Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


-rasm. Suyuq ekstrakt tarkibidagi falavanoidlar optik zichligi (rutinga nisbatan)


Download 0.84 Mb.
bet31/35
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1531107
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022

3.3-rasm. Suyuq ekstrakt tarkibidagi falavanoidlar optik zichligi (rutinga nisbatan)
3.4-jadval
Flavonoidlarni miqdoriy aniqlash natijalarining metrologik tavsifi

Dtek

Dstd

Xmg%

metrologik parametrlar

1,239

0,293

0,75

Χср =0,75800, S2=0,00001, S=0,00447, Sx=0,00200, t(95%,4)=2,776,
ΔX=0,01241, ΔXср=0,00555,
E,%=1,63, E,%ср=0,73



1,242

0,293

0,76

1,245

0,294

0,76

1,247

0,294

0,76

1,246

0,294

0,76

Bir qator tajribalar asosida umumiy flavonoidlarning tarkibi kamida 0,5 mg% bo'lishi kerakligi aniqlandi.
3.3. Dorivor rozmarin asosida qusishga qarshi taʼsirga ega suyuq ekstrakt turgʼunligi hamda saqlash muddatini dastlabki oʼrganish
Dori vositalarining saqlanish muddati ularning turgunligini oʼrganish asosida belgilanadi. Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni Saqlash Vazirligining koʼrsatmasiga muvofiq, tayyor dori vositalari hona haroratida kamida ikki yil turgʼun holatda saqlanishi lozim.
Dori vositalarining turgʼunligi tabiiy (xona haroratida) hamda “tezlashtirilgan eskirish” usullari orqali aniqlanadi. “Tezlashtirilgan eskirish” usul yordamida dorivor preparatning turgʼunligi haqida nisbatan qisqa vaqt ichida xulosa chiqarish mumkin. Tabiiy usul esa uzoq vaqt talab etadi, lekin soddaligi, olingan natijalarning aniq va ishonarliligi bilan farqlanadi.
Dori vositasining turgʼunligini oʼrganish borasidagi tajribalarni boshlashdan avval, har bir turkumdagi dorivor preparat MTH talablariga muvofiq tarzda sifat va miqdoriy koʼrsatkichlari boʼyicha tahlil qilinadi. Tahlil natijalari belgilab qoʼyiladi va dori turi tibbiyotda ishlatishga ruxsat etilgan idishlarga maʼlum tartibda joylashtiriladi. Tabiiy usulda turgʼunlikni oʼrganish maqsadida qadoqlangan dori vositalari xona haroratida saqlanadi va har olti oyda sifat hamda miqdoriy tahlildan oʼtkazilib, olingan natijalar avvalgilari bilan solishtiriladi. Odatda, saqlanish muddati ikki yil deb belgilangan boʼlsa, preparat qoʼshimcha tarzda yana toʼrt oy mobaynida kuzatiladi.
Tayyorlangan ekstraktning turgʼunligi tabiiy usulda oʼrganilmoqda. Bunga sabab, preparat tarkibida 40 % etil spirtining borligi va uning yuqori haroratda bugʼlanib ketishi sababali. Hozirgi kunga kelib, preparat 3 oy muddat saqlangan. Bu vaqt mobaynida dori vositasi 1 marotaba sifat nazoratidan oʼtib (har 3 oyda), natijalar ijobiy deb topildi. Preparatning turgʼunligini oʼrganish davom etmoqda.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling