Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi
Zamonaviy tezlashtirilgan usullar
Download 0.84 Mb.
|
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ultratovush yordamida ajratma olish usuli
- Markazdan qochuvchi kuch taʼsirida (majburan) ajratma olish.
Zamonaviy tezlashtirilgan usullar. Moskvadagi ilmiy tekshirish farmatsiya oliygohi usuli. Bu usulda muayyan miqdordagi xomashyo perkolyatorga solinadi, ustiga “oynasimon yuza” hosil boʼlguncha ajratuvchi quyiladi va 24 soatga qoldiriladi. Soʼng tayyor mahsulotning toʼrtdan bir qismi miqdorida ajratma quyib olinadi. Perkolyatorga “oynasimon yuza” hosil boʼlguncha ajratuvchi quyib 1, 1,5, 2 yoki 4 soatga qoldiriladi va yana tayyor mahsulotning toʼrtdan bir qismicha ajratma quyib olinadi. Bu jarayon yana uch marta takrorlanadi. Аjratmalar jamlanib, yot moddalardan tozalash uchun salqin joyga qoʼshiladi [2.7].
Ultratovush yordamida ajratma olish usuli. Ultratovush toʼlqinlari ham ajratma olish jarayonini tezlashtirish mumkin. Bunda ultratovush toʼlqinlari tezligiga mos ravishda butun idish hajmida, hatto hujayralar ichida ham galma-galdan siqilishi (bosim) va vakuum jarayonlari sodir boʼladi. Аjratma olish maqsadida Ultratovush toʼlqinlari tebranish tezligi 500-800 kGts li magnitostriktsion manbalardan foydalaniladi. Masalan: 500 kGts da 15-20 daqiqa ichida xina, angishvonagul, valeriana, beladonna va kuchala ekstraktlari olingan. Xuddi shu sharoitda shoxkuyadan 10 daqiqa ichida ekstrakt tayyorlash mumkin. Sanoat miqiyosida bu usul Xarkovda plantaglyutsid olishda tadbiq etilgan. Bu usul ishlayotgan xodimlar sogʼligiga salbiy taʼsir etishi, xomashyodagi ayrim biofaol moddalarni ultratovush taʼsirida parchalanishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, har bir xomashyo uchun oʼziga xos alohida texnologiya ishlab chiqish kerak boʼladi. Markazdan qochuvchi kuch taʼsirida (majburan) ajratma olish. Bu usulni А.I. Gengrinovich va N.N. Nishonovlar taklif qilgan boʼlib, xomashyo 0,1-0,25 mm kattalikda maydalanadi, ustiga hisoblangan miqdordagi ajratuvchini quyib aralashtiriladi va maʼlum vaqtga qoldiriladi. Bu muddat xomashyoning xususiyatiga bogʼliq boʼlib, beladonna, qizil poycha, ermon uchun 5 daqiqa, arslonquyiruq uchun 20 daqiqani tashkil etadi. Koʼrsatilgan vaqt oʼtgandan soʼng xomashyo sharbat aralashtirgich asbob (sokovijimalka) ning elaksimon idishiga joylashtiriladi. Idishga oldindan suzgich material sifatida 1 qavat belting joylashtirilgan boʼlishi kerak. Аsbob rotori aylanganda tebranmasligi (zirillatmasligi) uchun soʼzgich materiallar va xomashyo bir tekis joylashtirilishi lozim. Аsbobning aylanishi tezligi daqiqasiga 3000-8000 marta boʼlishi mumkin. Ish jarayonida aylanish tezligi daqiqasiga 3000 marta boʼlganda 60 soniya, 8000 marta boʼlganda 30 soniya davom etadi. Bunda markazdan qochish kuchi taʼsirida xomashyo asbob devori yuzasi tomon xarakatlanib siqiladi.Natijada ajratma suzgichlar va asbob devori teshiklaridan oʼtib joʼmrak orqali toʼplagichga oʼtadi [2.7]. Bu usulda ajratma olish jarayonning tez ketishi xomashyo oʼta maydalanganligi tufayli parchalangan Hujayralardan ekstraktiv moddalarning yuvilib chiqishiga asoslangan. Bunda dializ, osmos, diffuziya kabi hodisalar asosiy omil hisoblanmaydi. Bu usul texnika xavfsizligi tomonidan noqulay, jarayon uzlukli, hamda koʼp qoʼl kuchi talab etadigan boʼlganligi uchun ishlab chiqarishga joriy etilmagan. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling