Kirish mavzuning dolzarbligi


Download 92.89 Kb.
bet3/3
Sana20.09.2020
Hajmi92.89 Kb.
#130452
1   2   3
Bog'liq
2 5463375602272700002


T A J N I S – badiiy san’atlardan biri. Lug‘aviy jihatdan jinsdosh, ya’ni shakldosh degan ma’noni anglatadi. Bu nutqda shakli bir xil, ammo ma’nosi har xil so‘zlar yoki so‘zlar turkumini qo‘llash, degani. Ammo bu san’atni oddiygina qilib, omonimlar ishlatish ekan-da, deb hisoblamaslik kerak. Chunki omonimlar – tilde qat’iylashgan shakldosh so‘zlar. Tajnisni yuzaga keltirish uchun esa muallif bir necha so‘zlar ishtirokida ohoriy (original, ya’ni birmartalik) shakldoshliklar yaratishi mumkin. Masalan, ul Oy, u loy, uloy (ulay) so‘z birikmalari tilda o‘zaro omonim emas.

Shoir she’rda bularni shunday qo‘llaydiki, natijada bir gal ul Oy (u Oy), boshqa safar u loy, uchinchi ko‘rinishda esa uloy (ulay) ma’nolarini anglatadi. Shundan ifoda go‘zalligi kelib chiqadi. O‘quvchi yo tinglovchi shuurida ajib bir badiiy zavq paydo bo‘ladi.

Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili – tajnis yaratish uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Hatto, tilimizdagi shu qulaylik adabiyotimizda tajnis ishlatish shart qilib qo‘yilgan alohida, maxsus bir janrning paydo bo‘lishiga olib kelgan.

Tuyuq – shunday janr. Unda qo yaga olingan so‘z yoki so‘zlar turkumi o‘zaro shakldoshlik paydo qilishi shart. Lutfiyning mana bu tuyug‘i qofiyasida tajnis bo‘lib kelgan.



So‘zlarni ko‘rib o‘taylik:
Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor,

Har necha dardimni desam, dog‘i bor.

Qilcha tanga bori ishqing yor edi,

Bir sori bo‘ldi  roqing, dog‘i bor.
Birinchi misradagi dog‘i bor so‘zlari ko‘ngildagi dog‘ni ko‘zda tutadi. Ikkinchi misrada esa xuddi shu so‘zlar otashi bor degan ma’noni anglatadi. To‘rtinchi misrada bu so‘zlar yana (tag‘in) bor ma’nosida kelgan.

Tajnis qofi yaga olinganda shuning o‘zi qofiya vazifasini o‘taydi. Ya’ni ma’nosi har xil bo‘lgani uchun bu yerda tajnisli so‘zlarning takrorlanishi qofiya o‘rnida qabul qilinadi. Shoir tajnisda aynan bor so‘zi mavjudligidan foydalanib uchinchi, ya’ni qofiyasiz misrada ham ataylab bori so‘zini qo‘llaydi. Zimdan bu kalima bilan qofiyadagi so‘zlar o‘rtasida ham boshqa bir tajnis yuzaga keladi.


O‘zbek tili fanini rivojlantishda vujudga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar.

  1. Darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib o‘tish uchun texnika vositalari yetishmaydi.

Taklif: maktablarni to‘liq moddiy texnika bazasi bilan ta’minlash.

  1. Darslarni rejalshtirish bo‘yicha o‘qituvchilarga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalari mavjud emas. Borlari ham talabga javob bermaydi.

Taklif: o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

  1. Maktabda ish qog‘zlarining soni qisqartirilgan, biroq yangi qog‘oz turlari ularning 2 barobar o‘rnini egallagan.

Taklif: ish qog‘ozlarini kamaytirish kerak.

  1. Darsliklarda kompetentsiyaning shakllantirish bo‘yicha topshiriq va mashqlar berilmagan.

Taklif: darsliklarni kompetentsiyaviy yondashuv asosida yangi avlodini yaratish.

  1. Maktabning kutubxonasi mavzularni o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha badiiy adabiyotlar yetishmaydi.

Taklif: maktab kutubxonalarini badiiy kitoblar bilan boyitish. Bunda turli kitob xayriya tadbirlarini sinflar kesimida o‘tkazish.

III. XULOSA VA TAKLIFLAR

“Kishini mashg‘ul etgan, to‘lqinlatgan, shodlatgan, qayg‘uga solgan, zavqlantirgan, hayajonlantirgan nima bo‘lsa, qisqasi, subyektning ichiga nima kirsa, unda nima paydo bo‘lsa, shularning barchasini lirika o‘zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi” (V.Belinskiy, 184-b). Demak, lirik asar shoirning sezgi mevasi, bir oniy ilhomining natijasi, bir zumda “pishib” yetilgan poetik fikr va tuyg‘usining ifodasidirki, ularning ko‘pi sarlavha (nom)siz bo‘ladi, birinchi misra yoki radif nomi bilan nomlanadi:

“Bu narsa - ta’riflash uchun mazmuni tutqich bermaydigan, muzika sezgisi kabi, lirik asarning xossasidir” (V.Belinskiy, 189-bet). “Uni na aytib berish va na izoh qilish mumkin; lekin uni shoir qalamidan qanday chiqqan bo‘lsa, xuddi shunday o‘qib berish bilan ikkinchi odamda ta’sir qoldirish mumkin; agarda uni so‘z bilan aytib berilsa yoki prozaga aylantirilsa, u qanotlari chiroyli rang-barang kapalak hozirgina ichidan uchib ketgan xunuk, o‘lik bir chag‘anoqqa aylanadi... bu narsa shuning uchun ham qiyinki, sof lirik asar go‘yo bir kartinaga o‘xshaydi, lekin unda muhim narsa kartinaning o‘zi emas, u bizda uyg‘otgan sezgidir” (V.Belinskiy, 141-142 betlar); bu sezgilarning turli-tumanligini o‘zida jamg‘argan va ularni voqye qiluvchi lirik tafakkurning janrlari ham xilma-xildir; R.Orzibekovning hisoblashicha, birgina mumtoz o‘zbek she’riyatida 30 ga yaqin lirik janr va shakllar (R.Orzibekov. O‘zbek she’riyati janrlari. SamDU nashri 1998, 10-bet)bor... Bular: Debocha, nazira, faxriya, marsiya, soqiynoma, qasida, ta’rix, bag‘ishlov, hasbi hol; madhiya, qo‘shiq, ashula, alla, lapar, yor-yor; mushoira, shiru-shakar, muvashshah, g‘azal, tuyuq, ruboiy, fard, masnaviy, mustazod, sonet, tarjeband, tarkiband; to‘rtlik, musallas, murabba, muxammas, musaddas, musabba, musamman, mutassa, muashshar va h.

Bularning hammasi ham o‘zining muayyan janriy xususiyatlariga ega; katta – kichikligidan qat’i nazar bo‘lishi mumkin bo‘lgan hayotning barkamol va betimsol obrazini – san’atning buyuk asarlarini voqye qilgandirlar; ularning ba’zilarini o‘rganishning o‘ziyoq, mulohazalarimizni isbot etadi.



FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR RO‘YXATI

1. O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-jild. A-Beshbaliq.- T.,2000.-736 b.

2. Valixo`jayev B. O`zbek adabiyotshunosligi tarixi.-T.:O`zbekiston,1995

3. Boltaboyev H. Fitrat — adabiyotshunos.-T.:Yozuvchi,1998

4. Mirzayev T. Milliy istiqlol mafkurasi va o`zbek adabiyotshunosligi // O`zbek tili va adabiyoti.-1994.-№3.-B.3-6

5. Boltaboyev H. XX asr o`zbek adabiyotshunosligi.-Sharq yulduzi.-1995.-№11

6. Suvonqulov I. Mumtoz adabiyotni o`rganish mezoni.-Muloqot.-1995.-№3.-B.25-27

7. Yo`ldoshev B. 60-70-yillar adabiy tanqidchiligi tarixiga bir nazar.- Sharq yulduzi.- 1999.- №6.- B.153-155

8. Mo`minova N. Adabiyot nazariyasidan ilk qo`llanma \\ O`zbek tili va adabiyoti.-1999.-№4.-B.56-57

9. Literaturniy ensiklopedicheskiy slovar.-M.,1987

10. www.ziyonet.uz
ILOVALAR

Tuyuqni o‘qitish texnologiyasi”



DARS ISHLANMASI

Mavzu: A.Navoiy tuyuqlarining tahlili.

Darsning maqsadi:

ta’limiy maqsad: A.Navoiy tuyuqlarini o‘qish va matni ustida ishlash

tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni buyuk ajdodlarga hurmat va adabiyotimizga muhabbat ruhida tarbiyalash;

rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tadqiqotchilik, ijodiy raqobat ko‘nikmalarini shakillantirish;

Darsning usuli: juftlikda ishlash, "O‘rgan-o‘rgat”.

Darsning jihozi: A.Navoiy hayoti salnomasi: kitobi, A.Navoiy hayoti va ijodi haqida tayyorlangan slayd, albom, plaqat, 32ta baholash kartochkalari, proyektor, netbug.

Darsning borishi:

Dars o‘quvchilar foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar haqida tushuntirish bilan boshlanadi (har imkoniyat orqali bir ball olish mumkin):



1-imkoniyat

Testlarga javob berish

2-imkoniyat

Qo‘shimcha ma’lumotlar

3-imkoniyat

Tuyuq vaznini aniqlash

4-imkoniyat

Qofiya aniqlash

5-imkoniyat

Tuyuqdan she’riy san’atni aniqlash

O‘quvchi to‘plagan ball




 

A.Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan tuzilgan testlar asosida uyga vazifa tekshiriladi.

Testlar tarqatilib, uni yechishga 2,5 daqiqa ajratiladi. Vaqt tugagach daftarlar partadoshlar orasida almashtiriladi va javoblar tekshirilib, maqsimal 5ball olgan o‘quvchilarning baholash kartochkasiga 1-imkoniyatdan olingan 1ball yozib qo‘yiladi. ….

Yangi mavzu bayoni: "Yo labmudur” tuyug‘i o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan ifodali o‘qiladi.

Tuyuq matni o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar ishtirokida baytma-bayt izohlanadi.

O‘qituvchi tuyuqning mashhurligi,muhlislarning qiziqishi va hayratiga sabab, uning yuksak mahorat bilan yozilganidir.

Yorab, ul shahdu shakar yo labmudur,

Yo magar shahdu shakar yolabmudur.

Foilotun foilotun foilun

Jonima payvasta novak otqali,

G'amza o'qin qoshig'a yolabmudur”.

Navoiyning bu so'zlaridan tuyuqning asosiy xususiyatini bilib olamiz. Birinchisi shuki, tuyuq turkiy qavmlar qo'shiq qilib bazmlarda, to'ylarda, yig'inlarda aytadigan vaznlardan birida yaratilarkan. Bu tuyuqning ashulabop va ommafahm she'r turi ekanligini anglatadi.

Ikkinchi xususiyati shuki, tuyuq ikki bayt, ya'ni to'rt misradan tashkil toparkan. Uchinchi xususiyat shuki, shoir mahorati yetganicha tajnis usulidan foydalanib tuyuq aytishga intiladi. Lekin tuyuq tajnissiz ham yaratiladi. To'rtinchi xususiyat shuki, tuyuq, albatta, ramali musaddasi maqsur vaznida bitiladi. Tuyuqning yana bir asosiy xususiyati borki, u o'z davrida ma'lum va mashhur bo'lgani uchun Navoiy uni aytishni lozim topmagan. Bu tuyuqning nomi va janr xosiyati tuyg'u bilan bog'liqligidir. Chinakam tuyuq shoir tuyg'ularining tug'yonga kelishi samarasidir. «Tuyuq» — «tuymoq» fe'lidan olingandir. Tuyuq uni o'qigan yoki eshitgan kishilarning tuyg'ulariga ta'sir etadi. Tuyuqning badiiy mazmunini tuygan kishilarning tuyg'ulari tug'yonga keladi. Tuyuq adabiyot ixlosmandlarida she'rning badiiy nozikliklarini tuya olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Tuyuq ishqiy falsafiy, axloqiy va boshqa mavzularda ham yaratilishi mumkin.


1

Asar janri

Tuyuq

2

Qofiyalanish tartibi

Foilotun foilotun foilun, aaba

3

Radifi (agar bo‘lsa)

"yo labmudur”so‘zi

4

Vazni

ramali musaddasi maqsur vazni

5

Qollangan she’riy san’atlar

tajnis san’ati

 

So‘ng shoir hayoti va ijodi keng yoritilgan slayd namoish etiladi. O‘quvchilar fikri so‘raladi.



O‘qituvchi o‘quvchini baholash kartochkasi asosida berilgan imkoniyatlardan to‘plagan ballariga qarab baholaydi.

Uyga vazifa: A.Navoiyning tuyuqlaridan yod olish.


Download 92.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling