Kirish. Mutaxassislik fanlarining maqsadi va vazifalari


Tilga sezgirlikni o‘stirish prinsipi


Download 205.75 Kb.
bet8/9
Sana30.01.2024
Hajmi205.75 Kb.
#1817191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. Mutaxassislik fanlarining predmeti va vazifalari

Tilga sezgirlikni o‘stirish prinsipi. Til - juda murakkab hodisa, uning tuzilishini, sistemasini fahmlab olmay turib, sal bo‘lsa-da, uning qonuniyatlarini, o‘xshashliklarini o‘zlashtirmay turib uni yodda saqlab bilmaydi. Bola gaplashish, o‘qish, eshitish bilan til materiallarini yig‘adi, uning qonunlarini o‘zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi.




    1. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til hodisalarini tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining xabar berish funksiyasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodalilik (uslubga oid) funksiyasini tushunishni, mazmuninigina emas, balki so‘z va nutq oborotlarining, tilning boshqa badiiy- tasviriy vositalarining hissiy ottenkalarini ham tushunishni ko‘zda tutadi. Bu tamoyilga amal qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdek, tilning funksional-stilistik xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab etiladi.

    2. Og‘zaki nutqni yozma nutqdan oldin o‘zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta’siretadi va til o‘qitish metodikasini tuzishda xizmat qiladi.

Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi, o‘qituvchi bilan o‘quvchining maqsadga muvofiq; ini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo‘nalishini tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim prinsipi ta’lim– tarbiya jarayoniga asos bo‘ladigan ta’limiy qonun-qoida ma’nosini ifodalaydi.Biz quyida ona tili fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan prinsiplar xususida so‘z yuritamiz.
4.Tizimlilik va izchillik prinsipi. O‘zbek tili o‘qitishda tizimlilik va izchillik prinsipi muhim o‘rin tutadi. Til fanining bo‘limlarini bir tartibda o‘rganish shu prinsipga mos tushadi. Ona tili fanini o‘rgatishda dastlab fonetika, leksika haqida, shundan so‘ng so‘z yasash, so‘z tarkibi, morfologiya va sintaksis haqida ma’‘lumot beriladi. Bu esa yuqoridagi prinsipga amal qilinganligini bildiradi.Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyotga bog‘lash ham muhimdir. Buning uchun fonetika va grammatikadan har bir mavzu orfografiya yoki punktuatsiya bilan, orfoepiya yoki lug‘at bilan bog‘liq holda o‘tilishi lozim. Bu prinsipni amalga oshirish uchun grammatik qoidalarga mos misollarni jonli nutqdan olish, qoidalarni mustahkamlashda o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanish zarur bo‘ladi.
Ona tili o‘qitishda onglilik ham muhim o‘rin egallaydi. Onglilik prinsipi ta’rif yoki qoidaning o‘quvchilar tomonidan ongli o‘zlashtirilishiga tirishmoqni talab etadi: 1.O‘qitishda ongli verbal-kognitiv ta’limga (OVKT) asoslanish;

  1. Til materiali va ta’limoluvchilarning yosh psixologiyasi mutanosibligiga e‘tibor berish;

  2. O‘quvchilarda mustaqil va ijodiy mushohada malakalarini mustahkamlash;

  3. Darsni ma’lum bir tizimda olib borish;

  4. Mavzulararo bog‘lanishga e‘tibor berish;

  5. Nutqiy malakalarni mustahkamlash va til sezgirligini oshirish;

7.Til materiali va ta’limoluvchilarning yosh psixologiyasi mutanosibligiga e‘tibor berish;
8.O‘quvchilarda mustaqil va ijodiy mushohada malakalarini mustahkamlash;
9.Darsni ma’lum bir tizimda olib borish;
10.Mavzulararo bog‘lanishga e‘tibor berish;
11.Nutqiy malakalarni mustahkamlash va til sezgirligini oshirish;

Download 205.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling