Golozoy usulida


Download 69.24 Kb.
bet8/11
Sana13.12.2022
Hajmi69.24 Kb.
#1000169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MIKROORGANIZMLARNING OZIQLANISHI

Qo‘shimcha moddalar (kiritmalar). Mikroorganizmlarning o‘si-shi uchun o‘sish moddalari ham zarur. Bunday o‘sish omillari 3 guruh birikmalar – aminokislotalar, purinlar, pirimidinlar va vita-minlardir. O‘sish omillariga muhtoj organizmlar auksotrof orga-nizmlar deyiladi. O‘sish omillariga muhtoj bo‘lmaganlari esa pr­o­totrof organizmlar deyiladi.
Mikroorganizmlarning azot bilan oziqlanishi. Azot elementi-ga munosabatiga ko‘ra mikroorganizmlar turli guruhlarga bo‘-linadi. Ba’zilari oqsil va peptonlarni o‘zlashtirsa, boshqalari nit-ratlarni, uchinchilari ammiakni, to‘rtinchilari atmosfera azotini o‘zlashtiradi.
Oqsil va peptonlar proteoliz (parchalanish) va dezaminla-nishdan so‘ng o‘zlashtirilsa, aminokislotalarning to‘liq aralash-masi bevosita parchalanadi, ba’zi vakillari nitratlarni, ko‘pchiligi ammiakni o‘zlashtiradi.
Patogen mikroorganizmlarni ham aminokislotalarda o‘stirish mumkin. Hayvonlar singari bakteriyalar ham o‘zi sintez qila olmaydigan aminokislotalarni talab qiladi, lekin hayvonlarning ko‘pchiligi 8-10 ta aminokislota talab qilsa, bakteriyalarning ayrim-lari 2-3 ta, ba’zilari esa 17 taga yaqin aminokislotani talab qiladi. Ayniqsa, patogen, sut kislota hosil qiluvchi va chirituvchi bakte-riyalar uchun aminokislotalar nihoyatda zarur. Zamburug‘lar, tu-rushlar va aktinomitsetlar ozig‘ida aminokislotalar bo‘lsa, ular tez o‘sadi, mabodo, aminokislotalar bo‘lmasa, ularni o‘zi sintezlay oladi
N.D. Iyerusalimskiy (1963) aminokislota – sintezlovchilarni aminoavtotroflar, sintezlay olmaydiganlarni aminogeterotroflar deb atagan. Mikroorganizmlar uchun zarur bo‘lgan aminokislo-talar ro‘yxatini aminogramma deb ta’riflagan.
Mikroorganizmlarning normal o‘sishi uchun vitaminlarning B guruhiga kiradigan va suvda eriydigan moddalar zarur. Ba’zi-lari nuklein kislotalar yoki fermentlar tarkibiga kiradigan kom-ponentlardir. Ba’zi mikroorganizmlarning o‘zi vitamin sintez-laydi, ularni Shopfer (1938) auksotroflar deb atagan. Gete-roauksotroflar vitamin sintezlay olmaydi.

Download 69.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling