Kirish. Mutaxassislik fanlarining maqsadi va vazifalari


Download 205.75 Kb.
bet4/9
Sana30.01.2024
Hajmi205.75 Kb.
#1817191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. Mutaxassislik fanlarining predmeti va vazifalari

Nega xuddi mana shunday o‘qitish kerak? Bunda ilmiy nuqtayi nazardan eng foydali metodlarini o‘rganish, tanlash, asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish vazifalarini bajaradi.

Ona tili o‘qitish metodikasi ta’imning turli bosqichlarida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlaydi, o‘qishning muvaffiyatini va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, uni bartaraf etish usullarini topadi.
Nutqiy va orfografik tipik xatolarni tekshiradi, uni oldini olish chora - tadbirlarini belgilaydi. Ona tili Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘rgatiladi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalarning nutqini o‘stirish nazarda tutiladi. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar nutqini o‘stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o‘zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.

Ona tili o‘qitish metodikasi fani to‘rt bo‘limni o‘z ichiga oladi:


  1. Savod o‘rgatish metodikasi, ya’ni elementar o‘qish va yozishga o‘rgatish. Bolalarga savod o‘rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo‘yilgan masalalardandir. Chunki xalqning savodxonligi ozodlik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil O‘zbekiston Respublikamizda har bir kishining savodxon bo‘lishiga alohida e‘tibor berilmoqda.

  1. sinfga qadam qo‘ygan bolalarga barcha o‘quv qurollarining sovg‘a qilinishi Prezident Sh.Mirziyoyevning kelajak avlodning savodxon, yuksak madaniyat egasi bo‘lib yetishishlari uchun g‘amxo‘rligining bir namunasidir.

  2. sinfga qadam qo‘ygan bolalarga barcha o‘quv qurollarining sovg‘a qilinishi Prezident Sh.Mirziyoyevning kelajak avlodning savodxon, yuksak madaniyat egasi bo‘lib yetishishlari uchun g‘amxo‘rligining bir namunasidir.

  1. O‘qish metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish predmetining vazifasi birinchi navbatda bolalarni tez (me‘yorida), to‘g‘ri, ongli va ifodali o‘qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.

  2. Grammatika va imlo metodikasi. Bu bo‘lim elementar to‘g‘ri yozuvga va husnixatga o‘rgatish ya’ni, grammatik tushunchalarni, boshlang‘ich imlo malakasini shakllantirishni o‘z ichiga oladi.

  3. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish metodikasi. Bu bo‘lim boshlang‘ich sinflarda alohida o‘rin tutadi. Bolalar birinchi marta tilni, nutqni o‘quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o‘ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o‘zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og‘zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.

Metodika bolalarning nutqini boyitishni sintaktik va bog‘lanishli nutqini o‘stirishni ham ta’minlashi kerak.
Shuni aytib o‘tish kerakki, bog‘lanishli nutq maktablarda alohida bo‘lim sifatida o‘rganilmaydi. U til fanining boshqa bo‘limlari bilan bog‘langan holda o‘rganiladi.

Download 205.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling