Golozoy usulida


Download 69.24 Kb.
bet11/11
Sana13.12.2022
Hajmi69.24 Kb.
#1000169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MIKROORGANIZMLARNING OZIQLANISHI

39-rasm. Beggiatoa 40-rasm. Thiophysa 41-rasm. Thiospirillum
mirabilis. macsyropha.

Bulardan tashqari, hujayrasida (bakteriopurpurin) pigment bo‘lgan qirmizi va yashil rangli oltingugurt bakteriyalari ham ma’lum. Qirmizi rang bakteriyalar hujayrasida kimyoviy tarkibi jihatidan karotinoidlarga (likopin guruhiga) yaqin turuvchi bak-teriopurpurun va havoda oksidlanganda xlorofillga yaqin mahsu-lot hosil qiluvchi yashil pigment – bakterioxlorin uchraydi. Van-Nil aniqlashicha, bakteriyalarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayoni yashil o‘simliklarda kechadigan fotosintezdan farq qila-di. Agar yashil o‘simliklarda avval suv molekulasi fotolizga uch-rasa va O2 suvdan ajralsa, bakteriyalarda suv fotolizga uchra-maydi va H boshqa moddadan olinadi. Shuning uchun O2 ajral-maydi.


Bunday jarayon fotoreduksiya deb ataladi (quyidagi sxemaga qarang).

CO2+2H2S +quyosh energiyasi 1/6C6H12O6+H2O+S2


Qirmizi rang bakteriyalarda fotosintez anaerob sharoitda boradi. Bu bakteriyalar 2 oilaga: Thiorodaceae (hujayrasida S tomchi shaklida to‘planadi) va Athiorodaceae (hujayrasida S uchramaydi, bular H2S ni oksidlay olmaydi va organik moddalar bo‘lgan ozuqa muhitida o‘sa oladi) ga bo‘linadi. Bulardagi foto-sintez jarayoni xuddi qirmizi rang bakteriyalardagiga o‘xshash kechadi, faqat O2 ajralmaydi. Qirmizi rang bakteriyalar orasida avtogeterotroflar va avtotroflar ham bor.
Yashil rang oltingugurt bakteriyalari hujayrasida yashil rangli bakterioveridin pigmenti bo‘ladi. Ular H2S ni o‘zlashtirib, CO2 ni qaytaradi, hujayrasida oz miqdorda bakterioxlorofill va karo-tinoidlar uchraydi. Xemosintez jarayonida organik moddalar ko‘p miqdorda to‘planmaydi, shuning uchun ham, xemosintez fotosintez jarayoni singari keng tarqalmagan, chunki fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar barcha tirik orga-nizmlar uchun oziq manbayi hisoblanadi.
Download 69.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling