Kirish: Ona tili fani haqida tushuncha


Download 27.15 Kb.
bet2/5
Sana28.01.2023
Hajmi27.15 Kb.
#1136316
1   2   3   4   5
Bog'liq
saodat on ONA TILI

Uyadosh so`z nima
Tilimizdagi barcha so‘zlar ongimizda ma’lum mazmuniy uyalarga birlashgan holda saqlanadi. Bu esa so‘zlarning xotirada oson saqlash va nutq jarayonida oson foydalanish imkonini beradi. Shundan so‘ng o‘quvchilar mavzuni qay darajada tushungan-tushunmaganini ularga bir qancha topshiriqlar beramiz. Buning uchun, eng avvalo, “aqliy hujum” metodini qo‘llagan holda, o‘quvchilarga bir qancha savollar bilan murojaat qilamiz.
Uyadosh so‘zlar ham xuddi ma’nodosh so‘zlar (ma’nodosh so‘zlar o‘quvchilarga ma’lum, u haqida yetarlicha tushunchalari bor) kabi umumlashtiruvchi so‘zlarga ega. Faqat bunda stilistik bo‘yoqdorlik e’tiborga olinmaydi, balki bir xil tushunchani ifodalaydi. Yuqorida keltirilgan misoldagi buyumlar kiyim so‘ziga e’tibor bersak, hamma buyumlarni anglatuvchi ma’no xususiyatiga ega. Demak, ularda umumiy ma’no tashuvchi so‘zlar o‘quvchilarni diqqat markazida bo‘lishi kerak. Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo‘lgan so‘zlar uyadosh so‘zlar deyiladi.
UYADOSH SO`ZLAR
Bir turdagi narsa, belgi, hodisalarni atab keluvchi so`zlar uyadosh so`zlar deyiladi: tol, terak, majnuntol, tut-daraxt.Yoz, qish, kuz, vahor- fasl
Shirin, achchiq, nordon – ta’m. Uyadosh so`zlar sinonim so`zlardan farq qiladi:
Sinonim so`z bitta birlashtiruvchi ma’noga ega bo`ladi. Uyadosh so`zlar esa bir turga mansub tushunchalarni ifodalovchi so`zlardir.
O`zbek tili lug`at tarkibiga kiruvchi so`zlar dastlab qaysi tilga mansubligiga qarab ikki turga bo`linadi: o`z qatlam va o`zlashgan qatlam:
O`z qatlam so`zlariga umumturkiy so`zlar, ya’ni turkiy tillarning barchasi uchun mansub so`zlar kiradi. Ular turkiy so`zlar uchun umumiy bo`lib, faqat fonetik jihatdan farqli talaffuz qilinishi mumkin: ona, bola, yur, kir, ket.
O`zbek tilining o`zlashgan qatlamiga arabcha so`zlar, fors- tojikcha so`zlar, ruscha-baynalminal so`zlar kiradi.
Biz shuni ta'kidlab o'tishimiz kerakki, leksikologiyada o'rganiladigan uyadosh so'zlar mavzusini o'rganish jarayonida tildagi barcha so'zlar ongimizda ma'lum mazmuniy uyalarga birlashishi haqida ma'lumot berish bilan birgalikda bu so'zlardan nutq jarayonida ulardan unumli va o'z o'rnida foydalanish ko'nikmasini shakllantiradi va rivojlantiradi.
Uyadosh so'zlar leksikologiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu bobda uyadoshlar haqida ma'lumot berish bilan bir qatorda, uni qanday o'tish kerak, degan savolga ham javob berishga urinib ko'rdik. Bunda bir qator usul va metodlarni ko'rsatib o'tdikki, ular mavzuni tushuntirish va mustahkamlashda o'quvchilarga qo'l keladi.
Biz dars o'tishda tavsiya qilgan usullar o'quvchilarning dars jarayoniga bo'lgan qiziqishini orttirish bilan bir qatorda, ularda uyadoshlar haqida bilim va ko'nikmalarni shakllanishiga yordam beradi

Download 27.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling