Kirish Oliy ta’lim matematika o’qituvchisining pedagogik mahorati
O’qituvchi faoliyatining tarkibiy qismlari
Download 42.56 Kb.
|
4-mUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchi faoliyati
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
O’qituvchi faoliyatining tarkibiy qismlari: maqsad, motiv va usullardir.
Maqsad- bu faoliyatning tasavvur qilingan natijasidir, talabalarning yuqori o’zlashtirishiga erishish, ularni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash, ularga ta’lim va tarbiya berish, ularda zarur bilim, ko’nikma va malakalarni, shaxsiy xislatlarni shakllantirishni o’z ichiga oladi. Motivlar - o’qituvchini faollik ko’rsatishga va maqsadga erishishga undaydi: o’z ishiga qiziqish, majburiyatlarni tushunish, mutaxassislarni tayyorlash sifati uchun javobgarlik hissi, faol talabalarga fanni o’zlashtirishda yordam ko’rsatish va hokazolarni o’z ichiga oladi. Usullar- bu maqsadga erishishda yordam beradigan operasiyalar va yo’llardir. O’qituvchi faoliyatining usullari - bilimlarni berish, talabalarda ko’nikmalarni va malakalarni, shaxsiy xislatlarni shakllantirish. Bunday usullarga o’quv vazifalarining qo’yilishi, o’quv materialini og’zaki bayon etish, ta’limning texnik vositalaridan foydalanish va hokazolar kiradi. O’qituvchining faoliyat usullarini egallaganligi fikrlarni aniq bayon etishda, nutqning ifodali xususiyatlaridan mohirona foydalanishda, shaxsiy namuna ko’rsatib, talabalarga ta’sir ko’rsatishda, ta’limning texnik vositalaridan to’g’ri foydalanishda namoyon bo’ladi. O’qituvchi faoliyati o’ziga xos ketma-ketlikka, o’z bosqichlariga ega: a) maqsadni aniqlab olish, o’quv tarbiyaviy, ilmiy vazifalarni aniqlash. b) maqsadga erishish, vazifani hal qilish rejasini ishlab chiqish. v) kutilgan natijaga olib boruvchi harakatlarga tayyorgarlik. g) vazifalarni hal qilish, maqsadga erishish bo’yicha harakatlarni amalga oshirish. d) bajarilganlarni tahlil qilish va baholash. e) faoliyat maqsadiga erishishda to’plangan tajribaga asoslanib,keyingi harakatlarni takomillashtirish. Oliy o’quv yurtida o’qituvchi va talaba, maktabdagi o’qituvchi va o’quvchiga nisbatan bir-biridan uzoqda, psixologik nuqtai nazardan bu ularning o’zaro ta’siriga salbiy ta’sir ko’rsatadi.O’qituvchi va o’quvchi orasidagi masofa qanchalik katta bo’lsa, o’quv faoliyatini boshqarish shunchalik qiyin bo’ladi. Oliy ta`lim o’qituvchisi pedagogik va ilmiy faoliyatni birgalikda olib borishi lozim. Agar o’qituvchi ilmiy ishga, kitob yozish, maqola yozishga ko’p vaqtini sarflasa, pedagogik mahoratining sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. XULOSA
Oliy o’quv yurti o’qituvchisi nutqi, diqqati, xotira va xayollari mustahkam va irodasi kuchli bo’lishi talab qilinadi. Pedagog dars berish jarayonida puxta bilimga ega bo’lishi va kasbiy muhim jihatlaridan faollik, bilimdonlik, ziddiyatlarni bartaraf eta olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Ta’lim berishga bo’lgan qiziqishga ega bo’lishi va mas’uliyatli bo’lishi kerak. Shaxsiy manfatidan ko’ra, bilim berishga bo’lgan ma’suliyat hissi ustun bo’lishi kerak.Shuningdek, bilish jarayonlarining o’ziga xos jihatlari pedagogik tafakkuri, idrok va ijodiy xayoli rivojlangan bo’lishi kerak. O’qituvchi bir necha yil ishlaganidan so’ng pedagogik mahoratga erishishi mumkin. Shunday qilib, pedagogik mahoratni oshirish uchun bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni egallash, shaxsning kasbiy muhim xislatlarini rivojlantirish, o’qituvchilik tajribasini to’plash, kafedra va oliy o’quv yurti doirasida maxsus tadbirlarni o’tkazish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. Download 42.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling