Pedagogik mahoratning asosi pedagogik bilimdonlikdir.
Bilimdonlik o’qituvchi uchun o'ta muhim bo'lgan uchta holat bilan bog’langan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallashni taqozo etadi:
* odamlar bilan o'zaro aloqada bo'ishda, madaniy muloqatda bo'lish;
* fani sohasi bo'yicha axborotlarni qabul qila bilish va uni o’qitish mazmuniga mutanoslab qayta ishlash va undan mustaqil tahsil olishda foydalana olish;
* o’quv axborotlarini boshqalarga bera olish.
2.Oliy ta’lim o’qituvchisining pedagogik mahoratini rivojlantirish
«O’qituvchi o’z bilim malakasini oshirish usullarini puxta egallamog’i, mustaqil ishlashni o’rganmog’i lozim»,- degan edi Abduraxmon Jomiy.
O’z bilimlarini mustaqil oshirish uchun quyidagi bo’limlardan iborat individual reja tuzib olishlari tavsiya etiladi.
1. G’oyaviy — siyosiy saviyani oshirish.
2. Ilmiy — nazariy bilimni oshirish.
3. Metodik bilim va mahoratni oshirish.
4. Pedagogik va psixologik nazariyani yanada puxta o’rganish.
Pedagogik mahorat bu o’qituvchi kasbiy faoliyatining yuqori darajasidir. U pedagogik vazifalarni ijodiy muvaffaqiyatli hal qilishda, o’quv tarbiya ishlari maqsadi va usullariga mahsuldor erishishda ko’rinadi.
Pedagogik mahoratning aniq tashqi ko’rinishlari: faoliyatni bajarishning yuqori darajasi, o’qituvchi ishining sifati, o’qituvchining pedagogik vaziyatlarda maqsadga yo’naltirilgan, mos harakatlar qilish, talabalar mustaqil ishida, ta’lim-tarbiyada natijalarga erishish, talabalarni mustaqil tadqiqotlar o’tkazishga jalb qilish, mustaqil o’qish qobiliyatlarini rivojlantirishdir.
Pedagogik mahoratning ichki ko’rinishlari : bilim, ko’nikma va malaka, o’qituvchining zarur kasbiy xislatlari, pedagog mehnatiga ijobiy munosabat, unga qiziqish, yoqtirish, pedagogik va tashkilotchilik qobiliyatlari, kasbga mos xarakter xislatlari, temperament ko’rinishlari, psixik jarayonlar xususiyatlari, faoliyatga psixik tayyorlikni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |