Kirish mavzuning dolzarbligi
SOYA VA YARIM SOYA MAVZUSIDAGI DARS ISHLANMASI
Download 389.5 Kb.
|
6-sinf yorug'lik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars materiallari
- Darsning blok-chizmasi
- Darsning borishi
- Uyga topshiriq.
SOYA VA YARIM SOYA MAVZUSIDAGI DARS ISHLANMASI
Mavzu: YORUG'LIKNING TO'G'RI CHIZIQ BO'YLAB TARQALISHI. SOYA VA YARIM SOYA Darsning maqsadi: ― o'quvchilarga yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonunini o'rgatish; ― soya va yarim soya haqida tushuncha berish.
1. Fizika darsligi. 2. Tajriba-namoyish jihozlari. 3. Plakatlar, doska, bo'r.
― to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni; ― nur, soya, yarim soya. Darsning blok-chizmasi
O'tilganlarni takrorlash "Blits" usulida olib borilishi mumkin. Chunki bunda ko'proq o'quvchilarni savol-javoblarga tortish imkoniyati mavjud. "Blits" da beriladigan savollardan namunalar. 1. Yorug'lik manbalari deganda nimani tushunamiz? 2. Yorug'lik manbalarini qanday qilib tabiiy va sun'iy manbalarga ajratamiz? 3. Yorug'likni qabul qilgichlarga misollar keltiring. 4. Yorug'lik ta'sirida ishlaydigan qurilmalarga misollar keltiring va h.k.
Yorug'likning tarqalishini o'rganish uchun quyidagi tajribani ko'raylik. Yorug'lik manbai (M) va ekran (E) oralig'iga birorta to'siq (T) qo'yaylik (1-a rasm). Shunda ekranda to'siq hosil qilgan soyani ko'ramiz. Agar manba (M) bilan ekran oralig'iga tirqishi bor to'siqni (T1) qo'ysak, ekranda tirqish shakliga mos yorug' dog'ni ko'ramiz (1-b rasm). Soya chetlaridan to'siqqa tomon chiziqlar tushirsak, ular manbada uchrashadi. Shunday hol yorug' dog' va tirqish orqali to'g'ri chiziq o'tkazilsa ham kuzatiladi. Bundan yorug'lik to'g'ri chiziq bo'ylab tarqaladi, degan xulosaga kelamiz. Shunga ko'ra yorug'likni nur deb ham ataladi. Matematikada ba'zan to'g'ri chiziqni chizishda «nur o'tkazaylik» degan iborani ham ishlatishadi.2-rasmda buyum orqasida hosil bo'lgan soya ko'rsatilgan. Soyaning o'rta qismi to'la qorong'i, chet qismi esa nimqorong'i. Shunga ko'ra to'la qorong'i qismini soya, nimqorong'i qismini yarim soya deb ataladi. 2-a rasmda buyumda yorug'lik ikkita manba (S1 va S2)dan tushgan hol ko'rsatilgan. Buyum orqasida hosil bo'lgan soya qismiga birorta manbadan yorug'lik tushmaydi. Yarim soya qismiga manbaning bittasidan yorug'lik tushadi. Yarim soyadan tashqariga har ikkala manbadan yorug'lik tushadi. Agar shamlardan birini o'chirsak, buyum orqasida faqat soya hosil bo'ladi.
2-b rasmdagi manzarani tushuntirishga harakat qiling! Unda shar o'lchami yorug'lik manbai elektr lampochkasidan ancha kichik. AMALIY TOPSHIRIQ Vannada cho'milayotganingizda ermak uchun quyidagi tajribani qilib ko'ring. O'zingiz bilan qalam olib kirib, uning soyasini vanna suvining tubida kuzating. So'ngra qalamning yarmini suvga tiqib, yana soyasini kuzating. Bunda soya ikki qismga ajralishiga e'tibor bering. Soyalar orasi ancha katta bo'lib, yorug' bo'ladi. Sababi haqida o'ylab ko'ring.
Ushbu kurs ishida biz quyidagi vazifalarni qo’ydik: 1. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika o’qitishning tahlili. 2. Optika bo’limini o’qitish metodikasi. 3. Umumiy o’rta ta’lim maktablari 6-sinf uchun yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishi, soya va yarim soya mavzusidagi dars ishlanmasini ishlab chiqish. Mavzuga qo’yilgan vazifalarning barchasini atroflicha o’rganib chiqdik. Ushbu kurs ishidan umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilari mavzuga oid darsni tashkil etishda, masalalar yechishda foydalanishlari mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Karimov I. “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” – Toshkent- 2008 yil. Karimov I. ”Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir ”- Toshkent “O‘zbekiston”-2010 yil. Karimov I. “ Barkamol avlod dasturi” – Toshkent 2010 yil. Karimov I. “ Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”- Toshkent- 1998 yil. M.H.O‘lmasova. Fizika optika atom va yadro fizikasi.Toshkent. Cho‘lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi.2010 yil. 200-213. 243-248, 259-268-b G‘aniyev A.G., Avliyoqulov A.K., Almardonova G.A. Fizika. AL va KHK lari uchun darslik. II qism. Toshkent.“O‘qituvchi” NMIU, 2009-y. 178-b. N.Sadriddinov, A.Rahimov, A.Mamadaliyev, Z.Jamolova “Fizika o’qitish uslubi asoslari” Toshkent. “O’zbekiston” 2006-yil. Bitko N.D. “ Fizika” 3 qism - Toshkent 1983 yil. Mirzaaxmedov B. va boshqalar “Fizika o‘qitish metodikasi” Nukus 2010 G‘aniyev A.G., Avliyoqulov A.K., Alimardonova G.A. Akademik litsey va kasb xunar kollejlari uchun “Fizika” 1 qism – O‘qituvchi 2005 yil. Turdiyev N.Sh. Fizika. 6-sinf uchun darslik. Toshkent. “Cho’lpon”. 2013-yil, 160 b. Internet ma’lumotlari; 1). http:// aniqfanlar.zn.uz. |files| 1112 |. mavzu.doc 2). http:// nev.ziyonet.uz.|ru|library|.viex|allibs|libid|10000|offset| 3).http: // www.ziyonet.uz.|ru|library|fs|vilws|ds|...|240 Download 389.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling