Golozoy usulida
Download 69.24 Kb.
|
MIKROORGANIZMLARNING OZIQLANISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Golozoy usulida
MIKROORGANIZMLARNING OZIQLANISHI Mikroorganizmlarga ham boshqa tirik mavjudotlar singari ozu-qa moddalari zarur. Ozuqa modda deb, odatda, tirik organizmga tushib, energiya manbayi sifatida hujayraning tarkibiyng qismlarini hosil qilish uchun ishlatiladigan moddalarga aytiladi. Ozuqa moddalari esa hujayraga tashqi muhitdan keladi. Bakteriyalar hu-jayrasi ichiga ozuqa moddalari kirishi va hayot faoliyatining oxirgi moddalarining tashqi muhitga ajralib chiqishi ularning butun tanasi orqali sodir bo‘ladi, shuning uchun bu jarayon juda tez sodir bo‘ladi. Moddalar almashinuvi ikki jarayondan iborat: 1) tashqi muhitdan o‘sish uchun zarur bo‘lgan ozuqa mod-dalarini qabul qilish va ulardan hujayraning yangi tarkibiy qis-mini sintezlash; 2) hayot faoliyatining oxirgi mahsulotlarini tashqi muhitga chiqarish. Mikroorganizmlar ozuqa moddalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirishi mumkin yoki ularni o‘zgartirib, o‘zlashtirishga yaroqli holga keltirishi mumkin. Ovqatlanishning usullari Mishustin (1987) tomonidan quyidagicha talqin qilinadi, ya’ni tirik organizmlarda ikki xil oziqlanish usuli mavjud: golozoy va golofit. Golozoy usulida ovqatlanishda ovqatning qattiq zarralari or-ganizm tomonidan yutiladi, so‘ngra ovqat hazm qilish yo‘lida hazm qilinadi. Bu xildagi ovqatlanish hayvonlarga xosdir. Golofit usulida ovqatlanishda ovqatni yutish va hazm qiluv-chi maxsus organlari bo‘lmagan tirik organizmlarga xos bo‘lib, ular suvda erigan ozuqa moddalarini kichik molekulalar holida so‘rib oladi. Bu xildagi ovqatlanish o‘simliklar va mikroorga-nizmlarga xosdir. Ko‘p organik birikmalar (oqsillar, polisaxaridlar) polimerlar ko‘rinishida bo‘lib, ular mikroorganizmlar tomonidan yutilib, bevosita modda almashinishida ishlatilmaydi. Bunday moddalar bakteriyalar membranalaridan o‘ta oladigan oddiy birikmalar-gacha parchalanadi. Katta molekulalar ekzofermentlar yordami-da parchalanib, mikroorganizmlar bor muhitga chiqariladi. Bu xildagi hazm qilish hujayradan tashqarida hazm qilish deyilib, faqat mikroorganizmlarga xos. Download 69.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling