Kirish milliy valyuta va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni Milliy valyuta muomalasining tarkibi va pul aylanmasidagi ulushi Milliy valyuta barqarorligiga ta’sir


Ayirboshlash kursini aniqlash mexanizmi


Download 52.42 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi52.42 Kb.
#1523751
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Milliy valyuta barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar

Ayirboshlash kursini aniqlash mexanizmi
So‘mning xorijiy valyutaga nisbatan ayirboshlash kursi tijorat banklari tomonidan o‘z mijozlari – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tegishli buyurtmalari asosida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish amaliyotlari o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasining valyuta birjasidagi har kunlik banklararo savdo sessiyalarida shakllanadi. Boshqacha qilib aytganda, har bir xorijiy valyuta sotuvchi va xarid qiluvchi subyekt bu operatsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi banklariga beradigan buyurtmalarida o‘zlariga maqbul bo‘lgan valyuta narxini (sotuvchi sotishi mumkin bo‘lgan eng past kursni va xarid qiluvchi sotib olishi mumkin bo‘lgan eng yuqori kursni) belgilab beradi. Chet el valyutasini sotish va sotib olish bo‘yicha barcha buyurtmalar shakllantirilganidan keyin valyuta birjasida bo‘lib o‘tadigan banklararo elektron savdolari davomida valyuta kursining o‘zgarib borishi orqali xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatiga bosqichma-bosqich erishilishi natijasida birja kursi shakllanadi. Valyuta birjasi savdolaridagi tijorat banklarining operatsiyalari iqtisodiyotdagi chet el valyutasiga bo‘lgan jami talab va taklifning joriy nisbatini shakllantirib, birjada yuzaga keladigan ayirboshlash kursi uning muvozanat darajasini aks ettiradi.
Birja savdolari har kuni o‘tkazib boriladi va kundalik savdo natijalariga ko‘ra o‘rnatilgan kurs O‘zbekiston Respublikasining valyuta birjasi elektron saytida e’lon qilib boriladi
Ayirboshlash kursining shakllanishi uchun bozor sharoitlarini ta’minlash maqsadida banklararo savdolarda Markaziy bankning ishtiroki minimal darajada bo‘ladi. Alohida hollarda Markaziy bank valyuta kursi keskin tebranishlarining oldini olish maqsadida chet el valyutasi oldi-sotdi operatsiyalarini o‘tkazishi mumkin. Ichki valyuta bozori va uning ishtirokchilari ayirboshlash kursining bozor shartlarida shakllanishiga to‘liq moslashguniga qadar ma’lum vaqt talab qilinishini inobatga olgan holda, dastlabki bosqichlarda Markaziy bankning ishtiroki faol bo‘ladi.
Markaziy bankning rasmiy kursi haftasiga bir marta, o‘tgan haftadagi valyuta birjasi savdolarida qayd etilgan kurslarning o‘rtacha darajasida o‘rnatilib, buxgalteriya hisobi, valyuta operatsiyalari bo‘yicha statistik va boshqa hisobotlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash maqsadida qo‘llaniladi5
Mamlakatning xorijiy kirimlar va to’lovlar balansi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
Savdo balansi (trade balance or trade gap)
Kapitallar harakati balansi (capital payments gap).
Xorijdan kirib keladigan pul oqimlarining xorijga qilinadigan to’lovlar miqdoridan ortishi to’lov balansining ijobiy bo’lishiga va milliy valyuta kursining ko’tarilishiga olib keladi. Va aksincha bo’lganida, to’lov balansining defistiti yuzaga keladi va milliy valyuta kursi pasayadi.
Savdo balansi tashqi savdo operastiyalari bo’yicha to’lovlar balansidan tarkib topadi.
Agar eksport importdan ortsa – demak savdo balansi saldosi ijobiy bo’ladi.
Eksporterlar xorijiy valyutada olgan eksport tushumini milliy valyutaga almashtiradilar va shu bilan milliy valyuta kursining oshishiga olib keladilar. Mazkur holat Yaponiya va Germaniya davlatlar uchun xosdir – bu mamlakatlar an’anaviy tarzda savdo balansining ijobiy saldosiga ega, bu esa iena va nemis markasining boshqa valyutalarga nisbatan kursining ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
Agar import eksportdan ortib ketsa – demak, savdo balansida defistit paydo bo’ladi (salbiy saldo).
Mazkur vaziyatda importerlar xorijiy tovarlarni sotib olish uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirishga majbur bo’ladilar, buning natijasida valyuta kursining pasayishi yuz beradi. Masalan, 90-yillarda Buyuk Britaniyaning Germaniya bilan savdo balansi manfiy saldoda bo’lib, funt sterlingning kursi nemis markasiga nisbatan pasayib ketgan edi.
Kapitallar harakati balansi. Kapitallarning xalqaro harakati asosida yirik investorlarning (moliyaviy, sug’urta va boshqa fondlarning) investistiyalashga oid rejalari yotadi, zero ular aholi va korporastiyalarning katta hajmdagi pul resurslarini jalb qiladilar. Eng yirik va faol investorlarga yuz milliard dollarlik aktivlarga bo’lgan Amerika fondlarini kiritish mumkin. Aktivlarni joylashtirishdan maksimal darajada foyda olish maqsadida ular davriy ravishda investistiyalar portfelining tarkibini o’zgartirib turadilar va mablag’larini turli investistion instrumentlar – korporastiyalar akstiyalari, hakumat va xususiy obligastiyalar, bank depozitlari va boshqa instrumentlarga joylashtiradilar. Mazkur omilni yanada chuqurroq o’rganganda uni foiz stavkalari darajasi va mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan quyilmalarning umumiy daromadliligi ko’rsatkichlari bilan bog’liqligini aniqlash mumkinki, bu omillar sodir bo’layotgan o’zgarishlarning yanada chuqur sabablaridan hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda kapitallar harakati valyuta kursining o’rta muddatli dinamikasini boshqaradigan oraliq jarayondan iboratdir.


  1. Download 52.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling