Kirish nogironlarga ijtimoiy xizmat ko`rsatish va uning huquqiy asoslari


-modda. Nogironlar huquqiy mavqeyining asoslari


Download 56.72 Kb.
bet4/34
Sana05.01.2022
Hajmi56.72 Kb.
#225813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
КРЫСА 2

2-modda. Nogironlar huquqiy mavqeyining asoslari

Nogironlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo‘yilgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy hamda shaxsiy huquq va erkinliklarga egadirlar. Nogironlarni kamsitish taqiqlanadi va qonunga muvofiq jazolanadi.



3-modda. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish

Davlat nogironlarning ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlab, tegishli davlat dasturlarida nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish, salomatligini saqlash, mehnat qilish, bilim olish va kasb o‘rganish, uy-joyli bo‘lish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ro‘yobga chiqarishda to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida qonunlarda ko‘zda tutilgan shakllarda ularga ijtimoiy yordam berish yo‘li bilan ularning xos kamol topishlari, ijodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib beradi. Davlat nogiron bolalar to‘g‘risida alohida g‘amxo‘rlik qiladi.

Nogironlarga yordam ko‘rsatish maqsadida respublikada va viloyatlarda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish jamg‘armalari tashkil etilib, ulardan soliq olinmaydi. Bu jamg‘armalarni tashkil etish, ularning faoliyat tartibini hamda tashkil topish manbalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.

(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)

Bolalikdan nogiron bo‘lganlarning hamda boshqa I va II guruh nogironlarining uy-joy sharoitini yaxshilash chog‘ida uylar ularning ish joylariga hamda davolash-profilaktika muassasalariga va transport yo‘llariga yaqin bo‘lishi zarurligini hisobga olgan holda beriladi.

Nogironlarga va a’zolaridan biri nogiron bo‘lgan oilalarga uy-joy berish, uy-joy sotib olish, qurish va ulardan foydalanish yuzasidan yengilliklar O‘zbekiston Respublikasining uy-joy to‘g‘risidagi qonunlarida belgilab beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi va Uy-joy kodeksining 80-moddasiga qarang.


Download 56.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling