Golozoy usulida
Mikroorganizmlarning uglerod bilan oziqlanishi
Download 69.24 Kb.
|
MIKROORGANIZMLARNING OZIQLANISHI
Mikroorganizmlarning uglerod bilan oziqlanishi. Uglerod man-balariga ko‘ra, mikroorganizmlar avtotrof, ya’ni uglerodni anorga-nik moddalardan o‘zlashtiruvchilarga va geterotrof, ya’ni ugle-rodni organik holda o‘zlashtiruvchilarga bo‘linishi yuqorida ham aytib o‘tilgan edi. Turli shakarlar, spirtlar, organik kislotalar, ug-levodorodlar bular uchun asosiy ozuqa manbayi bo‘ladi.
Eng yaxshi ozuqa tarkibida oksidlangan -CH2OH-CHOH-COH guruhlari bo‘lgan (spirtli guruhga ega) uglerod manbalaridir, shuning uchun bunday guruhlarga ega bo‘lgan glitserin, mannit, shakarlar va bir qator organik kislotalar eng yaxshi ozuqa man-bai hisoblanadi. Tabiatda polisaxaridlardan sellyuloza va kraxmal ko‘p. Bu moddalarning struktura elementi bo‘lgan glyukozani ko‘p mikroorganizmlar ishlatadi. Umuman, mikroorganizmlar boshqa organik birikmalarni ham o‘zlashtirish qobiliyatiga ega. Chumoli kislota (NCOOH) va shovul kislota (COOH-COOH) faqat ba’zi mikroorganizmlar tomonidan o‘zlashtiriladi, xolos. To‘la qaytarilgan uglerod birikmalari (CH3, CH2 radikallari-ga ega moddalar) mikroorganizmlar tomonidan ancha qiyin o‘z-lashtiriladi. Metil va metilen guruhlarini tutuvchi moddalar gaz holatidagi uglevodorodlar, parafin, oliy yog‘ kislotalari (Aspergillus flavus) va hokazolar qiyin o‘zlashtiriladi. V.O. Tauson ham 1925-yildan boshlab to 1935-yilgacha uglevodorodlarni oksid-lovchi bakteriyalar va zamburug‘lar ustida ish olib boradi va ularni ikki guruhga: aeroblar va anaeroblarga ajratadi. U parafinlarning Asp. flavus tomonidan parchalanishini va oraliq mahsulot – murakkab efirlar hosil bo‘lishini kuzatgan. Toluol, benzol va ksilolni parchalovchi mikroorganizmlar turlarini aniqlaydi. Ba’zi boshqa tur mikroorganizmlar esa 2 halqali (definil, naftalin), uchinchilari uch halqali (fenantren va antratsen) uglevodorod-larni ham parchalaydi. Tauson neft, terpinlar va smolalarning oksidlanishini ham aniqlagan. Uning bu ishlari geterotrof mik-roorganizmlarda moddalar almashinuvi jarayoni nihoyatda xil-ma-xil ekanligini ko‘rsatadi. Download 69.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling