Microsoft Word Fozilov Raxim dars ishlanma


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1154202
  1   2
Bog'liq
dars ishlanma




O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA`LIMI 
VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI XALQ TA`LIMI 
BOSHQARMASI 
Kosonsoy tuman Xalq ta`limi 
bo`limiga qarashli 
13-sonli umumta`lim maktabi
“Informatika” fani o’qituvchisi 
Fozilov Raximning 
7-sinflar uchun 
“Informatika” fanidan
“Axborotli olam muammolari va internet» mavzusidagi 
bir soatlik 



Dars ishlanma Namangan viloyati Kosonsoy tumani XTB ga qarashli 13-sonli umumiy 
o'rta ta'lim maktabining oliy toifali informatika fani o'qituvchisi tomonidan 7-sinf uchun 
“Axborotli olam muammolari va internet» mavzusidagi dars ishlanmasi yangi tahrirdagi 
davlat ta`lim standarti asosida tayyorlangan, hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, 
o`qitishning yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalaridan foydalanib o`tishga 
mo`ljallangan bo'lib, undan umumiy o'rta ta'lim maktablarining informatika fani 
o'qituvchilari ish faoliyatlari davomida foydalanishlari mumkin. 
Muallif:
R. Fozilov , Kosonsoy tuman XTBga 
qarashli 13-umumiy o`rta ta’lim
maktabi oliy toifali informatika fani
o`qituvchisi 
Muharrir
:
SH.Dadajonov - Kosonsoy tuman XTB
metodisti 
Taqrizchi: 
M.Oripov - Kosonsoy tuman XTB 
metodisti 
Ushbu dars ishlanma Kosonsoy tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli aniq va tabiiy fanlar 
uslubiy kengashining 2022-yil __-_______ __-sonli bayonnomasi bilan ko`rib chiqilib
foydalanishga tavsiya etilgan.



So`z boshi 
Kosonsoy tumani 13-sonli umumiy o’rta ta`lim 
maktabining informatikatika fani o’qituvchisi
Fozilov Raxim 
Abduvahobovich
2007- yildan shu maktabda faoliyat yuritib 
kelmoqda. 
Hamkasblari 
orasida 
o’zining 
yangilikka 
intiluvchanligi bilan ajralib turadi.
Yosh avlodga ta`lim berishdek mashaqatli mehnat 
faoliyati davomida o’quvchilar qalbiga yo’l topa oladi. 
Jonkuyar va izlanuvchan pedagog. Uning samarali mehnati 
o’quvchilarini bilim ko’rsatgichlaridan bilish mumkin. 
O`quvchilari fan olimpiadalarida har doim sovrinli o`rinlarni egallab kelmoqda. 
Samarali mehnatlari uchun “Mustaqillikni 20 yilligi” va “Xalq ta’limi a’lochisi” 
ko`krak nishonlari bilan taqdirlangan. 
Fozilov Raxim
7-
sinflar uchun informatika fanidan tuzgan bir soatlik dars 
ishlanmasi o’rganib chiqildi.
Dars bosqichlari to’g’ri tashkil etilgan mavzuni yoritishda turli 
ko’rgazmalardan foydalanilgan interfaol usullarni qo’llay olgan, yangi mavzuni 
tushuntirishda turli ko’rgazmalardan, zamonaviy ta`lim metodlaridan foydalangan.
Mavzu yuzasidan interfaol usullarni klaster, miya hujumi, tezkorlik va topqirlik 
kabi o’yin usullarini to’g’ri tanlay olgan.
Mavzuga mos harakatli o’yinlar, qiziqarli slaydlardan foydalangan.
Fozilov Raxim
kelajakda yoshlarga ta`lim tarbiya jarayonida barcha o’rnak 
bo’la oladigan yoshlarni tarbiyalab yetkazib bera oladi deb ishonamiz.
Ushbu dars ishlanma tuman miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etilsa, 
maqsadga muvofiq bo’lar edi. 
Kosonsoy tuman XT bolimi
aniq fanlar uslubchisi: 
M.Oripov 



Texnologik xarita
Mavzu 
“Axborotli olam muammolari va internet»
Maqsad va 
vazifalar 
Maqsad: 
O`quvchilar ega bo`lishlari lozim bo`lgan bilim 
va ko`nikmalar berish
Bilimlar:
Mavzuga doir tarixiy sana va faktlarni
o`rganish 
Ko`nikmalar:
Olgan ma`lumotlarni hayotga tadbiq eta 
olish.
O`quv jarayoninig 
mazmuni 
Vazifalar: 
Oquvchilarda mavzu asosida bilim va 
ko`nikmalarni rivojlantirish.
O`quv jarayonini 
amalga oshirish 
texnologiyasi 
Uslub: 
Guruh bilan ishlash,juftlikda ishlash,individual 
ishlash. 
Shakl: 
Amaliy-yozma, jamoa va yakka tartibda ishlash.
Vosita: 
Tarqatma materiallar, va topshiriqlar, 7-sinf 
matematika elektron darsligi. 
Usul tarqatmalar mavzuga oid rasmlarlar bilan ishlash
Kutiladigan 
natijalar 
Belgilangan vaqt ichida o`quvchilarning o`zlashtirishini 
nazorat qilish. Guruhda va juftlikda ishlash orqali 
o`quvchilar faolligini oshirish. 
O`quvchi 
mavzu 
yuzasidan 
olingan 
bilimlar 
mustahkamlanadi. 
Kelgusi rejalar 
Pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etadi va oz 
ustida ishlaydi. Mavzularni hayotga tadbiq etishni 
o`rganadi o`qituvchi. 
O`quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida 
mustaqil ishlashni o`rganadi. Fikrlarni tahlil qilib, bir 
qarorga kelish ko`nikmalarini hosil qiladi.



Mafkuraviy maqsad: Ajdodlardan faxrlanish, g`urur 
iftixor tuyg`usini oshirish orqali barkamol ,ma'naviyati 
yetuk komil insonni tarbiyalash. 
Darsning 
maqsadi: 
Ta'limiy maqsad: O`quvchilarga internet, internet 
tarixi va uning tarkibiy qismlari haqida tushuncha 
berish 
Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: O`quvchilar qalbida 
muhandislik kasbiga muhabbat uyg`otish, kompyutеr 
tеxnikasiga bo`lgan qiziqishlarini oshirish. 
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarda mustaqil 
ishlash, baxs munozaraga kirishish ko`nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirish. 
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarning qalbi va ongida ona-
yurtga muhabbat, ona zaminga sadoqat, vatanparvarlik, 
insoniylik fazilatlarini qaror toptirish. 
Mavzu:
Axborotli olam muammolari va 
internet.
Darsning uslubi
: Muammoli, bahs, savol-javob. 
Darsning jihozi:
7-sinf “Informatika” darsligi, plakat, tarqatma 
materiallar, g`altak, slayd. 



Darsning tashkiliy qismi:
Salomlashish ; 
Sinf va o`quvchilarning darsga
tayyorgarligini ko`rib chiqish;
Navbatchi hisobotini tinglash. 
Darsning asosiy qisimlaridan biri bu “Da’vat” ya’ni, 
o`quvchilar diqqatini darsga jalb etish hisoblanadi. Bunda, 
o`quvchi qanaqa hayol bilan band bo`lmasin diqqat e’tiborini 
darsga qaratishi kerak. Bu vazifani bajarish uchun “Miyya 
hujumi” strategiyasidan foydalanamiz. “Miyya hujumi” 
strategiyasini o`yin tarzida o`tkazamiz.
1. Ixtiyoriy partadan ,ixtiyoriy o`quvchidan hayoliga kelgan 
so`zni so`raymiz va doskaga yozamiz. So`zlar miqdori vaqtga 
qarab belgilanadi. 
2. Yozilgan sozlar ichidan fanga bog`liqlarini qoldirib
qolganini bo`r bilan o`chiramiz. 
So`zlarni fanga oid yoki yo`qligini aniqlash jarayonida o`quvchi 
uchun o`tgan mavzu ham takror bo`ladi. 
Masalan: 
Signalni raqamli ko`rinishdan analog ko`rinishga o`tkazuvchi 
qurilma modulyator deyiladi… 
Hujayra termini botanikaga tegishli… 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling