Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi
Аjratuvchining qovushqoqligi
Download 0.84 Mb.
|
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haroratning oshishi
- Sirt faol moddalarni qoʼshish
Аjratuvchining qovushqoqligi. Fik qonuni boʼyicha ajratuvchining maʼlum bir qatlami orqali diffuziya yoʼli bilan oʼtgan moddaning miqdori ayni haroratdagi ushbu ajratuvchining qovushqoqligiga teskari proportsionaldir. Demak, kam qovushqoq eritmalar katta diffuzion kobiliyatga ega. Oʼsimlik moylari yordamida ajratma olishda qovushqoqlikni kamaytirish uchun qizdirishdan foydalaniladi. Bu jihatdan oxirgi paytlarda qoʼllaniladigan suyultirilgan yoki siqilgan gazlar CO2 C3H8 C4H10, suyuq NH3 va boshqalardan foydalaniladi. Gidrofil moddalar yuqori dielektrik oʼtkazuvchanlikka ega boʼlgan siqilgan gazlar yordamida (NH3 CH3Cl, metilenoksid) yaxshi ajratib olinadi.
Haroratning oshishi ajratma olish jarayonini tezlashtiradi. Biroq fotokimyoviy ishlab chiqarish sharoitlarida qizdirish faqat suvli ajratmalar uchun ishlatiladi. Suvli, spirtli, efirli ajratma olish undanda koʼproq yoki pastroq haroratda oʼtkaziladi, chunki haroratning oshishi bilan ajratuvchining yoʼqotilishi oshadi. Sirt faol moddalarni qoʼshish. Kichik miqdorda SFM larni qoʼshish ajratma olish jarayonini yaxshilaydi. Bunda ajratib olinadigan moddalarning (alkaloid, efyr moylari) miqdori ortadi. Baʼzi hollarda ajratib olish toʼliqligiga ekstragentning kamroq hajmida erishiladi. 1.5. Xomashyo maydalik darajasini ajratma olish jarayoniga taʼsiri Xomashyoni maydalik darajasi ajratma olish tezligiga oʼz taʼsirini koʼrsatadi. Xomashyo qanchalik mayda boʼlsa, uni sirti koʼpayadi, ajratuvchi bilan muloqoti yaxshilanadi va boifaol moddalarni suyuqlikka oʼtish jarayoni tezlashadi. Lekin xomashyo qanchalik mayda boʼlsa, ajratuvchiga shunchalik koʼp yot moddalar oʼtadi va olingan ajratma loyqalanadi. DF XI talabiga muvofiq spirt suvli ajratmalarni hammasi tiniq boʼlishi kerak. Odatda korxonalarda xomashyo 3-8 mm oraligʼida maydalanadi. Bunda olingan ajratma tiniqligi boʼyicha talab darajasida boʼladi. Аdabiyotlardagi maʼnbalarda keltirilishicha dorivor oʼsimlik xomashyosining maydaligi qanchalik kichik boʼlsa, ekstraktsiya jarayonida oʼsimlik hujayrasi tarkibidagi ekstraktiv moddalar koʼproq ajralib chiqadi. Lekin ekstraktsiya jarayoni natijasida hosil boʼlgan ajratma loyqalanib, uni tindirish yoʼli bilan tashqi koʼrinishini yaxshilash imkoniyati har doim ham boʼlavermaydi. Xomashyoning maydaligi qanchalik kichik boʼlgan holatlarda, unda quruq qoldiq miqdori shunchalar katta boʼladi, ammo ajratma tashqi koʼrinishi boʼyicha talab darajasida boʼlmaydi. Dorivor oʼsimlik hom ashyosining maydaligi qanchalik katta boʼlsa ekstraktsiya jarayonida ekstraktiv moddalarni ajralib chiqishi shunchalik qiyinlashadi. Lekin maydaligi katta oʼsimlik xomashyosidan olingan ajratmalar tashqi koʼrinishi judda tiniq boʼlib talabga javob beradi. Shularni hisobga olib, biz ekstrakt tarkibiga kiruvchi oʼsimlik xomashyolarini 0,5-1 mm; 1-5 mm; 5mm va undan yuqori; maydalik darajasigacha maydalab, fraktsiyalarga ajratdik. Fraktsiyalardan 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90, 96% li spirt yordamida ajratma olinadi. Olingan ajratmalar tashqi koʼrinishi va quruq qoldiq boʼyicha baholandi. Olingan natijalar xomashyo maydalik darajasi 0,5-1 mm va undan kichik boʼlsa, olingan ajratma loyqalanib qoldi, uni tindirib qoʼyish bilan tiniqlashtirish imkoniyati deyarli boʼlmadi. 1-5 mm maydalikdagi fraktsiyalardan olingan ajratma tashqi koʼrinishi va quruq qoldiq boʼyicha talab darajasida boʼldi. Bu esa maqsadiga muvofiq maydalik darajasi 1-5 mm deb qabul qilishga asos boʼldi. Katta maydalikdagi xomashyodan ajratma olib koʼrilganda ajratma oʼta tiniq boʼldi va quruq qoldiq miqdori kam bo’ldi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling