Kirish Oliy ta’lim matematika o’qituvchisining pedagogik mahorati
Download 42.56 Kb.
|
4-mUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oliy ta’lim matematika o’qituvchisining pedagogik mahorati Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish sanatidan iborat
Kirish 1.Oliy ta’lim matematika o’qituvchisining pedagogik mahorati 2. Oliy ta’lim o’qituvchisining pedagogik mahoratini rivojlantirish 3. Oliy ta’lim o’qituvchisining kasbiy faoliyati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati K I R I Sh O‘zbekiston Respublikasining “Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”da “…,pedagogik yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatiga e’tiborni kuchaytirish, pedagogik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, hududlardagi barcha umumta’lim maktablariga xorijiy tillarni o‘zlashtirgan, yuqori malakali professional pedagog kadrlarni yetkazib berish;…”ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining ijtimoiy yo‘nalishida amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida oliy ta’lim muassasalari uchun pedagoglarning yangi avlodini shakllantirish, ma’naviy ahloqiy jihatdan etuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish vazifalari ham belgilab o‘tilgan. Oliy ta’lim matematika o’qituvchisining pedagogik mahorati Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog – o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis. Pedagogik mahorat – o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib, o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyatdir. U o‘z fanini mukammal bilgan, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo‘lgan, o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir o‘qituvchining kasbiy faoliyatida namoyon bo‘lad Download 42.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling