Kirish Oliy ta’lim matematika o’qituvchisining pedagogik mahorati


Oliy ta`lim o’qituvchisiga zarur bilimlarni


Download 42.56 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi42.56 Kb.
#1386527
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mUSTAQIL ISH

Oliy ta`lim o’qituvchisiga zarur bilimlarni 2 ga bo’lish mumkin.
Bilimlarning 1 chi guruhiga:
a) zamonaviy ta’lim-tarbiyada ustuvor siyosiy yo’nalish bo’yicha bilimlar;
b) o’z fanini bilish,
v) psixologik bilimlar, talabalar psixologiyasi;
g) pedagogik bilimlar (ta’lim-tarbiya metodlari, tamoyillari, qonuniyatlari, maqsadlari)
d) fanni o’qitish bo’yicha metodikadan bilimlar.
Bilimlarning 2 chi guruhiga quyidagilar kiradi:
a) oliy maktabdagi o’quv jarayonini boshqarish va rahbarlik qilish nazariyasi bo’yicha bilimlar;
b) qator ilmiy fanlar bo’yicha bilimlar (pedagogika, psixologiya, fiziologiya, falsafa, etika, logika);
v) fan va texnika, adabiyot va san’atdan asosiy yutuqlar bo’yicha bilimlar;
O’qituvchi malakasi-bu o’qituvchi pedagogik faoliyatining avtomatlashgan tarkibiy qismlari bo’lib, bu harakatlarni amalga oshirishda diqqatni bir joyga to’plash,yuqori darajada takomillashgan harakatlardir. O’qituvchining muhim malakalariga quyidagilar kiradi: talabalar faoliyati, uning holatini jamoadagi o’zaro munosabatni o’qishdagi xatolarni qiyinchiliklarni o’rganish hisoblanadi .
O’qituvchilarning ko’nikmasi yangi va murakkab pedagogik vaziyatlarda bilimlar va malakalardan to’g’ri foydalanishda ko’rinadi.
O’qituvchining pedagogik nazokati /takti/ talabalar bilan o’zaro munosabatda harakatlarning maqsadga muvofiqligidir. O’qituvchining pedagogik nazokati auditoriyaga, talabalarga to’g’ri munosabatda bo’lishda, ularning holatini to’g’ri hisobga olishda, talabchanlikda me’yordan chiqmaslikda namoyon bo’ladi. Pedagogik nazokat uchun gumanizm, boshqalarni hurmat qilish, adolatparvarlik, tabiiylik, talabalarga diqqat bilan munosabatda bo’lish xos. O’qituvchi bir necha yil ishlaganidan so’ng pedagogik mahoratga erishishi mumkin.
Shunday qilib, pedagogik mahoratni oshirish uchun bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni egallash, shaxsning kasbiy muhim xislatlarini rivojlantirish, o’qituvchilik tajribasini to’plash, kafedra va oliy o’quv yurti doirasida maxsus tadbirlarni o’tkazish zarur.


Download 42.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling