Kirish Mavzuning dolzarbligi


Download 23.01 Kb.
Sana11.06.2020
Hajmi23.01 Kb.
#117557
Bog'liq
Kirish


Kirish

Mavzuning dolzarbligi: O’zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’lini tanlab olgan O’zbekiston Respublikasi ta‟lim sohasini ham sobit qadamlar bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta‟lim to‟g‟risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko’lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo’lgan e’tibor kuchayib ketdi. Shu tufayli ta’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Jumladan, Prizidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmonida 2017-2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, xalq ta’limi sifatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. O‘qituvchilar darsda ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning interfaol usullaridan keng foydalanmoqda. Har bir ta’lim muassasasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qiziqarli o‘quv-metodik adabiyotlar, jumladan, elektron resurslarning katta zaxirasi mavjud. “Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish konsepsiyasi”, O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilinib, uning talablariga ko`ra sinovdan o`tkazilgan davlat ta`lim standartlari tasdiqlandi va yangi mazmundagi darsliklar yaratildi. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari pedagogik texnologiya, axborot hamda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va o`z faoliyatlarida qo`llashga bo`lgan qiziqishlari kuchaydi, o`quvchilarning ijodiy ishlash ko`nikma va malakalarini rivojlantirish bosh maqsadga aylandi, o`qitishning eng samarali, ayniqsa, noan`anaviy, interfaol metod, vosita va usullarini tatbiq etishga bo`lgan intilishlari ortdi. Yangilanish borasidagi muvaffaqiyatlarni ko`rsatish, kamchiliklarni aniqlash, bajarilmayotgan ishlarni belgilash dolzarb muammoga aylandi.

Bugungi kunda barkamol shaxs tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko’trilganligi sababli har tomonlama yetuk ,erkin fikrlovchi, go’zal xulqli, barcha axloqiy fazilatlarga ega barkamol shaxsni kamol toptirish ta’lim- tarbiya jaryonining asosiy maqsadi etib belgilandi.Bu esa biz pedagoglar zimmasiga og’ir mas’uliyat yukini yuklaydi.

Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’limning poydevori hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda boshlang‘ich ta’lim uzluksiz ta ’limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilaming o'qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta ’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-ahloqiy, adabiy-estelik tarbiya bilan chambarchas bog'lab olib boriladi..

O 'quvchi matnni to'g 'ri, tez, tushunib o'qish, mazmunini o'zlashtirish bilan ilk bor o'qish darslarida yuzlashadi. O'qish darslari orqali o'quvchilaming Davlat ta’lim standarti (DTS) talablari bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan o'quv-biluv ko'nikma malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo'l ochiladi. Aynan o'qish ta ’limida insonning, avvalo, o'zligini, qolaversa olamni anglashga bo'lgan intilishlariga turtki beriladi. (1.1)

O’quvchilar dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to'g'ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko'ra, o'qish darslarining yetakchi xususiyati o'quvchilaming savodxonligini ta’minlash bilan birga, o'quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.

Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o'quvchilaming bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.

O 'quvchilar darsliklar yordamida o'zlashtiriladigan bilim, ko'nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo'lishini tushunib yetishishlariga erishish o'qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.

Boshlang'ich ta’lim bo'yicha DTS va „Ona tili" o'quv dasturida o'qish ta ’limi oldiga qo'yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o'qishni to 'g 'ri tashkil qilish, o'qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg'or pedagogik texnologiyalardan o'rinli foydalanishga ko'p jihatdan bog'liqdir.

Bu o’rinda milliy qadriyatlarimizning ajarlamas qismi sanaladigan Xalq og’zaki ijodi namunalarini o’quvchilarga tanishtirish, ularga boy tariximiz, ota- bobolarimizning hayotiy tajribalari, o’lmas ijodiy asarlari orqali bolalar kamolotiga hissa qo’shish dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Boshlang’ich sinf darliklaridagi xalq og’zaki ijodi namunalarini o’rganish va ularni zamiridagi tarbiyaviy ahamiyatini o’quvchilarga yetkazib berish usullarini, metodlarini tadqiq etish ushbu diplom ishining dolzarbligini belgilaydi.

Mustaqillikdan so’ng madaniyat, san’at, adabiyot, xalq ijodiga bo’lgan munosabat davlat maqomi darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston radio va telvideniya, gazeta, jurnallarda millatimiz og’zaki ijodi namunalari va ular haqidagi ma’lumotlar muntazam ravishda yoritilmoqda. O’zining dastlabki yaratilish davridayoq xalq og’zaki ijodi xalqning yozilmagan tarixiga aylandi. “ Og’zaki ijod”, “xalq og’zaki ijodi”, “og’zaki adabiyot” kabi nomlar bilan atalgan badiiiy adabiyotning ilk namunlari ikkinchi tomondan turmush, hayot darsligi sifatida yosh avlodni tarbiyalashdek muhim vazifani bajarib keldi.

Ushbu diplom ishi boshlang’ich sinflar o’qish darslarining nazariy ma’lumotlari asosida yaratilib, o`quvchilarda xalq og`zaki ijodi namunalari tushunchalarini shakllantiradi. Ertak, doston, masallardan to’g’ri xulosa chiqarishni, tez aytish, topishmoqlardan tezkorlikka amal qilishni, maqollarni vaziyatga qarab qo’llash ko’nikmasini o’rgatadi va mazmunini tushuntirishda amaliy yordam beradi. (2.2)

Tez aytishlar og‘zaki nutq mashqi bo‘lib, kichik yoshdagi bolalarda ma’lum tovushlami to ‘g‘ri va ohangdor talaffuz qilish ko'nikmalarini ortiradi. Bu janrga mansub asarlar bolalami biyron so‘zlashga o'rgatish bilan birga, ularga estetik zavq beradi, fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradi, xotiralarini mustahkamlaydi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda va odilona nazar tashlaganda, tanlangan va amalga oshirilgan muammo (mavzu)ning o’zi nihoyatda dolzarbligini, qolaversa, uning o’quv jarayonidagi roli beniyoyat kata ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi

Tez aytish bolaning tilini ravon, burro qilishdan tashqari, aqliga-aql qo’shadi, ongini rivojlantiradi, xotirasini mustahkamlaydi, ota-onasiga, el-yurtiga, o’zini qurshab olgan olamga nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi. Boshqacha ibora bilan aytganda, yangi avlod har gal o’zidan avvalgi avlodlar kashf etgan narsalarni hisobga oladi, o’zlashtiradi.



O`qish darslarida o`quvchilar nutqini o`stirishning, xususan, xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanishning psixologik va metodik asoslarini belgilash; xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanishning ilmiy asoslangan, amaliyotda tekshirib ko`rilgan eng samarali yo`llari, usullari va bular bo`yicha topshiriqlar tizimini ishlab chiqish diplom ishinig asosiy maqsadlaridan biridir.

Bugungi kunda ta`lim tizimida olib borilayotgan islohotlar o`quvchining muayyan intelektual salohiyatini to`liq yuzaga chiqishiga olib keladi. O`qituvchi ta`lim samaradorligiga xizmat qiladigan ijobiy tajribalarni o`rganmay turib, biron-bir muvaffaqiyatga erisha olmaydi. O`qish darslaridagi o’quvchilar nutqi ustida ishlash jarayonini takomillashtirish hozirgi davrdagi dolzarb vazifalardandir. Bu holat diplom ish mavzusining dolzarbligini ko`rsatuvchi dalillardan biri desak, xato qilmagan bo`lamiz.

Ushbu muammo yuzasidan bir qancha o’zbek olimlari H.Zarif, Sh. Rajabiy, M.Afzalov,adabiyotshunos olim Otajon Hoshim, Miyonbuzruk Solixov, Buyuk Kakimov, Sharif Rizo professor D.O’rayeva, V.M.Jirmunskiy, X.T.Zaripovlar, M.Alaviya, J.Qobilniyozov, T.G’oziyev, T.Mirzayev, K.Imomov, F.Yo’ldosheva, F.Qozoqov,B.Sarimsoqov,H.Rozzoqov, O.Safarov ham ko’plab izlanishlar olib borishgan.O’z ilmiy ishlarishlari orqali ko’plab asarlar yaratilgan bolib, ushbu asarlarni o’rganish jarayonida biz shuni kuzatishimiz mumkinki, ta’lim tizimida o’quvchilarning yosh xusussiyatlarini hisobga olgan holda xalq og’zaki ijodidan foydalanishning eng qulay sullarini ishlab chiqish bugungi kunda eng dolzarb muammoga aylanib borayotganligi bitiruv malakaviy ishimizni aynan shu muammoga qaratishimizga asos bo’ladi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu dolzarb pedagogic muammolar asosida biz bitiruv malakaviy ishimizni “Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirishda tez aytishning roli va ahamiyati” mavzusida belgiladik.
Download 23.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling