9-modda. Ijtimoiy infrastruktura obyektlarini loyihalash va qurish chog‘ida nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish
Aholi punktlarini loyihalash va qurish, turar joy dahalarini barpo etish, binolar, inshootlar, shu jumladan aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtostansiyalar, daryo portlari, sport komplekslari, maorif va madaniyat obyektlarining, kommunikatsiyalarning loyiha yechimlarini ishlab chiqish, ularni qurish va rekonstruksiyalash, shuningdek transport vositalarini, shu jumladan xususiy transport vositalarini, aloqa va axborot vositalarini ularga nogironlar kirishi va ulardan foydalanishi uchun moslashtirmay turib yaratish va ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tegishli obyektlarning loyihalari nogironlarning jamoat tashkilotlari bilan kelishib olinishi kerak.
Nogironlarga shart-sharoit yaratish loyihalarining ajralmas qismi hisoblanadi. Nogironlar uchun mo‘ljallangan obyektlarni loyihalash va qurish ustunlik tartibida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |