Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 0.84 Mb.
bet14/35
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1531107
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022

Perkolyatsiya usuli. Perkolyatsiya - (Perco1are) - rangsizlashtirish, siqib chiqarish soʼzidan olingan boʼlib, har xil tuzilishga ega boʼlgan maxsus idishlar - perkolyatorlarda olib boriladi. Perkolyatorning tubidan gʼalvirsimon toʼsiq boʼlib, uning ustiga mato qoʼyiladi. Xomashyo (1-8 mm) alohida idishga 50-100% miqdordagi ajratuvchi bilan 4 soat boʼktirish uchun qoldiriladi. Soʼng boʼkkan xomashyo pastki joʼmragi ochiq perkolyatorga oʼtkaziladi, biroz shibbalanadi va ustida “oynasimon yuza” (3-4 sm ajratuvchi qavati) hosil boʼlguncha ajratuvchi qoʼyiladi. Joʼmrak berkitib, oqib chiqqan ajratma qaytib perkolyatorga solinadi va vaqti koʼrsatilmagan boʼlsa (xomashyoning xususiyatlariga qarab) bir ikki kunga qoldiriladi. Soʼngra joʼmrakdan maʼlum tezlikda ajratma quyib olinadi. Аjratish tezligi soatiga perkolyator foydali hajmining 1/24 yoki 1/48 qismini tashkil etib, litrda hisoblanadi. Huddi shu tezlikda perkolyatorning yuqori qismidan ajratuvchi berib turiladi [2.7].
Bu jarayon perkolyatordagi xomashyo tarkibidan taʼsir etuvchi moddasi tugaguncha (1:5 yoki 1:10 nisbatdan oshmasligi sharti bilan) davom etadi. Taʼsir etuvchi modda tugaganini oqib tushayotgan ajratmaning rangsizlanganligidan yoki sifat reaktsiyasidan bilinadi. Xomashyo oldindan namlab qoʼyilsa, perkolyatorga xomashyo bir tekis joylashadi va ajratma olish jarayoni bir meyyorda boʼlishi, taʼminlanadi, aks holda xomashyo “oynasimon yuza” dan chiqib ketishi mumkin. Bu esa jarayonning uzoq davom etishi va ajratuvchining koʼp sarflashiga olib keladi. Perkolyatsiya usulining matseratsiyadan afzalligi: jarayon nisbatan tez ketadi, biofaol moddalar toʼliqroq ajraladi, ajratuvchi kamroq sarflanadi. Shuning uchun korxona sharoitida koʼproq shu usul qoʼllaniladi.
Girdob usuli. Bu usul ajratma olish jarayonini tezlashtirish maqsadida Chexoslovakiyalik olim Melixar va boshqalar tomonidan taklif qilingan. Аsbob stakan, unga tushuntiriladigan pichoqli aralashtirgich va elektr yurgizgichdan iborat boʼlib, pichoqning aylanish tezligi daqiqiasiga 8000-13000 martaga yetadi. Natijada xomashyo bilan ajratuvchi aralashadi va ayni vaqtda xomashyo maydalanadi. Bunda girdob hosil boʼlishi natijasida konventiv diffuziya tezlashadi va qisqa vaqt ichida ajratma tayyor boʼladi [2.7].
Sankt-Peterburg, Xarkov va Toshkent dorishunoslik oliy bilimgohlarida shu maqsadda pichoqli aralashtirgich daqiqiasiga 3000-5000 marta aylanadigan RT-2 mikrotoʼqima maydalagichdan foydalanish taklif qilingan. Girdob usulida beladonna ekstraktsi 5 daqiqa, marvaridgul 20 daqiqa, valeriana va ermon-25 daqiqiada, kuchala ekstrakti esa 50 daqiqada tayyor boʼladi. Bu usulda tayyorlangan ekstraktlarda biologik faol modda miqdori va ajratmaning zichligi nisbatan yuqoriroq boʼladi. Аjratmada ma’lum miqdorda loyqa boʼladi, uni tindirish maʼlum sharoit va qoʼshimcha vaqt talab qiladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling