Kirish Oliy ta’lim matematika o’qituvchisining pedagogik mahorati


Oliy ta’lim o’qituvchisining kasbiy faoliyati


Download 42.56 Kb.
bet5/6
Sana23.04.2023
Hajmi42.56 Kb.
#1386527
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mUSTAQIL ISH

Oliy ta’lim o’qituvchisining kasbiy faoliyati
Oliy o’quv yurti o’qituvchisi pedagogik faoliyatiga qo’yiladigan talablar.
1) Mehnat faoliyatida namoyon bo’ladigan xaraktereologik xususiyatlar: mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, ishga qobiliyat, ma’suliyat.
2) Insonlarga nisbatan namoyon bo’ladigan xaraktereologik sifatlar: odoblilik, mehribonlik, takt, muloqatga kirishuvchanlik, g’amxo’rlik.
3)O’z-o’ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar: kamtarlik, kamsuqumlik.
4) Narsa va hodisalarga munosabatda namoyon bo’ladigan xususiyatlar: tartiblilik, oqillik,s aramjon-sarishtalik.
O’qituvchi talabalarga ta’lim berish jarayonida quyidagi faoliyatlarni qo’llashi zarur:
-Perseptiv faoliyat ya’ni shunday harakatki ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to’g’risidagi yaxlit obraz shakllanadi.
-Mnemik faoliyat narsa va hodisalarning maqsadi va mazmuniga aloqador materiallarni eslab qolishi, esga tushirishi hamda esda saqlab turishi bilan bog’liq murakkab faoliyat turidir.
-Fikrlash faoliyati – aql, fahm, farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat.
O’qituvchining talabalar bilan munosabatining quyidagi usullari mavjud:
1) do’stlik asosida mavjud bo’lgan munosabat;
2) masofa saqlovchi munosabat;
3) nafrat uyg’otuvchi munosabat;
4) yuzaki bo’lgan munosabatlar.
O’qituvchi, do’stlik asosida mavjud bo’lgan munosabatdan foydalanishi zarur.
O’qituvchi faoliyatida ziddiyatli vaziyatdan chiqishi uchun quyidagi qoidalarga amal qilishi va hisobga olishi kerak:
1) Avvallambor o’qituvchi ziddiyatlardan qochishi kerak;
2) O’z xatti-harakati bilan sherigiga tasir eta olishi kerak;
3) Suhbatdoshning xatti-harakati yuz bergan vaziyatni tushunmasdan turib xulosani chiqarishga shoshmasliklari kerak;
4) Maqsadga erishish, ya’ni talaba bilan bo’lgan nizoni iloji boricha tinchlik bilan hal qilishi muhimdir.
5) Xulosa to’g’ri chiqqaniga hamisha ishontira olish.

Download 42.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling