Kirish Oedogonialesning o'ziga xos xususiyatlari


Zamburug'larm hujayrasini tuzilishi


Download 1.38 Mb.
bet6/9
Sana07.03.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1244745
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUNDARIJA

Zamburug'larm hujayrasini tuzilishi
Zamburug‘lar hujayrasi tarkibida plastidalari bo‘lmaydigan geterotrof organizmlardir. Ular qadimgi organizmlar hisoblanadi. Zamburug‘lar parazit va saprofit holda hayot kechiradi. Saprofitlar — o‘lik organik modda bilan oziqlanadigan organizmlar. Ba’zi birlari suvda yashaydi. Zamburug‘larning 100 000 ga yaqin turi mavjud bo‘lib, quruqlikda juda keng tarqalgan. Ular suv o‘tlaridan xlorofillning yo‘qligi, bakteriyalardan esa yadroga ega bo‘lishi bilan farq qiladi. Zamburug‘larning vegetativ tanasi mitselliy deb atalib, u alohida ipchalar ya’ni gifalar yig‘indisidan tashkil topgan (12- rasm). Zamburug‘ mitselliysi oziq moddalarni butun yuzasi bilan shimib oladi. Mitselliyda spora hosil qiluvchi organlar hosil bo‘ladi.


  1. Hayvonlar o‘simlik va zamburug‘larga o‘xshash hujayraviy tuzilishga ega. Kimyoviy tarkibi va boshqa ko‘pgina xususiyatlarda (moddalar almashinuvi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik) umumiylik mavjud. Shu bilan birga hayvonlarning o‘simliklardan farq qiluvchi bir necha xususiyatlari ham ma’lum. Ulardan eng muhimi oziqlanish xarakteridir. Ko‘pchilik o‘simlik avtotrof organizmlar hisoblanadi. Hayvonlar esa geterotroflardir. Ba’zi hayvonlar faol harakatlanish xususiyati bilan ham ajralib turadi. O‘simliklar harakati esa odatda ko‘zga tashlanmaydi. Hayvonlar hujayrasi o‘simliklardagi kabi sellulozali qobiq va vakuolalarga ega emas. Ushbu xususiyatni ham barcha hayvonlarga taalluqli deb bo‘lmaydi. O‘simlik va hayvonlar o‘rtasidagi nisbiy farqlar ularning ajdodlari umumiy ekanligini bildiradi. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyatini o‘simliklar hayotida ko‘rish mumkin. Gulli o‘simliklarning changlanishi yoki urug‘ va mevalarning tarqalishida hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Hayvonlar har-xil ozuqa zanjirlari tarkibida ishtirok etib, o‘simliklar bilan oziqlanuvchi turlar boshqa yirtqich hayvonlar uchun ozuqa sifatida xizmat qiladi. Hayvonlar tuproq hosil qilish jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Chuvalchanglar, chumolilar va boshqa mayda hayvonlar tuproq tuzilmasini shakllanishida, uning unumdorligini oshirishda hamda tuproqning suv va havo bilan ta’minlanishida ishtirok etadi. O‘simlik qoldig‘i va hayvon jasadlarini parchalovchi organizmlar muhim sanitar ahamiyatga ega. Suvda yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni tozalovchi — biofiltr organizmlardir. Hayvonlar insonning ko‘p qirrali xo‘jalik faoliyatida katta o‘rin egallaydi. Yovvoyi va uy hayvonlari insonni har xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Yovvoyi hayvonlarning turlari uy hayvon zotlarini yaxshilash uchun xizmat qiluvchi genofondni saqlaydi. Ko‘pgina yirtqich hayvonlar qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida turli zararkunandalarni yo‘qotishda katta rol o‘ynaydi.

4. Ko‘payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy usullarda boradi. Vegetativ ko‘payish kurtaklanish yoki mitselliyning bo‘laklarga ajralishi, jinssiz ko‘payish esa har xil sporalar hosil qilish yo‘li bilan boradi. Jinsiy ko‘payish tuban zamburug‘larda suv o‘tlarga o‘xshash, yuksak zamburug‘lar esa maxsus jinsiy organlarning qo‘shilishi, bir hujayra mahsulotining ikkinchisiga ko‘chib o‘tishi va yadrolarning juft-juft bo‘lib qo‘shilishi kabi ko‘rinishlarda amalga oshadi. Mitselliy­ning tuzilishi va ko‘payish usuliga qarab zamburug‘lar tuban va yuksak zamburug‘larga bo‘linadi. Tuban zamburug‘lar mitselliysida to‘siqlar bo‘lmaydi, jinsiy ko‘payish suv o‘tlaridagidek boradi. Yuksak zamburug‘lar mitselliysi to‘siqli, ya’ni ko‘p hujayrali bo‘ladi (13- rasm). Achitqi zamburug‘i — haqiqiy mitselliysi bo‘lmay, tanasi alohida-alohida hujayralardan iborat. Hujayrasi bir yadroli, oval shaklda bo‘ladi. Bu zamburug‘ kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. Kurtaklanish natijasida hosil bo‘lgan yosh hujayralar uzilib ketmay zanjir hosil qiladi. Ular shakarli muhitda yashaydi. Achitqi zamburug‘larining

6/7. Mukor zamburugʻlar (Mycorales) — fikomitsetlar sinfiga mansub tuban zamburugʻlar tartibi, koʻp yadroli hujayrasiz mitseliydan rivojlanadi. Jinssiz koʻpayish organlari — sporangiy. Jinsiy koʻpayishi — zigogamiya. Zigosporalar bitta yoki bir nechta mitseliy tarmoqlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Mukor zamburugʻlarning 6—8 oilasi (250 ga yaqin turi) bor. Koʻpchilik Mukor zamburugʻlar saprofit, organik substratlarda yashaydi; baʼzilari boshqa Mukor zamburugʻlarda, yuksak zamburugʻlarda, mevalarda va oʻsimliklarning boshqa qismlarida yashab, har xil kasalliklar qoʻzgʻatadi. Ular odam va hayvonlarni ham kasallantirishi mumkin. Ayrim Mukor zamburugʻlar, mukor achitqilar bijgʻitish xususiyatiga ega boʻlganligi uchun alkogolli ichimliklar tayyorlashda foydalaniladi.
9. Xaltachali zamburug’lar sinfi. Bu sinf vakillari maxsus xaltachalar ichida spora hosil qilishi bilan harakterlanadi. Mitseliysi bir yoki ko'p yadro’li hujayralardan tashkil topgan. Sporalari asosan xaltachalarda yetiladi. Eng soda vakillarida xaltacha to’g’ridan-to’g’ri zigotadan hosil bo’ladi. Mitseliyning ikkita hujayrasi bir-biri bilan qo’shilib hosil bo’lgan zigota xaltachaga aylanadi. Shuning uchun ham bu sinfga kiruvchi zamburug’lar xaltachali zamburug’lar deb ataladi. Bu sinfga tuzilishi va yashovchanligi xilma-xil bo’lgan 250.000 dan ortiq tur kiradi. Xaltacha ichida ko’pincha sakkiztadan spora xaltacha, ya’ni askospora yetishadi. Xaltachalar hosil bo’lishi oldidan jinsiy jarayon bo’lib o’tadi. Bu zamburug’larning ko’p vakillarida xaltachalar mevatanalarida yetiladi. Mevatanachalari quyidagicha bo’ladi:
1. Kleystokarpiylar – yopiq mevatanachalar. Xaltachalar mevatanasining ichida turadi. Xaltachasporalar yetilgan meva po’stining yemirilishi yoki yorilishi natijasida tashqariga chiqadi. 8. Zigomisetlar (Zygomycetes) sinfl. Sinf mitseliysi hujayralarga bo'linmagan, ammo ko'pincha reproduktiv tanalari mitseliydan septa bilan ajraladigan zamburu g'larni birlash tiradi. Jinssiz ko‘payishi xivchinchalarsiz, harakatsiz sporangiosporalar yoki konidiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Jinsiy jarayon — zigogamiya— gifaning ikkita bir-biridan farqlanadigan hujayralari — game- tangiylar qo‘shilishida hosil bo‘ladi.Sinf tarkibiga to ‘rtta tartib kiradi va ulardan biri — entomoftoralar (Entomophthorales) — faqat bitta — entomoftoralar oilasidan iborat b o ‘lib, ularning aksariyati hasharotlar va boshqa um urtqasiz hayvonlar (kanalar, o ‘rgimchaklar, ko‘poyoqlar) parazitlaridir.Entomoftoralar (Entomophthoraceae) oilasi. Entomoftora zam- buru g lari oziqlanayotgan muhitda, bir hujayrali, kuchsiz shoxlangan zamburug‘ tanasi - mitseliy hosil qiladi. Mitseliy gifalari tarkibida ko‘p miqdorda yog1 tomchilari mavjud.Zararlangan hasharotlar tanasi ichida mitseliy alohida, noto'g'ri shaklli, turli o'lchamli segmentlar — gifa tanachalariga parchalanadi. Bu tanachalar hasharot gemolimfasi orqali doimiy ravishda xo‘jayin zararlangan to'qim alari o'rnini to ‘ldira boradi. Zamburug'ning o ‘sishi xo‘jayin ichki a ’zolari va to ‘qimalari butunlay yemirilishi va gifa tanachalari bilan toMgunga qadar davom etadi.Konidiyalar o ‘sishidan organizm nobud bolishigacha yirik hasharotlar (chigirtka) da 5—8, maydalarida (o'simlik bitlari) 2—3 kun o ‘tadi. O'lim gemolimfa sirkulatsiyasi buzilishi va zamburugitoksin va fermentlar ajratishi tufayli yuzaga keladi. Hasharotning qorni shishadi, qorin terisi yoriladi. tanasidan suyuqlik oqadi. Keyinchalik zamburug1 mitseliysi hasharot tanasi ustida baxmalsimon qoplam singari o'sib chiqadi. Bu qoplam konidioforalar va turli shakldagi konidiyalardan iborat bo'ladi
2. Peritetsiylar – chala ochiq mevatana. Ular ko’zasimon bo’lib, uni bir qadar ochiq bo’ladi. Xaltachalar mevatanasining tagida to’p bo’lib vertikal joylashadi, yetilishi bilan sporalar teshikcha orqali birin-ketin tashqariga otilib chiqadi va atrofga tarqaladi.
3. Apotetsiylar – ochiq mevatana. Ko’pincha tarelkasimon yoki piyolasimon bo’lib, xaltachalar betida keng qatlam hosil qiladi va erkin joylashib osonlik bilan tarqala oladi.Xaltachali zamburug’larning ko’pgina vakillarida mevatana va xaltachalari paydo bo’lishi oldidan bir necha juft jinsiy organlar (to’da-to’da bo’lib) hosil bo’ladi. Bu jinsiy organlarning hosil bo’lishi mevatanasining boshlanishidir.
Xaltachali zamburug’larning urg’ochi jinsiy organi arxikarp, erkak jinsiy organi esa anteridiy deb ataladi. Arxikarp ikki hujayradan iborat bo’lib, ularning ostki sharsimon shakldagisi askogen, ustki silindirsimoni esa trixigina deb ataladi.

Anteridiy bitta silindirik hujayradan iborat. Bu erkak va urg’ochi jinsiy organlarning hujayralari ko’p yadroli bo’lib, ichidagi moddasi endomitsetlarnikiga o’xshash, ayrim gametalarga differensiallashmagan emas. Bularning atalish jarayoni quyidagicha: anteridiy trixoginaning uchi bilan qo’shilib, ichidagi moddasini unga qo’yadi. Trixoginaning tagidagi teshikchadan anteridiy yadrolari askogenga o’tib, uning yadrosi bilan juftlashib, o’zaro qo’shilmay turadi, faqat ularning sitoplazmalarigina birlashadi xolos. Bundan qo’sh yadro yoki dikarion deb ataladigan shoxlangan o’simtachalar hosil bo’ladi. U yerda ularning juftlashgan yadrolari bir vaqtda baravar va teng bo’lina boshlaydi. Chunki dikariondagi yadrolarning biri erkak, ikkinchisi urg’ochi bo’lishi lozim. Keyin dikarionlar askogen iplariga o’tib shoxchalarning o’zida taraqqiy etadi. Askogen ichidagi yadrolar qo’shiladi, so’ngra diploid yadro izchillik bilan uch marta (birinchisi reduksion) bo’linadi. Natijada sakkizta gaploid yadro hosil bo’ladi. Ular rivojlanib sakkizta xaltachali sporaga aylanadi


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling