Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Ekstraktiv moddalar ajralishini baholashning material va usuli


Download 0.84 Mb.
bet21/35
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1531107
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Bog'liq
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022

Ekstraktiv moddalar ajralishini baholashning material va usuli. Quruq qoldiq bo'yicha va ekstraktiv moddalarning % unumi, quruq qoldiq tarkibi DF XI da tavsiflangan usul bo'yicha aniqlangan. Ekstraktiv moddalarning ajralish % unumini aniqlashda, olingan ma'lumotlar asosida amalga oshirilgan [2.12]. Quruq qoldiq foizi va ekstraktiv moddalar ajralish foizi quyidagi formula bo'yicha hisoblangan:
(Vv х Mсо) / 5 Vv х Mсо х 100%
EM % = -------------------- х 100% = ---------------------- (2.1)
Мс 5 х Мs
Bu yerda
Vv - xom ashyoni ajratib olish natijasida olingan ekstrakt hajmi;
Mco - DF XI da tavsiflangan usul bo'yicha aniqlangan 5 ml ekstraktni bug'lantirish natijasida olingan quruq qoldiqning massasi;
Ms - ekstrakt olish uchun olingan xom ashyo massasi;
5 - quruq qoldiq massasini aniqlash uchun olingan ekstrakt hajmi.
Natijalar. Dorivor rozmarin ajratmalarining quruq qoldig’ini aniqlash natijalari (2.1-jadval).
2.1-jadval
Xomashyo va ajratuvchining optimal nisbatini aniqlash natijalari

Xomashyo va ajratuvchi nisbati

Quruq qoldiq %

Ekstraktiv moddalar ajralish %

1:5 (20% spirt)

3,81

9,39

1:10 (20% spirt)

2,04

13,62

1:15 (20% spirt)

1,39

16,43

1:5 (30% spirt)

3,96

8,59

1:10 (30% spirt)

2,04

13,88

1:15 (30% spirt)

1,48

17,90

1:5 (40% spirt)

3,69

9,60

1:10 (40% spirt)

2,01

14,37

1:15 (40% spirt)

1,45

17,29

1:5 (50% spirt)

3,54

8,86

1:10 (50% spirt)

1,96

14,12

1:15 (50% spirt)

1,44

17,26

1:5 (60% spirt)

3,14

8,28

1:10 (60% spirt)

1,81

13,12

1:15 (60% spirt)

1,33

15,69

1:5 (70% spirt)

2,91

8,14

1:10 (70% spirt)

1,66

11,95

1:15 (70% spirt)

1,18

14,14

1:5 (80% spirt)

2,52

6,39

1:10 (80% spirt)

1,48

11,35

1:15 (80% spirt)

1,19

14,49

1:5 (90% spirt)

2,04

6,11

1:10 (90% spirt)

1,39

11,10

1:15 (90% spirt)

1,00

12,46

1:5 (96% spirt)

1,73

6,18

1:10 (96% spirt)

1,22

10,08

1:15 (96% spirt)

1,00

12,86

1:5 (atseton)

1,50

4,94

1:10 (atseton)

1,26

10,24

1:15 (atseton)

0,98

12,00

1:5 (suv)

4,26

17,18

1:10 (suv)

2,32

17,91

1:15 (suv)

1,48

17,96

Xomashyoning va ajratuvchining optimal nisbatini aniqlash jarayonida ushbu jadvaldagi natijalar olindi. Jadvaldagi natijalardan ko’rinib turibdiki, quruq qoldiqning ajralish foiz ko’rsatkichi bo’yicha 1:5 nisbatdagi suvli ajratma eng yuqori natijani ko’rsatdi – 3,96. Ekstraktiv moddalar ajralish foiz ko’rsatkichi bo’yicha esa 1:15 nisbatdagi suvli ajratma eng yuqori natijani ko’rsatdi – 17,96. Eng past ko’rsatkichlarni atsetonli ajratmalarda kuzatildi. Xususan, 1:15 nisbatdagi atsetonli ekstrakt 0,98% quruq qoldiq ajratgan bo’lsa, 1:5 nisbatdagi atsetonli ajratma 4,94% ekstraktiv moddalar ajratdi.
2.3. Qushishga qarshi faolligini o’rganishning material va usullari
Barcha tadqiqotlar uchun kamida 10-14 kun karantinda saqlangan sog'lom hayvonlardan foydalanildi. Tajribalar og'irligi 18-22 g bo'lgan 204 ta oq zotsiz sichqonlarda (har ikki jinsdagi), har biri 6 tadan hayvonlardan iborat 34 ta guruhlarda o'tkazildi.
Dorivor rozmarin ekstraktining qusishga qarshi faolligini aniqlash uchun CuSO4 orqali chaqirilgan qusish modelidan foydalanildi [2.16]. Buning uchun, tajribadan 45 daqiqa oldin ekstraktlar eksperimental hayvonlarga og'iz orqali ajratmalar bir marta yuborildi:
1. Nazorat guruhi (kontrol) - test modellashtirilgan, ammo preparat yuborilmagan hayvonlar;
2. №1 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:5 nisbatda 20% etanolda tayyorlangan) 3,81% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 952,5 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
3. №2 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:10 nisbatda 20% etanolda tayyorlangan) 2,04% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 510 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
4. №3 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:15 nisbatda 20% etanolda tayyorlangan) 1,39% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 347,5 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
5. №4 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:5 nisbatda 30% etanolda tayyorlangan) 3,96% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 990 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
6. №5 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:10 nisbatda 30% etanolda tayyorlangan) 2,04% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 510 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
7. №6 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:15 nisbatda 30% etanolda tayyorlangan) 1,48% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 370 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
8. №7 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:5 nisbatda 40% etanolda tayyorlangan) 3,69% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 922,5 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
9. №8 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:10 nisbatda 40% etanolda tayyorlangan) 2,01% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 502,5 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
10. №9 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:15 nisbatda 40% etanolda tayyorlangan) 1,45% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 362,5 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
11. №10 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:5 nisbatda 50% etanolda tayyorlangan) 3,54% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 885 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
12. № 11 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:10 nisbatda 50% etanolda tayyorlangan) 1,96% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 490 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
13. №12 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:15 nisbatda 50% etanolda tayyorlangan) 1,44% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 360 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
14. №13 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:5 nisbatda 60% etanolda tayyorlangan) 3,14% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 785 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
15. №14 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:10 nisbatda 60% etanolda tayyorlangan) 1,81% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 452,5 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
16. №15 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:15 nisbatda 60% etanolda tayyorlangan) 1,33% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 332,5 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
17. №16 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:5 nisbatda 70% etanolda tayyorlangan) 2,91% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 727,5 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
18. №17 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:10 nisbatda 70% etanolda tayyorlangan) 1,66% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 415 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
19. №18 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:15 nisbatda 70% etanolda tayyorlangan) 1,18% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 295 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
20. №19 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:5 nisbatda 80% etanolda tayyorlangan) 2,52% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 630 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
21. №20 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:10 nisbatda 80% etanolda tayyorlangan) 1,48% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 370 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
22. №21 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:15 nisbatda 80% etanolda tayyorlangan) 1,19% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 297,5 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
23. №22 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:5 nisbatda 90% etanolda tayyorlangan) 2,04% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 510 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
24. №23 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:10 nisbatda 90% etanolda tayyorlangan) 1,39% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 347,5 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
25. №24 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:15 nisbatda 90% etanolda tayyorlangan) 1,00% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 952,5 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
26. №25 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:5 nisbatda 96% etanolda tayyorlangan) 1,73% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 250 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
27. №26 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:10 nisbatda 96% etanolda tayyorlangan) 1,22% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 305 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
28. №27 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:15 nisbatda 96% etanolda tayyorlangan) 1,00% dealkogolizatsiyalashtirilgan ajratmadan 250 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
29. №28 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:5 nisbatda atsetonda tayyorlangan) 1,50% deatsetonlashtirilgan ajratmadan 375 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
30. №29 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:10 nisbatda atsetonda tayyorlangan) 1,26% deatsetonlashtirilgan ajratmadan 315 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
31. №30 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:15 nisbatda atsetonda tayyorlangan) 0,98% deatsetonlashtirilgan ajratmadan 245 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi;
32. №31 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:5 nisbatda suvli) 4,26% ajratmadan 1065 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi ichirildi;
33. №32 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:10 nisbatda suvli) 2,52% ajratmadan 580 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi ichirildi;
34. №33 sonli sinov guruhi - hayvonlarga (1:15 nisbatda suvli) 1,48% ajratmadan 370 mg/kg dozada (0,5ml/20g) ichirildi ichirildi.
Barcha guruhlardagi hayvonlarga keyin 0,5ml/20g hajmdagi mis sulfatning 0,2% eritmasidan og'iz orqali yuborildi. Va 2 soat ichida qusish harakati soni qayd etib borildi, baholash mezoni nazorat guruhidagi qushishlar soni bilan solishtirilgandagi qushish sonining kamayishi deb hisoblandi. Tajriba natijalariga ko'ra, qusishga qarshi samaradorlik indeksi (IE) foiz sifatida hisoblandi (2.2).
(2.2)
Bunda
Ро – eksperimental guruhda qushishlar soni, preparatni qo'llashdan keyin;
Рк – nazorat guruhida qushishlar soni.
Natijalar variatsion metod statistikasi y’ani Styudent kriteriyasi orqali p=0.05 bo’lganda tahlil qilindi [2.15, 2.16]. Jadvallarda o’rtacha arifmetik qiymatlar (M), ularning o'rtacha standart xatoliklari (m), Styudent kriteriysi (t), tanlovlar miqdori (n), ishonchlilik chegaralari (pastki ishonch chegarasi ÷ yuqori ishonch chegarasi) keltirilgan.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling