Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 0.84 Mb.
bet22/35
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1531107
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022

Tadqiqot natijalari. Tajriba davomida preparat nazorat bilan solishtirganda qusish harakatlari sonini statistik jihatdan sezilarli darajada kamaytirishi aniqlandi (2.2-jadval). Olingan ma'lumotlar ajratmalarda sezilarli antiemetik faollik mavjudligini ko'rsatadi. Qushish refleksi bo’yicha olingan natijalarga ko’ra 1:5 nisbatdagi suvli ajratma, 1:5 nisbatdagi 40% spirtli ajratma va 1:5 nisbatdagi 40% spirtli ajratmada boshqa guruhlarga nisbatan sezilarli kam darajadagi qusish soni qayd etildi.
2.2-jadval
Dori vositalarining antiemetik faolligini o'rganish natijalari
(Мtm; р=0,05; n=6)

Guruhlar

Qushishlar soni

% effekt

Контроль

7,80 (5,11÷10,49)

-

Suv 1:5

1,80 (0,92÷2,28)

76,92%

Suv 1:10

1,60 (0,18÷3,02)

79,49%

Suv 1:15

1,80 (0,92÷2,28)

76,92%

20% --- 1:5

2,20 (1,64÷2,76)

71,79%

20% --- 1:10

2,20 (1,16÷3,24)

71,79%

20% --- 1:15

2,40 (1,72÷3,08)

69,23%

30% --- 1:5

2,60 (1,92÷3,28)

66,67%

30% --- 1:10

3,00 (1,76÷4,24)

61,54%

30% --- 1:15

3,60 (2,92÷4,28)

53,85%

40% --- 1:5

1,60 (0,92÷2,28)

79,49%

40% --- 1:10

1,40 (0,72÷2,08)

82,05%

40% --- 1:15

1,60 (0,49÷2,71)

79,49%

50% --- 1:5

3,40 (1,98÷4,82)

56,41%

50% --- 1:10

3,00 (2,12÷3,88)

61,54%

50% --- 1:15

3,60 (2,49÷4,71)

53,85%

60% --- 1:5

1,80 (0,44÷3,16)

76,92%

60% --- 1:10

2,40 (1,29÷3,51)

69,23%

60% --- 1:15

2,40 (1,29÷3,51)

69,23%

70% --- 1:5

2,80 (1,18÷4,42)

64,10%

70% --- 1:10

3,00 (1,76÷4,24)

61,54%

70% --- 1:15

3,80 (1,96÷5,64)

51,28%

80% --- 1:5

3,80 (2,18÷5,42)

51,28%

80% --- 1:10

4,40 (2,98÷5,82)

43,59%

80% --- 1:15

3,60 (2,92÷4,28)

53,85%

90% --- 1:5

1,80 (0,76÷2,84)

76,92%

90% --- 1:10

2,20 (1,16÷3,24)

71,79%

90% --- 1:15

2,80 (2,24÷3,36)

64,10%

96% --- 1:5

1,40 (0,72÷2,08)

82,05%

96% --- 1:10

1,60 (0,92÷2,28)

79,49%

96% --- 1:15

1,80 (0,76÷2,84)

76,92%

Olingan natijalarning muhokamasi. Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, Ekstrakt №8 antiemetik vosita sifatida eng istiqbolli ajratma hisoblanadi. Ushbu ajratma ichirilgan hayvonlarning qushish refleksi boshqa guruhlardagi hayvonlarnikiga nisbatan sezilarli darajada kamaygan. Xususan, 40% spirtli ajratma №8 qabul qilgan hayvonlarning o’rtacha qusishlar soni 1,4 ga teng bo’ldi va bu boshqa guruhlardagi hayvonlarning qushish ko’rsatkichlari orasida eng yaxshisi bo’ldi. Bu esa Ekstrakt №8ning boshqa ajratmalarga nisbatan yaxshiroq antiemetik ta’sirga ega ekanligini ko’rsatadi. Shuningdek 96% li ajratmada ham sezilarli qusish ko’rsatkichi kamayganiga qaramasdan bu usulda olingan ajratma iqtisodiy jihatdan qimmatga tushganligi bois 40% li spirtli ajratmani tanlashga qaror qildik.
2.4. Oʼsimlik xomashyosi maydalik darajasini ekstraktiv moddalarni ajralib chiqish tezligiga tasirini oʼrganish
Oʼsimlik xomashyosi maydalik darajasi ekstraktsiya jarayoniga sezilarli ta'sir koʼrsatadi. Xomashyo qanchalik mayda boʼlsa undan biofaol moddani ajralib chiqishi shunchalik tezlashadi, lekin ajratma albatta tiniq boʼlishi kerak. Koʼpincha oʼta maydalangan xomashyodan biofaol modda ajratuvchi muhitga tez ajralib chiqadi, lekin loyqa boʼlib qoladi, uni tindirish yoʼli bilan tiniq holga keltirishning imkoniyati kam boʼladi. Shularni inobatga olgan holda biz ajratma tarkibiga kiruvchi oʼsimlik xomashyosini 0,5-1,0 mm, 1,0-5,0 mm va 5,0-8,0 mm gacha maydalab oldik. Xomashyo mayda va yirik fraksiyalardan tozalandi va har bir fraksiyadan alohida alohida 40% li spirt yordamida matseratsiya usulida 1:10 nisbatda ajratmalar olindi. Olingan ajratmalar tashqi koʼrinishi va quruq qoldiq boʼyicha baholandi. Olingan natijalar 2.3- jadvalda keltirilgan.
2.3- jadval
Xomashyo maydalik darajasini ekstraktiv moddalarni ajralib chiqish tezligiga ta’sirni oʼrganish natijalari

Xomashyo maydalik darajasi

Ajratmaning tashqi ko’rinishi

0,5-1,0 mm

Toʼq sariq rangli loyqa suyuqlik

1,0-5,0 mm

Toʼq sariq rangli tiniq suyuqlik

5,0-8,0 mm

Sariq rangli tiniq suyuqlik

Jadvaldan koʼrinib turibdiki xomashyoning maydalik darajasi 1,0- 5,0 mm oraligʼida boʼlishi kerak. 0,5-1,0 mm maydalikda maydalangan xomashyodan olingan ajratmada quruq qoldiq miqdori yuqori boʼlishiga qaramasdan ajratma loyqa boʼlib, oddiy tindirish usuli bilan tiniq holatga keltirishning iloji boʼlmadi. 5,0-8,0 mm xomashyodan olingan ajratma oʼta tiniq boʼlishiga qaramasdan quruq qoldiq miqdori kamligi jadvaldagi natijadardan koʼrinib turibdi.
2.5. Xomashyoning ajratuvchini shimish koefisiyenti aniqlash
Oʼsimlik xomashyolarining ajratuvchini shimish koeffitsientini hisoblash. Hamma oʼsimlik xomashyolari ajratma olish jarayonida maʼlum miqdordagi ajratuvchini oʼzida shimib oladi. Аjratma olingandan so’ng shimilib olingan ajratuvchi oʼsimlik xujayralarida qolib ketadi va ajratma hisoblangan miqdordagidan har doim kam chiqadi. Shuning uchun kerakli miqdordagi ajratmani olish uchun kerakli miqdorda shimilish koeffitsientini hisobga olib ajratuvchini belgilangan miqdordan bir oz koʼproq olish kerak[2.4]. Biz tayyorlagan ajratmani shimish koeffitsienti quydagicha hisoblanadi.
Buning uchun 10 gr xomashyo idishga solinib, ustidan 100 ml 40% li spirt solinadi va 24 soatga qoʼyib qoʼyildi. Soʼngra asta-sekinlik bilan ajratuvchi oʼlchov kolbasiga hajmini aniqlash uchun quyib olindi. Xomashyo (mahsulot) tarozida miqdori oʼlchab olindi.
Soʼngra xomashyoni shimish koeffitsienti aniqlandi (2.3 ga qarang). Yaʼni quyidagi tenglama boʼyicha hisoblandi:
(2.3)
Bunda
m – boʼkish hisobidagi xomashyo, g;
m0 – xomashyo ogʼirligi, g.
Nihoyat (b) - shimish koeffitsienti aniqlandi (2.4 ga qarang):
(2.4)
Natija. Biz tekshirayotgan qusishga qarshi taʼsirga ega dorivor rozmarin xomashyosining ajratuvchi shimish koeffitsienti 2,12 ga teng bo'ldi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling