini kuchaytirdi. Kasalliklarni davolashda oʼsimlik vositalaridan foydalanish, qo’llash qulayligi bilan bir qatorda, kimyoviy dorilarga qaraganda kamroq yon taʼsirga ega. Tadqiqotchilar ushbu izlanishlarni homilador ayollarning keng doirasini oʼrganib chiqishdi. Shu bilan bir qatorda onaning yoshi, koʼp bolali ekanligi, homiladorlik davri va koʼngil aynishi boshlangan vaqtga turli xil oʼsimliklarning samaradorligini baholash va natijalarni umumlashtirish oson emas. Shuning uchun ushbu dorivor oʼsimlikdan qanday foydalanish boʼyicha tegishli qo’llanmalar va dasturlarini taqdim etish orqali bu tadqiqot natijalarini yaxshilash mumkin.
3. I bobda ilmiy tadqiqot ishida qoʼllaniladigan asosiy metodik usullar, ishlatiladigan turli xil ektraksiya usullari va asbob uskunalar aks ettirilgan. Tadqiqotning dastlabki bosqichida qanday tadqiqot usullaridan foydalanish bayon etilgan.
4. Ekstrakt olish uchun adabiyotlardan ma’lumotlar yig’ilib, ularni birma bir o’rganilib muqobil ektraksiya olish usuli tanlab olindi.
5. Ektraksiya olish usulini tanlashda xomashyoni gistologik tuzilishi, kimyoviy xossalarini hisobga olish lozim. Imkon qadar kam ajratuvchi sarflab yuqori unum bilan ektraktsiya olish jarayoni texnologiyasi ishlab chiqishni ta’minlash. Buning uchun esa ektraksiya jarayoniga ta’sir etuvchi barcha omillar tahlil qilib chiqildi va muqobil ektraksiya usuli tajribalar orqali aniqlash uchun aniq maqsadlar belgilab olindi.
II BOB. DORIVOR ROZMARIN SUYUQ EKSTRAKT TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling