11-modda. Turar joy binolarini nogironlarning kirishiga va foydalanishiga moslashtirish
Nogironlar yoki a’zolaridan biri nogiron bo‘lgan oilalar yashayotgan turar joy binolari, shuningdek nogironlar uchun qurilayotgan uy-joylar nogironlar salomatligini tiklashning yakka tarzdagi dasturiga muvofiq maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
Mazkur turar joy binolarini uy-joy fondining egasi bo‘lgan xalq deputatlari Kengashlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar jihozlaydilar. Yakka tartibda qurilgan uylarni jihozlash xalq deputatlari tegishli Kengashlari tomonidan belgilab qo‘yilgan tartibda nogironlarning jamoat birlashmalari albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Mazkur tadbirlarni pul bilan ta’minlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |