Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) – to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Ta’lim muassasalarning resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, o‘quv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlanadi.
Milliy (elita) Oliy ta’lim muassasalarini qaror to‘tirish va rivojlantirish amalga oshiriladi. Kasb-hunar Ta’limi muassasalarining mustaqil yuritishi va o‘zini o‘zi boshqarish shakllari mustahkamlanadi.
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish uzluksiz Ta’lim tizimi jahon axborot tarmog‘iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olinadi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining predmeti va vazifalari.
Ona tili o‘qitish metodikasi - pedagogik va amaliy fan. Chunki u nazariyaga asoslanib o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash, o‘stirishning amaliy vazifalarini bajaradi.
Ona tili o‘qitish metodikasining predmeti ta’lim berish jarayonida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o‘qish va yozishni, fonetika, grammatika kabilarni bilib olish jarayoni hisoblanadi. Ona tilidan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, til haqidagi fanning ilmiy tushunchalar sistemasini o‘zlashtirish qonuniyatlarini o‘rganadi, til o‘rganishning eng qulay metod va usullarini izlaydi .
Ona tili o‘qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi:
Nimani o‘qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang‘ich sinf uchun dasturlar ishlab chiqadi, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratib beradi. Ularning samaradorligi va muvofiqligini doimiy tekshirib boradi.
Qanday o‘qitish kerak? savoliga ta’limberishning metodlari, metodik usullar, mashqlar sistemasi, qo‘llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish, amaliy ishlar sistemasini, dars, uning turlarini ishlab javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |